Haydash va rektifikatsiya jarayonlarining nazariy asoslari


Download 0.96 Mb.
bet3/14
Sana10.11.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1760548
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Haydash va rektifikatsiya jarayonlarining nazariy asoslari (1)

um = f(x) funktsiya quyidagi tenglamaga mos keladi

Hamda, suyuq va bug‘ fazalar muvozanat tarkiblari orasidagi bog‘liqlikni ifodalaydi.
Komponentlar nisbiy uchuvchanligi:

ma’lum bo`lsa, ideal aralashmalar muvozanat chizig‘ini hisoblash va qurish mumkin.

Faqat engil uchuvchan komponentlardan tarkib topgan suyuqlik bilan shu komponentdan tarkib topgan bug‘ muvozanat holatida bo`ladi. Muvozanat chizig‘ining eng chetki nuqtalari kvadratning qarama - qarshi burchaklarida joylashgan. Kvadrat diagonali va muvozanat egri chizig‘i suyuq va bug‘ fazalarning mavjud bo`lish soHalarini chegaralaydi.
Haqiqiy suyuqlik aralashmalari. Bunday aralashmalardan komponentlar ajratib olinganda issiqlik ajrab chiqadi, hajmi o`zgaradi va ko`pchilik hollarda Raul qonuniga bo`ysunmaydi.
Undan tashqari, bu aralashmalar bug‘ fazasining molekulalari o`zaro tortishish kuchlarini, ularning hajmlarini va boshqalarni hisobga olish zarur.
Raul qonuniga nisbatan og‘ish manfiy yoki musbat bo`lishi mumkin. Agar, og‘ish musbat bo`lsa, eritma utsida umumiy bosim Raul qonuni bo`yicha ideal eritma uchun hisoblangandan katta, manfiy og‘ishida esa - kichik bo`ladi.
Musbat og‘ishda umumiy bosim chizig‘i ideal eritmanikidan yuqori, manfiy og‘ishda - patsroqdan o`tadi.
Partsial bosimlarning kontsentratsiyaga bog‘liqligi botiq yoki bo`rtiq chiziqlar orqali tasvirlanadi (5.31-rasm);

Haqiqiy eritmalar uchun fazaviy muvozanat diagrammalari tajribaviy ma’lumotlar asosida quriladi.
Muvozanat chizig‘idan og‘ishning son qiymatlari Raul qonunidan juda katta farq qilishi va bir qator eritmalar uchun ma’lum bir kontsentratsiyada qaynash temperaturasi o`zgarmas kattalikka ega bo`lishi mumkin.
Konovalovning ikkinchi qonuniga binoan, suyuq eritma utsidagi muvozanat holatidagi bug‘ning tarkibi suyuq eritma tarkibiga tengdir, ya’ni um = x (5.31-rasmdagi M nuqta). Bunday aralashmalar azeotrop eritmalar deb nomlanadi. Azeotrop eritmalar maksimal va minimal qaynash temperaturali bo`lishi mumkin.
Azeotrop eritmalar tarkibi bosim (temperatura) ga bog‘liq bo`ladi.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling