Havoning mahalliy va mintaqaviy ifloslanishi


Download 79.21 Kb.
bet1/2
Sana26.10.2023
Hajmi79.21 Kb.
#1723091
  1   2
Bog'liq
HAVONING MAHALLIY VA MINTAQAVIY IFLOSLANISHI


HAVONING MAHALLIY VA MINTAQAVIY IFLOSLANISHI
Reja:

  1. Havoning mahalliy ifloslanishi

  2. Havoning mintaqaviy ifloslanishi

Havo sifatini va ifloslanishining holatini baholash uchun o‘lchamsiz kattalik - atmosfera havosining ifloslanishi indeksi (AII) taklif etilgan. AII - kompleks xarakteristika bo‘lib, ifloslantiruvchi moddalar miqdori va ularning zaharliligini hisobga oladi hamda shaharlar va aholi punktlarini havosi sifati bo‘yicha taqqoslashga imkon beradi.


O‘zbekistonda havoning tabiiy changlanganligi yuqori, shu sababli aksariyat sanoati rivojlangan shaharlar va viloyat markazlarida chang bilan ifloslanganlik yillik o‘rtacha darajasi ruxsat etilganidan kam bo‘lmayapti.
Havoning oltingugurt dioksid (SO2) bilan yuqori darajada ifloslanganligi Olmaliq, Muborak shaharlarida, uglerod oksidi bilan esa mashinasozlik zavodlari yaqinida va Toshkentning chorrahalarida kuzatiladi. Havoning ammiak bilan yuqori darajada ifloslanganligi Farg‘ona, Chirchiq, Olmaliq, Andijon, Navoiy shaharlaridagi mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish korxonalari va oziq-ovqat sanoati korxonalari atrofida kuzatiladi.
Havoning fenollar bilan kuchli ifloslanganligi uglevodorod xom ashѐsini ishlatuvchi korxonalar yaqinida (Toshkent, Farg‘ona, Chirchiq, Angren shaharlari), ftorli birikmalar bilan qora metallurgiya korxonalari va fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqaradigan korxonalar yaqinida (Olmaliq shahri) kuzatiladi. Bekobod, Toshkent, Farg‘ona, Chirchiq shaharlari havosida ozon miqdorining ortishi smog hosil bo‘lishiga qandaydir darajada sabab bo‘ladi.
So‘nggi yillarda ishlab chiqarishning va transportda tashish hajmlarining qisman kamayganligi sababli sanoat manbalaridan ham, transport manbalaridan ham ajratmalar hajmini kamayishi kuzatilmoqda.
Ko‘chma manbalarning ajratmalari.
Atmosferaning eng ko‘p ifloslantiruvchi manba transport bo‘lib, uning ajratmalari 1981-1991 yillarda 2,6-2,8 million tonnani ѐki umumiy ajratmalarning 61-62 foizini tashkil qildi. So‘nggi yillarda avtomobilda tashish hajmini va ѐqilg‘ini ishlatilishining kamayishi tufayli avtotransport ajratmalarining hajmi kamaydi, biroq ular umumiy hajmning 62-64 foizini tashkil qiladi.
1997 yilda ajratmalarning umumiy hajmi bo‘yicha avtotransport hissasiga uglerod dioksidning 92,6%, azot oksidlarining 64,2%, uglevodorodlarning 60,5%, qattiq zarrachalarning 22,2% va oltingugurt dioksidning 9,4% to‘g‘ri keldi.
Toshkent, Andijon, Buxoro, Guliston, Namangan, Samarqand shaharlarida avtotransport ajratmalari doimiy manbalarga nisbatan 5-6 baravardan ortiqni tashkil qiladi.
Hozircha avtotransportning hammasi ham chiqaѐtgan gazlarni katalitik neytralizatorlari bilan jihozlanmagan, chunki respublikada foydalaniladigan benzin neytralizatorlar uchun «zaharli» bo‘lgan qo‘rg‘oshin qo‘shimchalariga ega. Shuning uchun mamlakatimizda etillanmagan benzinni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish juda muhimdir. Bu havfli qo‘rg‘oshinning chiqishini kamaytirishga olib keladi va neytralizatorlardan keng foydalanishga imkon tug‘diradi, bu esa katta shaharlarda havoni ifloslanishi bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilaydi.
Transport ajratmalarini kamaytirishning yana bir yo‘nalishi avtotransportning bir qismini gaz yoqilg‘isiga o‘tkazishdir. Hozirgi vaqtda faqatgina 2% avtomobillar siqilgan gaz va suyultirilgan neftь gazlari bilan ishlashga o‘tkazilgan. Respublikada mavjud gaz to‘ldiruvchi kompressor stantsiyalar loyiha quvvatlarining 30-35% miqdorida ish bilan ta'minlangan. Afsuski, respublikada gaz ballonlari ishlab chiqaradigan korxonalarning yo‘qligi avtotransportni havoni kamroq ifloslantiruvchi gaz yoqilg‘isiga o‘tkazishni sekinlashtirmoqda.
Doimiy manbalarning ajratmalari
Sanoat korxonalari va energetika ob'ektlari to‘liq ishlaganda atmosferaga 1650 ming tonnagacha ifloslantiruvchi moddalarni chiqarishi mumkin.
Masalan, 1991 yilda atmosferaga 1214 ming tonna ifloslantiruvchi moddalar chiqarilgan. Atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha bir qator tadbirlar amalga oshirilganligi va sanoat ishlab chiqarishining kamayganligi sababli 1997 yilda doimiy manbalar ajratmalari 836 ming tonnagacha kamaydi. Uning 85 foizi 5 viloyatga, xususan 37,6% Toshkent viloyatiga, 25,3% qashqadarѐ viloyatiga, 11,2 % Farg‘ona viloyatiga, 5,5% Buxoro viloyatiga , 5,3 % Navoiy viloyatiga to‘g‘ri keldi.

3-rasm
Atmosferani ifloslanishida sanoat tarmoqlarining hissalari
Atmosfera havosining ifloslanishiga eng katta hissani issiqlik- energetika kompleksi korxonalari qo‘shmoqda, ular hisobiga 67,1% ajratmalar to‘g‘ri keladi. Bular «O‘zbekneftegaz» Milliy Korporatsiyasi va Energetika vazirligi korxonalaridir. Boshqa korxonalar hissasiga 32,9 % ajratmalar to‘g‘ri keladi. Ular metallurgiya sanoati, qurilish sanoati, kommunal xo‘jalik, kimyo sanoati, oziq-ovqat sanoati, yengil sanoat korxonalaridir. Boshqa sohalarning hissasi juda kam.
1997 yilda elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarishda tabiiy gazga 72,5%, mazutga 11,3%, ko‘mirga 3,7% to‘g‘ri keldi, bunda atmosferaga chiqarilgan umumiy ajratmalar yiliga 252,2 ming tonnani yoki doimiy manbalar ajratmalarining 30%ni tashkil qildi.
Energetikaning rivojlanishi atrof muhit uchun maqbul yo‘nalishda bo‘lmadi. Ob'ektlarni qurish uchun joy tanlashda aholi punktlarining ekologik holati hisobga olinmadi yoki ob'ektlar bu punktlarga bevosita yaqinda qurildi. Ular joylashgan yerlarda atmosfera havosining azot oksidlari, oltingugurt dioksid, qattiq zarrachalar bilan ifloslanishini yuqori darajada ekanligi kuzatildi.
Neft-gaz qazib olish va qayta ishlash tarmoqlari atmosferani ifloslantiruvchi doimiy manbalar orasida alohida o‘ringa ega, ularning ajratmalari 1997 yilda 298,0 ming tonnani tashkil qildi, undan 101,0 ming tonnasi (33%) uglevodorodlardir. Bu tarmoqda yiliga 100 mln. m3 tabiiy gaz tozalanmasdan yoqilmoqda, bu esa atmosferaga uglevodorodlar va oltingugurt dioksid chiqishiga sabab bo‘lmoqda. Atmosferaning ifloslanishida sanoat tarmoqlarining hissalari quyida keltirilgan.
Ifloslantiruvchi manbalar. Havoni sanoat ifloslovchilarining asosiy manbasi bo‘lib toshko‘mirda ishlab atmosferaga qurum, kul, SO2 chiqaradigan issiqlik elektr stantsiyasi (IES), atmosferaga ajrataѐtgan gazlri bilan birga qurum, chang temir oksidi va SO2, ayrim hollarda ftoridlar chiqaradigan metallurgiya zavodlari, ko‘p miqdorda chang chiqaruvchi manba hisoblanadigan sement zavodlari hisoblanadi. Anorganik moddalar ishlab chiqaradigan korxonalar atmosferani SO2, SiF4, HF, NO, NO2 kabi gazlar bilan ifloslaydi. Sellyuloza ishlab chiqarish, neftni tozalash korxonalari atmosferaga yomon hidli gaz holatdagi chiqindilarni tashlaydi.
Bundan tashqari, barcha sanoat korxonalari o‘z energiya tizimlariga ega bo‘lib, ulardan ajralaѐtgan gazlar ham havoni ifloslaydi.
Kimyo sanoati korxonalarining atmosferani ifloslashini bir necha guruhlarga bo‘lish mumkin:
1. Mahsulotni to‘liqsiz chiqishi yoki xom ashѐni 100%ini ishlatishga imkon bermaydigan reaktsiyani o‘ziga xos xususiyatlari (masalan kontakt usulida N2SO4 ishlab chiqarish) yoki so‘nggi maxsulotni yo‘qotish natijasida ( sement yoki ko‘mir sanoatidagi chang, NN3 ni oksidlash yo‘li bilan NNO3 ishlab chiqarishda NOx ni to‘liqsiz yuvib chiqarilishi).
2. Xom ashѐda mavjud bo‘lgan chiqindi va ifloslarni atmosferaga tashlash. Masalan ftorni tabiiy fosfatdan, ruda va keramik xom ashyodan NF va SiF4 ko‘rinishida, oltingugurtni tabiiy gaz, xom neftь va toshko‘mirdan va yana sulьfid saqlovchi rudadan SO2 va N2S ko‘rinishida, kaliy birikmalarini sement, mish'yak, selen ishlab chiqarishda va N2SO4 ishlab chiqarishda oltingugurt kolьchedonini.
3. Ishlab chiqarish jarayonlarida ishlatiladigan qator moddalarni yo‘qotish, masalan sun'iy shoyi va viskoza tayyorlashda uchuvchan organik erituvchilar, SS2 va N2S, kamerali va minorali usullarda N2SO4 ishlab chiqarishda NOx, AL ishlab chiqarishda F birikmalari.
4. Oksidlanish jarayonlari, qizdirish yoki quritish natijasida atrof- muhitga hidli yoki oksidlanish maxsulotlarining tushishi, natronniy sellyuloza tayyorlashda qaynatish jarayonida merkaptan va N2S ajralishi.
Yashash uylari va ish joylarida atmosfera havosiga qaraganda zararli ifloslovchilar nisbatan ko‘p bo‘ladi. Bu shu bilan bog‘liqki, birinchidan binolarda ishlatilayotgan ko‘pgina material va qurilmalar zararli moddalar ajratadi, ikkinchidan bino germetik yopiqligi sababli zararli moddalar xavfli darajagacha yig‘ilib qolishi mumkin. Uchinchidan binoning ichida zararli moddaning ta'siri, ochiq havodagiga nisbatan uzoqroq bo‘ladi.
O‘rtacha olganda inson o‘z vaqtining 70-80%ini binolarda o‘tkazadi, ayniqsa xomilador ayollar, yosh bolalar, keksalarda bu foizlar undan ko‘proq.
Yashash joylarida havoni ifloslovchilarning ko‘pgina turlari mavjud bo‘lib ulardan:
- faner va DSP larni kleylash uchun va yana g‘ovakli rezinalar va plastikali qoqiladigan materiallar uchun qo‘shimcha sifatida qo‘llaniladigan fenol, formalьdegid va boshqa sintetik organik birikmalar;
-organik moddalarni pechlar va kaminlarda yonishi natijasida hosil bo‘ladigan turli xil maxsulotlar( SO, NOx, uglevodlar va boshqalar);
-yuvuvchi modda, yelimlar, pestitsidlar, havoga xushbo‘ylik beruvchi, dezinfektsiyalovchi moddalar, barcha turdagi aerozollar sifatida qo‘llaniladigan turli xildagi kimyoviy moddalar;
-radon- yer qarida radioaktiv moddalarni pontanli parchalanishi natijasida hosil bo‘ladigan radioaktiv gaz, u yer ustiga chiqib tabiiy radioaktiv fonni hosil qiladi. Uylarning tomlari orasidan issiq havo chiqqanida havo bo‘shlig‘i paydo bo‘lib radon pastki qavatlarga kiradi, xonalarda ushlanib qolib xavfli kontsentratsiyalarni hosil qilishi mumkin.
Oziq moddalarni pishirish va ѐndirish uchun qo‘llaniladigan tabiiy gaz, qurilish materiallari va suv ham radon hosil qiluvchi manba bo‘lishi mumkin.
-asbest- tolali kristallardan tashkil topgan tabiiy material. Uni par bilan isitish quvurlariga qoplama, binolarni perekritiyasida, dazmol doskalariga qoplama va boshqalarga issiqlik saqlovchi va o‘tga chidamli material sifatida, ba'zi bo‘yoqlarda va tomni yopadigan materiallarda qo‘llaniladi.
-chekish sanab o‘tilgan xar qanday moddaning o‘rtacha ta'siriga nisbatan solishtirib bo‘lmaydigan katta xavfga olib keladi va bino ichidagi boshqa ifloslovchilar bilan birga sinergetik samara berishi mumkin. Chekish chemaydiganlarga ham xavfni oshirishi isbotlangan.
- o‘lchami 2,5 mkm dan kichik muallaq moddalar sigaret tutunida, turli aerozol tovarlarida va yana boshqa ichki manbalarda mavjud bo‘lib o‘ziga quyosh yorug‘ligining ultrabinafsha nurlarini yutadi. Bakteriyalar o‘simlik va qo‘rg‘oshinlarning urug‘lari va viruslarda ham muallaq moddalar xolida mavjuddir. Ularning kontsentratsiyasi binodagi insonlarning hayot faolligi va sharoitiga mos keladi. Havo kondentsionerlari va parlantiruvchi muzlatgichlarda patogen organizmlar yig‘ilishi mumkin bo‘lgan va keyinchalik «tirik aerozol» sifatida chiqishi mumkin bo‘lgan apparatlar hisoblanadi. Ishlab chiqarish binolari xavosining ifloslanishi kimyoviy moddalarning katta turli- tumanligi va yuqori kontsentratsiyaliligi bilan ham farq qiladi.
Ishlab chiqarish sharoitida zararli moddalarning ta'siri tashqi muhitning turli qo‘shimcha omillari (havoni yuqori harorati, shovqin, tebranish va boshqalar) hisobiga og‘irlashadi.

Kislotali yomg'ir • Havoning ifloslanish indeksi • Havo sifati indeksi • Atmosfera dispersiyasini modellashtirish • Xlorofluorokarbon • Global xiralashish • Global isish • Bulaniq • Ichki havo sifati • Ozon qatlamining parchalanishi • Zarrachalar • Smog • Yo'lning havo dispersiyasi

Suvning ifloslanishi

Evtrofikatsiya • Gipoksiya • Dengizning ifloslanishi • Okeanning kislotalanishi • Neftning to'kilishi • Kemalarning ifloslanishi • Yer yuzasidan oqishi • Issiqlik bilan ifloslanishi • Chiqindi suvlar • Suvdan yuqadigan kasalliklar • Suv sifati • Suvning turg'unligi

Tuproqning ifloslanishi

Bioremediatsiya • Gerbitsid • Pestitsid • Tuproq ko'rsatmalari qiymati (SGV)

Radioaktiv ifloslanish

Atrof muhitdagi aktinidlar • Atrof -muhit radioaktivligi • Parchalanish mahsuloti • Yadro chiqindilari • Atrof muhitda plutoniy • Radiatsion zaharlanish • Atrof muhitda radiy • Atrof muhitda uran

Boshqa ifloslanish turlari

Invaziv turlar • Yorug'likning ifloslanishi • Shovqinning ifloslanishi • Radio spektrining ifloslanishi • Vizual ifloslanish

Hukumat harakatlari

Toza havo qonuni • Toza suv qonuni • Kioto protokoli • Suv ifloslanishini nazorat qilish to'g'risidagi qonun • Atrof -muhitni muhofaza qilish to'g'risidagi qonun 1990

Asosiy tashkilotlar

DEFRA • Atrof -muhitni muhofaza qilish agentligi • Global atmosfera kuzatuvi • Greenpeace • Atmosfera havosi sifatining milliy standartlari

Tegishli mavzular

Tabiiy muhit

Havoning ifloslanishi insonning yoki boshqa tirik organizmlarga zarar etkazadigan yoki bezovta qiladigan yoki atrof muhitga zarar keltiradigan kimyoviy moddalar, zarrachalar yoki biologik materiallarning atmosferaga kiritilishi.[1] Havoning ifloslanishi o'lim va nafas olish kasalliklariga olib keladi.[2] Havoning ifloslanishi ko'pincha asosiy statsionar manbalar bilan aniqlanadi, lekin chiqindilarning eng katta manbai mobil manbalar, asosan avtomobillardir.[3] Global isishga hissa qo'shadigan karbonat angidrid kabi gazlar yaqinda iqlimshunoslar tomonidan ifloslantiruvchi moddalar sifatida belgilanmoqda, shu bilan birga ular karbonat angidrid fotosintez orqali o'simlik hayoti uchun zarur ekanligini tan olishgan.
Atmosfera - bu er yuzidagi hayotni qo'llab -quvvatlash uchun zarur bo'lgan murakkab, dinamik tabiiy gazli tizim. Havoning ifloslanishi oqibatida ozonning stratosfera tushishi uzoq vaqtdan buyon inson salomatligi va Yer ekotizimiga tahdid sifatida tan olingan.
Havoda o'simliklar va hayvonlarning (shu jumladan odamlarning) sog'lig'iga putur etkazadigan yoki ko'rinishni kamaytiradigan ko'plab moddalar mavjud. Bu tabiiy jarayonlar va inson faoliyatidan kelib chiqadi. Odatdagidek havoda yoki undan yuqori konsentratsiyada yoki turli joylarda tabiiy ravishda topilmaydigan moddalar deyiladi ifloslantiruvchi moddalar.
Ifloslantiruvchi moddalarni birlamchi va ikkilamchi deb tasniflash mumkin. Birlamchi ifloslantiruvchi moddalar - bu jarayondan to'g'ridan -to'g'ri chiqadigan moddalar, masalan, vulqon otilishi natijasida kul, avtomobil chiqindisidan chiqadigan uglerod oksidi gazi yoki zavodlardan chiqadigan oltingugurt dioksidi.
Ikkilamchi ifloslantiruvchi moddalar to'g'ridan -to'g'ri chiqmaydi. Aksincha, ular havoda birlamchi ifloslantiruvchi moddalar reaksiyaga kirishganda yoki o'zaro ta'sir o'tkazganda hosil bo'ladi. Ikkilamchi ifloslantiruvchi moddalarning muhim namunasi er sathidagi ozon - fotokimyoviy tutunni tashkil etuvchi ko'plab ikkilamchi ifloslantiruvchi moddalardan biridir.
E'tibor bering, ba'zi ifloslantiruvchi moddalar birlamchi va ikkilamchi bo'lishi mumkin: ya'ni ular to'g'ridan -to'g'ri chiqariladi va boshqa birlamchi ifloslantiruvchi moddalardan hosil bo'ladi.
Inson faoliyati natijasida hosil bo'ladigan asosiy asosiy ifloslantiruvchi moddalar:

  • Oltingugurt oksidi (SOx), ayniqsa, oltingugurt dioksidi ko'mir va neft yoqilishidan chiqariladi.

  • Azot oksidi (NOx) ayniqsa, azot dioksidi yuqori haroratli yonishdan chiqariladi. Buni shaharlarning tepasida jigarrang tumanli gumbaz yoki past shamol ostida ko'rish mumkin.

  • Uglerod oksidi-rangsiz, hidsiz, tirnash xususiyati keltirmaydigan, lekin juda zaharli gaz. Bu tabiiy gaz, ko'mir yoki o'tin kabi yoqilg'ining to'liq yonmasligi natijasida hosil bo'lgan mahsulot. Avtomobil chiqindilari uglerod oksidining asosiy manbai hisoblanadi.

  • Karbonat angidrid (CO2), yonishdan chiqadigan issiqxona gazi.

  • Uchuvchi organik birikmalar (VOC), masalan, uglevodorod yoqilg'isi bug'lari va erituvchilar.

  • Download 79.21 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling