"Hayot davomida ta’lim olish" tamoyili asosida boshqaruv hamda pedagog kadrlarning uzluksiz malakasini oshirish


Download 19.65 Kb.
bet1/3
Sana23.09.2023
Hajmi19.65 Kb.
#1685642
  1   2   3
Bog'liq
MAVZU AMALIY 3.4


MAVZU: Oliy va professional ta'lim muassasalarining boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, professional ta’lim muassasalarining boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini zamonaviy ta’lim standartlari talablaridan kelib chiqqan holda yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, professional ta’lim muassasalarining boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tizimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:
“Hayot davomida ta’lim olish” tamoyili asosida boshqaruv hamda pedagog kadrlarning uzluksiz malakasini oshirish;
ta’limning maqsadi, vazifalari, mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quv jarayonini tashkil qilish, boshqaruv va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va uzluksiz malakasini oshirish uchun ta’lim dasturlarini innovatsion yondashuvlar asosida doimiy yangilab borish;
ishlab chiqarish ta’limi ustalari uchun ularning kasbiy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan malaka oshirish shakllarini mustaqil tanlash va o‘zlashtirish imkoniyatini yaratish.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Professional ta’lim muassasalarining boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
professional ta’lim muassasalarining boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va uzluksiz malakasini oshirish jarayonini tashkil etish va uning bosqichlari;
qayta tayyorlash va malaka oshirishning maqsad va vazifalari;
qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoni ishtirokchilarining vazifalari.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
a) bir oy muddatda Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining (keyingi o‘rinlarda — Institut) yangilangan tuzilmasi va ustavini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;
b) uch oy muddatda:
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda professional ta’lim muassasalarining boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat ta’lim talablarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Institutning yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan hududiy qayta tayyorlash va malaka oshirish fakultetlarini tashkil etsin va ular faoliyat yuritadigan oliy va professional ta’lim muassasalarini belgilasin;
Institut hamda uning hududiy fakultetlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash choralarini ko‘rsin;
Institut tizimidagi bosmaxonani ta’mirlash va faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan zarur mablag‘lar ajratsin.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
2021-yil 1-martdan boshlab Institutning boshqarma va bo‘limlarida faoliyat ko‘rsatayotgan uslubchi va dasturchi-muhandis shtat birliklari negizida bosh mutaxassis va yetakchi mutaxassis shtat birliklari joriy etiladi hamda mehnatga haq to‘lash shartlari bo‘yicha Institutning boshqarmalar boshliqlari, bo‘lim boshliqlari, bosh mutaxassis, yetakchi mutaxassislarning lavozim maoshlarini belgilashda mos ravishda professional ta’lim muassasalari bosh o‘qituvchilari bazaviy tarif stavkalari tegishlicha 2,0 baravar, 1,8 baravar, 1,5 baravar hamda 1,2 baravar miqdorda qo‘llaniladi;
mazkur qarorda nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi, 2022-yildan boshlab — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi; Mazkur Nizom professional ta’lim muassasalarining boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:

Download 19.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling