Hayot faoliyat xavfsizligi Reja. Yorug’likning asosiy tavsiflari va o’lchov birliklari Yoritilganlik va ularning asosiy turlari


Download 0.6 Mb.
bet1/4
Sana09.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1255300
  1   2   3   4
Bog'liq
5-Ma\'ruza (27)


MAVZU:
Ishlab chiqarishda yoritilganlikka bo’lgan talablar
Hayot faoliyat xavfsizligi
Reja.
1. Yorug’likning asosiy tavsiflari va o’lchov birliklari
2. Yoritilganlik va ularning asosiy turlari
3. Tabiiy va sun’iy yoritilganlikni me’yorlash va hisoblash usullari.
4. Yoritilganlikka bulgan asosiy talablar va yoritqichlar.
Yorug’lik insonning hayoti faoliyati davomida juda muhim o’ringa ega hisoblanadi. Ko’rish inson uchun asosiy ma’lumot manbai hisoblanib, umumiy olinadigan ma’lumotning taxminan 90% ko’z orqali olinadi.
Ishlab chiqarish sharoitida yoritilganlik ishchilar salomatligiga zarar etkazmasligi uchun u ko’zni zo’riqtirmaydigan, ish vaqtida binoning hamma qismlarida bir tekis taqsimlangan bulishi talab qilinadi. Yorug’lik ko’zni qamashtirmaydigan bo’lishi, boshqacha qilib aytganda, yorug’lik nurlari ko’zga to’g’ridan-to’g’ri tushmasligi kerak.

Korxonalarni me’yoriy yoritish sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash bilan birga ishlab chiqarish sharoitini yaxshilaydi, ishchilarni charchashdan saqlaydi va mehnat unumdorligini oshiradi.

  • Korxonalarni me’yoriy yoritish sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash bilan birga ishlab chiqarish sharoitini yaxshilaydi, ishchilarni charchashdan saqlaydi va mehnat unumdorligini oshiradi.

Yorug’likning spektral tarkibi shunday tanlanishi kerakki, natijada kishi atrofdagi buyumlarning ranglarini to’g’ri qabul qilsin. Ish joylarida keskin ajralib turuvchi soyalar bo’lishi va ish joylari bilan atrofdagi muhitning yoritilganligi juda katta farq qilmasligi kerak, aks holda kishi ko’zini bir sharoitdan ikkinchi sharoitga tez-tez o’zgartirib turishi natijasida ko’zining akkomodastiya xususiyati buzilib, ko’rish organlarining toliqish holati ro’y beradi.
Amaliyotda ish joylarini yoritishda uch xil turdagi yoritilganlikdan foydalaniladi, ya’ni ular tabiiy, sun’iy va aralashgan holda bo’ladi.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling