Haydarova ruhshona dilshod qizi


Download 12.66 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi12.66 Kb.
#1599900
Bog'liq
maqola1


HAYDAROVA RUHSHONA DILSHOD QIZI,
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI FILOLOGIYA FAKULTETI FOLKLORSHUNOSLIK VA SHEVASHUNOSLIK YO’NALISHI 101-GURUH TALABASI
EPOSDA TUG’ILISH MOTIVI
Annotatsiya.Ushbu maqolada eposda motivlarning qo’llanilishi xususan, tug’ilish motivining kelishi, tug’ilish motivining eposda tutgan o’rni ,ahamiyati haqida, shu sohada ish yuritgan olimlarimizning tug’ilish motivi haqidagi fikrlari keltirib o’tiladi.Shu bilan birgalikda qahramonning oti ham g’ayritabiiy tug’ilishi haqida fikr yuritilgan
Abstract. This article cites the use of motifs in the epic-specifically, the arrival of the birth motif, the role of the birth motif in the epic ,its importance, and the opinions of our scientists working in the same field about the birth motif.In combination with this, it was thought that the hero's horse was also born unnaturally
Kalit so’zlar: G’ayriodatiy tug’ilish, epos, ilohiy tug’ilish ,syujet ,motiv
Kirish.
Epos – xalqning qahramonona o’tmishini ko’rsatuvchi asardir. Syujet deganda asardagi voqealar tizmasi tushuniladi.Eposda ma’lum bir syujet bo’ladi.Syujet esa motivlardan iborat. Rus folkloristikasida A.N.Veselovskiy, V.M.Jirmunskiy, V.Y.Propp,ozbek folkloristikasida prof. H.T.Zarifov, M.Afzalov kabi tadqiqotchilarning ishlarida motiv termini keng qollanilgan1.Eposda ko’plab motivlar kelishi mumkin.Xususan,tug’ilish motivi ,ov motivi,safar motivi, tutqunlik motivi, shart motivi va hokazo.Shulardan tug’ilish motivi haqida so’z yuritamiz. Tug’ilish motivi 2 turda g’ayriodatiy va ilohiy ko’rinishda bo’ladi. G’ayriodatiy tug’ilishga ,,Go’ro’g’lining tug’ilishi” dostonida Go’ro’g’linig tug’ilishini,ilohiy tug’ilishga esa ,,Alpomish” dostonida Alpomishni olishimiz mumkin. Dostonlarda Xudodan, avliyo va pirlardan tilab farzand olish motivi koʻplab uchraydi. Shunday dostonlardan biri “Huriliqo va Hamro”dir. Doston muqaddimasida aytilishicha, Misr viloyatining podshosi Xisravshohning farzandi boʻlmagan. Befarzandlikdan hasrat chekkan podshoh tarki dunyochilik yoʻlini tutadi. Shunda vaziri unga Shohimardon qabriga sigʻinib, farzand tilashni maslahat beradi. Podshoh Shohimradon qabrida tun oʻtkazganda tushida unga uch oʻgʻil va bir qiz berilishini, lekin, 14 yoshga kirganda ularning jonining yana qaytarib olinishini bildirishadi. Shu asnoda uch oʻgʻil va bir qiz tugʻilib, ular 14 yoshga ham kirishadi. Podsho ularning koʻz oldida oʻlishini istamay safarga joʻnatadi.2,,Alpomish” dostonida ham ko’rishimiz mumkinki Boybo’ri va Boysari boy bo’lishsa ham farzandlari bo’lmaydi.Shunda ular Shohimardon pr ravzasiga borib farzand so’rashadi.Eposda qahramonning oziga xos xususiyatlarini ochishda tug’ilish juda katta rol o’ynaydi. Eposda g’ayritabiiy yoki ilohiy tug’ilgan qahramon doimo homiy eranlar tomonidan nazarkarda hisoblanadi. Alplik tizimida ham ko’rishimiz mumkinki, qahramonning tug’ilmasdanoq homiy eranlar nazarida turganligi,alpning tug’ilishi oldindan bashorat qilinib unga qarshi to’siqlarning vujuda kelishi bilan bog’liq tizimning xususiyatlaridan biri hisoblanadi . G’ayritabiiy tug’ilgan qahramon kuch-qudrat,o’lim bilmas,doimo homiylar tonidan himoyaga egalik kabi xususiyatlari mavjud bo’ladi.Qahramonning oti ham g’ayritabiiy tug’ilishi nazarkarda ekanligiga misol qilib ,,Go’ro’glining tug’ilishi “ dostonidan G’irko’k otni olishimiz mumkin. Bunda epik qahramon bilan birgalikda epik otning ham g’ayritabiiy tug’ilishi keltirib o’tilgan. G’ir ko’k Rayhon arabning oti va suv ayg’irining bolasi hisoblanadi.Shuning uchun ham G’irko’k nazarkarda va mislsiz ot hisoblanadi. Folklorshunoslar Gʻirko‘k obrazni “Go‘ro‘g‘li” turkumni bog‘lab turuvchi uch tayanch omilning biri, deb aytishadi.3
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki,eposda tug’ilish motivi eposning asosini tashkil qiladi.Dostondagi tugʻilish motivi ham oʻta hayoliy ekanligi ibilan namoyon boʻladi. Lekin tasvirda bolaning ogʻirligi yoki boʻyiga eʼtibor qaratilmaydi.Dostonda moʻjizaviy tugʻilish hodisasi oʻlchov va hajm bilan belgilanmaydi. Unda teran tasvir, voqealar bayonidan kelib chiqadigan yashrin maʼlumotlar borki, buni tinglovchining oʻzi idrok qilmogʻi lozim boʻladi.G'ayritabiiy tugʻilish motivi qadimgi mifologik e'tiqod tushunchalar asosida yuzaga kelgan va u ertaklarning estetik taʼsir koʻrsatuvchi epik motivlar silsilasi sifatida saqlanib qolgan

1 SAPAYEVA BIBIJON RUSTAMOVNA
YEVROPA VA ORTA OSIYO XALQLARI EPOSLARI EPIK
SYUJETLARINING ASOSLARI VA ULARDAGI OXSHASH
MOTIVLAR

2 EPOS QAHRAMONINING ILK HAYOTI BILAN BOGʻLIQ MOTIVLAR
Shoira Atabekovna Raximova

3 M. Saidov, M. Murodov, Sh. Xo‘jayeva. Qimmatbaho dostonlar // Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi. Gʻafur Gʻulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti. Toshkent, 1967. – 319, b.
Sanoqlar tartibi sharli ravishda qo‘yilmoqda.

Download 12.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling