Havodagi zararli va zaharli moddalarni kamaytirish chora-tadbirlari Aeratsiya
Download 1.79 Mb.
|
Havodagi zararli va zaharli moddalarni kamaytirish chora copy 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr fitrlar
Quyunli chang ushlagichlar- VZP-VPU
Bu chang ushlagichlar ish jaraeni ham markazdan qochma kuchlarga asoslangan. Ularning samaradorligi nisbatan yuqori 95% va R=1000 Pa. CHet mamlakatlarda (AQSH, Germaniya) quyunli chang ushlagichlarni diametri 0,4 dan 2 metrgacha, ish unumdorligi 20 dan 315000 m3/soatgacha (28-rasm). Changli havo quyidagicha tozalanadi. Changli havo (gaz) kameraga 5, egilgan quvur orqali kiradi. Changli havo harakatida yuqoriga qarab, havo chiqadigan quvurga 6, u quyun 1 dan changli havo 2 ga duch keladi va birgalikda birinchi va ikkinchi quvurdan kirgan changli havo qattiq harakatga kiradi. Natijada markazdan qochma kuchlar hisobiga, chang zarrachalari kamerani ichki devoriga urilib, kamerani pastki qismiga shnekka yig‘iladi-to‘planadi. 2 chi changli havoni miqdori 40-65 % 1 ga nisbatan. CHangli havo 1 dan 300 g/m3 ko‘p bo‘lishi mumkin. Elektr fitrlar- kimyo, metallurgiya korxonalarida qo‘llanilmoqda. Ularning changli havoni tozalash samaradorligi yuqoriligi 99 % bo‘lganligi uchun to‘qimachilik va engil sanoatda qo‘llasa ham bo‘ladi. Elektr filtrlarning ishlash prinsipi quyidagicha. Agar ikkita- birining uchi o‘tkir yoki igna ko‘rinishida, ikkinchisi plastinka yoki quvur ko‘rinishidagi elektrodlar olinib, ularga katta kuchlanish berilsa, bu elektrodlar orasida elektr maydoni hosil bo‘ladi. Chunki hamma vaqt havoda ionlar va erkin elektronlar mavjud. Elektr maydon ta’sirida uning kuch chiziqlari bo‘ylab harakatga keladi va elektronlar orasida elektr toki oqa boshlaydi. (29-rasm). Elektrodlarda ma’lum miqdorda beriladigan kuchlanish oshirilganda ionlar- elektronlar shunchalik tez harakat qiladilarki, havodagi molekulalar bilan to‘qnashib va tashqi elektronlarni maydondan chiqarib yuborib, ularni ionlaydi. Hosil bo‘lgan ionlar elektr maydonni ta’sirida yana ham katta tezlanish olib, gazlarning molekulalariga to‘qnashadi va ularni ham ionlaydi. Bu jarayon zarbali ionlash deb ataladi. Zarbali ionlash tokli razryad hodisasini keltirib chiqaradi. Tojlantiruvchi elektrod manbaining manfiy qutbiga aylanadi, elektrodlar orasidagi bo‘shliq esa manfiy ionlar, elektronlar bilan qoplanadi. Elaktr maydonning ta’siri ostida musbat zaryadlangan elektrodga yo‘nalib, ular o‘z yo‘lida uchragan chang zarrachalarini ham manfiy zaryadlar bilan zaryadlaydi, natijada ular ham musbat zaryadlangan elektrodga aylanadi va unda o‘tiradi. SHuning uchun ham bunday elektrod chang o‘tkazuvchi elektrod deb ataladi. Chang o‘tkazuvchi elektrod vaqti-vaqti bilan zaryadsizlantirilib, changdan tozalab turiladi. 2 1 U=35-150Kв Toza havo Changli havo Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling