Hayol turlari Hayoliy obrazlarni qayta ishlash mexanizmlari
Hayoliy obrazlarni qayta ishlash mexanizmlari
Download 166.5 Kb.
|
hayol
2. Hayoliy obrazlarni qayta ishlash mexanizmlariKishi faoliyatida Hayolning bajaradigan vazifasi aniqlab olingach, fantaziya tarzining yaratilishini amalga oshiradigan jarayonlar qarab chiqilishi va ularning strukturalari aniqlanishi lozim. Odamga amaliy va ijodiy faoliyatlarda yo‘l ko‘rsatuvchi fantaziya tarzlari qanday paydo bo‘ladi hamda ularning tuzilishi qanday? Hayol jarayonlari, idrok, xotira va tafakkur jarayonlari kabi analitik-sintetik xarakterga egadir. Tahlil idrok va xotiradayoq ob’yektning ayrim umumiy, muhim belgilarini ajratish va saqlash hamda muhim bo‘lmagan belgilaridan chetlashish imkoniyatini beradi. Bu tahlil sintez bilan, ya’ni o‘ziga yarasha etalon hosil qilish bilan tugallanadi. Ana shunday etalon yordami bilan butunlay o‘zgartirib yuborilganda ham ma’lum o‘xshashlik doirasidan chetga chiqmaydigan ob’yektlarni bilish amalga oshiriladi. Tahlil va sintez Hayolda boshqacha yo‘nalishga ega bo‘lib, obrazlar bilan qilinadigan faol jarayonlarda boshqa tendensiyalarni topib, ochib beradi. Xotiraning asosiy tendensiyasi obrazlarni qayta tiklab, etalonga maksimal yaqinlashtirishda, ya’ni ilgari hayotda bo‘lgan, idrok qilingan, tushunilgan, anglangan ish harakat yoki ob’yektni oqibat natijada aniq nusxasiga yaqinlashtirishdan iboratdir. Hayolning asosiy tendepsiyasi oqibat natijada mutlaqo yangi, shu paytgacha hosil qilinmagan vaziyat modelini hosil qilishni ta’minlaydigai tasavvurlarni (timsollarni) qayta tuzishdan iboratdir. Har ikkala tendensiya ham nisbiy xarakterga egadir, biz o‘z tanishimizni, garchi uning belgilari, kiyimlari, hatto ovozi sezilarli darajada o‘zgarib ketgan bo‘lishiga qaramay, juda ko‘p yillardan so‘ng ham taniy olamiz. Fantaziya yaratgan har qanday yangi obrazda eskilik, ilgaridan ma’lum bo‘lgan belgilar ko‘rinib turadi. Hayolni uning mexanizmlari jihatidan ta’riflarkanmiz, shuni taьkidlab o‘tish kerakki, Hayolning mohiyati tasavvurlarni qayta tuzish jarayonidan va o‘zimizdagi mavjud obrazlar asosidagi yangi obrazlar yaratishdan iboratdir. Hayol, fantaziya real voqelikni yangi, kutilmagan hamda odatdan o‘zgacha qo‘shilish va bog‘lanishlarda aks ettirishdan iboratdir. Agar hatto qandaydir mutlaqo g‘aroyib narsani o‘ylab chiqarib, unga sinchiklab qaraganimizda u narsaning barcha elementlari – hayotdan, o‘tmish tajribadan olinganligi, bular ijodiy fantaziyaning biron bosqichidagi kabi, behisob faktlarning oldindan o‘ylab yoki o‘ylamasdan qilingan tahlilning natijalari bo‘lib chiqadi. Bu holat badiiy ijodda qatnashadigan Hayolga nisbatan K.Paustovskiyning aytgan quyidagi gaplari bilan ifoda qilinishi mumkin: «Har bir minut, bexosdan tashlangan har bir so‘z va nigoh, har bir chuqur ma’noli yoki hazilomuz fikr, kishi qalbini uchib tushgan terak momig‘i yoki tungi yulduz shu’lasi singari, bilinar-bilinmas har bir harakati – bularning hammasi oltin changi zarrachalaridir. Download 166.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling