Havodagi zararli va zaharli moddalarni kamaytirish chora-tadbirlari Aeratsiya
Download 1.79 Mb.
|
Havodagi zararli va zaharli moddalarni kamaytirish chora copy 1
Havodagi zararli va zaharli moddalarni kamaytirish chora-tadbirlari Aeratsiya sovuq sexlarda shamolning bosimi tufayli, issiq sexlarda esa shamolning bosimi va gravitasion bosimning birgalikda va alohida ta’siri tufayli amalgam oshadi. Deflektorlar shamolning quvvatidan foydalanib havo so‘ruvchi quvurlarning tepa qismiga ulanib sexning tomiga o‘rnatiladi. Ular uncha katta bo‘lmagan sexlardan, hamda mahalliy havo so‘rish sistemalaridan ifloslangan yoki qizib ketgan havoni so‘rish uchun ishlatiladi. Hozirgi paytda CAGI deflektori keng qo‘llanadi. U diffuzor (1) va uning yuqori tarafi silindr shaklidagi to‘sqich (2) dan iborat. Ichkaridan ishlatilgan havoni so‘ruvchi quvur (5) va unga qor va yomg‘ir tushmasligi uchun qalpoq (3) o‘rnatilgan. Deflektor ichiga havo kirib ketmasligi uchun konus (4) o‘rnatilgan. Deflektor SAGI SHamol deflektorning silindrik to‘sig‘iga urilib, uning ichki qismida manfiy bosimli zona hosil qiladi, (samovar karnayini eslang), shuning natijasida xonadagi havo quvur (5) oqrali yuqoriga ko‘tariladi va tashqariga chiqib ketadi. Deflektor ishining samaradorligi asosan shamolning tezligiga, hamda tomning yuqori nuqtasidan qancha balandlikka o‘rnatilishiga bog‘liq. Ejektorlar. Juda agressiv muhitni, zarbadan emas xatto ishqalanish natijasida ham portlab ketishi mumkin bo‘lgan changlarni yoki engil alangalanuvchi portlash havfi mavjud (atsetilen, efir va boshqa) gazlarni xonadan so‘rib olishda ejektorlar ishlatiladi. 9-расм.
Konfuzor 4 va ejektorning siqiq bo‘yni 5 da ejektrlovchi va ejektrlanuvchi havo aralashadi. Diffuzor 6 dinamik energiyani statik energiyaga aylantirish havo tezligini pasaytirish uchun xizmat qiladi. Ejektorlarning kamchiligi FIK ning kamligidadir ( 0,25). Ishlab chiqarish sexlarini isitish. Ularning afzalliklari va kamchiliklari. Zararli chiqindilarni so‘rib olish. Havoni changdan tozalash. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling