"Hayot davomida ta’lim olish" tamoyili asosida boshqaruv hamda pedagog kadrlarning uzluksiz malakasini oshirish


-bob. Qayta tayyorlash va malaka oshirishning maqsad va vazifalari


Download 19.65 Kb.
bet3/3
Sana23.09.2023
Hajmi19.65 Kb.
#1685642
1   2   3
Bog'liq
MAVZU AMALIY 3.4

2-bob. Qayta tayyorlash va malaka oshirishning maqsad va vazifalari
8. Qayta tayyorlash faoliyatining maqsadi — pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan kadrlar tayanch mutaxassisliklar yoki kasblarga muvofiq bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga qo‘shimcha kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarning zarur hajmini egallashiga erishish.
9. Pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan kadrlarning o‘quv-tarbiya jarayonida talab etiladigan sifatini ta’minlaydigan darajadagi pedagogik faoliyatni olib borishga zarur va yetarli tayyorgarlikni ta’minlash qayta tayyorlash faoliyatining vazifasi hisoblanadi.
10. Malaka oshirish faoliyatining maqsadi — kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarning chuqurlashtirilishi hamda yangilab borilishini ta’minlash, kadrlarning toifasi, darajasi, razryadi va lavozimi oshishiga xizmat qiladigan zarur hajmini egallashini ta’minlash.
11. Malaka oshirishning vazifalari quyidagilardan iborat:
professional ta’lim muassasalari boshqaruv hamda pedagog kadrlarining kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini uzluksiz yangilab borish mexanizmlarini joriy etish, zamonaviy talablarga muvofiq professional ta’lim sifatini ta’minlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarlikni amalga oshirish;
professional ta’lim muassasalarining boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida yagona o‘quv-uslubiy bazani ishlab chiqish, o‘quv jarayonini sifatli tashkil etishga qaratilgan metodik rahbarlik va ta’lim sifati bo‘yicha ichki nazoratni amalga oshirish;
malaka oshirishning to‘g‘ridan to‘g‘ri va bilvosita shakllarini amaliyotga joriy etish va muntazam monitoringini olib borish;
kadrlarning mustaqil ish natijalari, o‘z ustida ishlash, turli tanlovlarda ishtirok etish va boshqa kasbiy faoliyatida erishgan yutuqlariga oid ma’lumotlarni o‘zida jam etgan elektron portfolio tizimini joriy etish;
malaka oshirish jarayonlarini tashkil etishda Internet axborot tarmog‘i, multimedia tizimlari, masofadan o‘qitish usullaridan, vebinar texnologiyalari imkoniyatlaridan unumli foydalanish, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarni egallash va ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish;
ilg‘or xorijiy tajribalar asosida ta’lim dasturlarini doimiy yangilab borish hamda ta’lim jarayoniga joriy etish;
kasbiy bilim, ko‘nikma va malakani uzluksiz yangilab borish mexanizmlarini joriy etish, zamonaviy talablarga muvofiq professional ta’lim sifatini ta’minlashga qaratilgan kasbiy tayyorgarlikni amalga oshirish;
ilmiy-pedagogik salohiyatdan kelib chiqib, malaka oshirishning kasbiy ehtiyojlarni qanoatlantirishga yo‘naltirilgan shakllarini mustaqil tanlash va o‘zlashtirish;
ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash orqali boshqaruv hamda pedagog kadrlarning tayyorgarligi sifatiga qo‘yiladigan malakaviy talablarni takomillashtirish.
3-bob. Qayta tayyorlash jarayonini tashkil etish
12. Qayta tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari mazmuniga qo‘yiladigan asosiy talablar Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan davlat ta’lim talablarida belgilanadi.
13. O‘quv yuklamasining umumiy hajmi davlat ta’lim talablaridan kelib chiqqan holda fanlar bloklari bo‘yicha taqsimlanadi.
14. Qayta tayyorlash quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
asosiy ishdan ajralgan holda o‘qish;
masofaviy o‘qitish uslublarini qo‘llash orqali asosiy ishdan qisman ajralgan holda o‘qish (uyg‘unlashtirilgan uslub).
15. Professional ta’lim muassasalari xodimlarini pedagogik qayta tayyorlash Institut bazasida amalga oshiriladi.
16. Qayta tayyorlashning davomiyligi kamida 16 hafta (576 soat) etib belgilanadi. O‘quv yuklamasining eng ko‘p hajmi har haftada 36 (54 akademik) soatni, auditoriya mashg‘ulotlarining eng ko‘p hajmi har haftada 24 (36 akademik) soatni tashkil qiladi.
17. Qayta tayyorlash doirasida o‘quv guruhlari, qoidaga ko‘ra, 25 nafargacha tinglovchidan iborat etib shakllantiriladi.
Download 19.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling