Hayot faoliyat xavfsizligi Reja. Yorug’likning asosiy tavsiflari va o’lchov birliklari Yoritilganlik va ularning asosiy turlari


Tabiiy yoritilganlik quyoshdan hamda eru-samodan qaytayotgan quyosh nuridan hosil bulgan yorug’lik mahsulidir


Download 0.6 Mb.
bet2/4
Sana09.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1255300
1   2   3   4
Bog'liq
5-Ma\'ruza (27)

Tabiiy yoritilganlik quyoshdan hamda eru-samodan qaytayotgan quyosh nuridan hosil bulgan yorug’lik mahsulidir.
Tabiiy yorug’lik issiqlik va yorug’lik doimiylariga ega bo’lib, ular quyoshdan kelayotgan issiqlik uchun 1317 Vt/m2 ga, yorug’lik uchun esa 137000 lk.ga tengdir.
Tabiiy yorug’likning afzalliklari shundaki, uning tarkibida o’ta foydali ultrabinafsha va infraqizil nurlari mavjud bo’lib, bu nurlar muhitni sog’lomlashtirishga xizmat qiladi, ya’ni mikroblarni o’ldirish xususiyatiga ega.
Tabiiy yorug’likdan uch xil moslamalar yordamida, ya’ni tomdan fonar orqali, devordan deraza orqali va aralash holdagi tizimlardan foydalaniladi. Tabiiy yoritilgan tizimlariga qo’yiladigan talablar quyidagilardan iborat:
Yorug’lik miqdorini binolarning vazifasiga qarab tanlanishi, yo’naltirilgan yoki tarqoq hollarda bulishligini ta’minlanishi;
Sun’iy yorug’lik tabiiysiga nisbatan bir oz qimmatga tushsada, ish joylarini yoritishda imkoniyati cheksizdir. Sun’iy yorug’lik umumiy, mahalliy va aralash ko’rinishda bo’ladi.
Insolyastiya va yorug’lik me’yorlaridan kam bo’lmasligini ta’minlanishi.
Mahalliy yorug’lik esa faqat asosiy ish joyidagi yoritilganlikni me’yor talabi darajasida ta’minlaydi.
Aralash yorug’lik, mahalliy yoritilganlikni, umumiy yoritilganligi bilan birgalikda qo’llanilganligidir.
Bu xildagi ya’ni aralash yoritilganlik usuli, binolardagi yarqiroqlik tafovuti-kontrastni yumshatadi hamda me’yor talabini to’la qondira oladi.
Yoritilganlikni vazifasiga qarab ishchi va nazorat turlaridan tashqari yana favqulodda zarur holatlarda xizmat qiladigan ikki turi ham mavjud. Ularni avariya va evakuastiya yoritilganliklari deyiladi hamda miqdorlari 0,5 -2,0 lyuks bo’ladi.
Ishlab chiqarishda yoritilganlikni to’g’ri tanlash uchun zarur qo’llanma sifatida me’yoriy hujjatlardan SNiP II-4-79 va GOST 12.1.046-85 xizmat qiladi.
Ish o’rinlarida yorug’likni me’yorlashning asosiy maqsadi inson sog’lig’ini himoya qilish va tavakkalchilik asosida qilinajak sarf xarajatni oldini olishdan iborat hisoblanadi.
Tabiiy yorug’likni vaqtga nisbatan doimiy o’zgaruvchanligi sababli, uni sifati va miqdorini o’lchash va nazorat qilib turish maqsadida maxsus ko’rsatkich, o’lchov mezoni sifatida qabul qilingan. Bu ko’rsatkich tabiiy yoritilganlik koeffistienti deb ataladi va u bino ichidagi yorug’lik miqdorini (Ei) uning tashqarisidagi miqdori (Et) ga nisbatini foiz hisobida olingan miqdoriga aytiladi va quyidagi ifoda orqali aniqlanadi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling