Havoning namligini aniqlash. Sarfni o’lchash usullariva o’zgaruvchan bosimli sarf o’lchagichlar


Download 0.98 Mb.
bet1/4
Sana07.04.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1340772
  1   2   3   4
Bog'liq
mahmudov mustaqil ish


Havoning namligini aniqlash.Sarfni o’lchash usullariva o’zgaruvchan bosimli sarf o’lchagichlar
Reja;
I.Kirish
II.Asosiy qism
1. Havoning namligini aniqlash
2. Sarfni o’lchash usullari va o’zgaruvchan bosimli sarf o’lchagichlar
III.Xulosa

Kirish


1.Sanoatning turli sohalaridagi uzluksiz texnologik jarayonlar ko’pincha to’plangan material, xom-ashyo, suyuqlik va gaz miqdorini avtomatik nazorat qilishni talab etadi.
Sath o’lchagich – bu ochiq va yopiq rezervuar (suyuqlik va gaz saqlanadigan idish)larda va omborlarda mavjud narsaning darajasini aniqlashga mo’ljallangan asbob. Mavjud narsalar deganda turli xil suyuqliklar, shuningdek gazsimon, sochiluvchan va boshqa narsalar ko’zda tutiladi. Bu asboblar yordamida suyuq va sochiluvchan materiallar darajasini, shuningdek nazorat qilinayotgan vositaning darajasini pasaytirish va ko’tarishdagi tovush va yorug’lik signallarini avtomatik boshqarish va nazorat qilish amalga oshiriladi. Sath o’lchagichlar mustaqil qurilma tarzida, hamda avtomatik boshqaruv yoki nazorat tizimi tarkibida ham qo’llanilishi mumkin.
Sath o’lchagichlarni ayrim hollarda darajani o’zgartirgichlar, darajaning datchik (o’lchagich) –signalizatorlari deb ham ataydilar. Ammo sath o’lchagichning signalizatordan asosiy farqi – u faqat darajaning chegara mazmunini emas, darajaning gradatsiyasini- bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o’tishdagi izchilligini -o’lchash imkoniyatiga ega. Hozirgi vaqtda sanoat ishlab chiqarishida darajani o’lchash va nazorat qilish masalalarini yechish imkonini beruvchi bir qancha turli xil texnik vositalar mavjud.
Ishlash tartibi bo’yicha o’zgartirgichlar darajani uzluksiz o’lchovchilarga va alohida nuqtalarda (daraja rele( elektr zanjirini ulaydigan va uzadigan asbob)si, daraja pereklyuchateli(tok yo’nalishini o’zgartiruvchi asbob), daraja signalizatorlari) nazorat qiluvchilarga bo’linadi.
Darajani o’lchash vositalari turli fizik printsiplarga asoslangan turli xil usullarni o’z ichiga oladi. Darajani o’lchash usullaridan eng ko’p tarqalgan, daraja mazmunini elektr kattalikka aylantiruvchi va uning mazmunini avtomatik tizim boshqaruv sistemasiga uzatuvchi usullar – kontaktli (tutash) va kontaktsiz usullar kiradi.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling