Hayot faoliyati xavfsizligfni ta’miniash asosiari


ISHLAB CHIQAIUSHDA MUQOBIL MUHITNI TA’MINLASH


Download 24.44 Kb.
bet3/5
Sana24.12.2022
Hajmi24.44 Kb.
#1058543
1   2   3   4   5
Bog'liq
Hayot faoliyati xavfsizligfni ta

ISHLAB CHIQAIUSHDA MUQOBIL MUHITNI TA’MINLASH.
Mehnatni muhofaza qilish quyidagi manbalarda ko‘zda tutilgan:
- 0 ‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi;
- 0 ‘zbekiston Respublikasining «Mehnatni muhofaza qilish» Qonuni;
- 0 ‘zbekiston Respublikasining «Mehnat qonunlari kodeksi»;
- Texnika xavfsizligiga oid me’yorlar, qoidalar, standartlar va yo‘riqnomalar.
Mehnatni muhofaza qilishning qator masalalari Konstitutsiyada o‘z aksini topgan. Jumladan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining, IX bobi fuqarolaming iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, 36-moddada «Har bir inson qonunda ko‘rsatilgan tartibda mehnat qilish, erkin kasb tanlash, qulay sharoitlarda mehnat qilish va ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir» deb ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu bobning 37-moddasida «Barcha ishlayotgan fuqarolar dam olish huquqiga egadir. Ish vaqti va haq to‘lanadigan mehnat ta’tilining muddati qonun bilan belgilanadi». 38-moddada esa «Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek, boquvchisini yo‘qotganda va boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga egadir.
Bunday nafaqalar va ijtimoiy yordamning boshqa turlarining miqdori tirikchilik uchun zaiur bo‘Igan maoshning eng kam miqdoridan oz bo‘lishi mumkin emas» deb o‘tilgan. Konstitutsiyaning 39-moddasida «Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega» deb belgilangan. Bu moddada tibbiyot xizmati bo‘yicha hech bir cheklanishlar yo‘qligi, bunda turlituman tibbiyot xizmati korxonalari tashkil etilishi, jumladan, malakali tibbiyot xodimlari o‘z shaxsiy davolash muassasalariga ega bo‘Iishi, bu bilan esa davolash sohasida raqobat vujudga keladi, natijada aholi malakali tibbiyot xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Bu moddalar BMTning «Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasining 3, 23-moddalariga hamohangdir. Ya’ni deklaratsiyaning 3-moddasida «Har bir inson yashash huquqiga ega...», 23-moddasida esa «Har bir inson mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli л^а qulay sharoitlar ... IV ВОБ 50 Iiiiquqiga ega» deb belgilab o‘tilgan.O‘zbekiston Respublikasida mehnatni muhofaza qilish O‘zbekiston Respublikasi «Mehnat qonunlari kodeksi» iisosida olib boriladi. Bu me’yoriy hujjat 1996-yilda kuchga kirib, unda mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, hamma korxona va muassasalarga mehnat sharoitini yaxshilash, baxtsiz hodisalaming oldini olish uchun zarur choralami ko‘rish kerakligi belgilab berilgan. Shuningdek, ishchi, xizmatchilami ishdan bo‘shatish, xodimlar bilan korxona ma’muriyati o‘rtasida yuzaga keladigan bahsni muhokama etishni tartibga soladi, bunda mehnatkashlar manfaatlari himoya qilinadi. Masalan, mehnat shartnomasi, ish bilan ta’minlash, ish vaqti, dam olish vaqti, ish haqi, kafolatlar va kompensatsiyalar, mehnat muhofazasi, ayollar mehnati, yoshlar mehnati, iintiyozlar, mehnat intizomi, nazorat, mehnat nizolari va h.k. Mehnat qonuniyatlari ish vaqtidan ortiq mehnat qilishni butunlay taqiqlaydi. Ishchilar har yili bir marta 24 kundan kam boimagan miqdorda haq toianadigan ta’til bilan ta’minlanadilan Bu ulaming mehnat faoliyatini liklash, sogiiqlarini mustahkamlash imkoniyatini yaratadi.
Mehnat muhofazasiga oid hamma ishlar oldindan tuzilgan reja asosida amalga oshiriladi. Buning uchun mehnatni muhofaza qilishning nomenklatura chora-tadbirlari rejasi tuzilishi kerak. Nomenklatura choratadbirlari rejasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda korxona ma’muriyati tomonidan tuziladi. Unda ushbu korxonada mehnat sharoiti, kasb kasalliklari va o‘z korxonasiga inson organizmga ta’sir qiluvchi zaharli omillaming mavjudligi asos qilib olinadi. Nomenklatura choratadbirlari rejasiga bajarilishi lozim bo‘lgan, ish sharoitini yaxshilashga olib keladigan chora-tadbirlar kiritilishi lozim. Ular quyidagicha boiishi lozim:
1. Baxtsiz hodisalaming oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar. Bunga qo‘shirncha himoyalovchi va muhofaza qiluvchi to‘siq qurümalarni o‘rnatish, muhofaza qilishning avtomatik turkumlarini qoilash, masofadan turib boshqariladigan asboblarni joriy qilish, ogohlantirish tizimlari, jarayonlami mexanizatsiyalash va boshqalar kiradi.
2. Kasb kasalliklarini kamaytiradigan chora-tadbirlar. Bunga ishchilarga har xil zararli ta’sir qiladigan moddalardan muhofaza qiluvchi moddalar hamda moslamalar tayyorlash va qoilash, havo almashtirish tizimlarini o‘rnatish, eski turlarini qayta jihozlash, zamonaviy ishlab chiqarish jihoz-dastgohlardan foydalanish, havo haroratini, tarkibini kuzatadigan asboblarni o‘matish va boshqalar misol boiadi.
3. Ish sharoitini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar. Bunga ish joylarini yoritish, sanitariya-maishiy xizmat ko'rsatish xonalari holatini yaxshilash, maxsus kiyim, bosh va oyoq kiyimlari bilan o'zvaqtida ta’minlash, mehnatni muhofaza qilish xonalarini, ko‘rgazmali qurollami tashkil qilish va boshqalar kiradi. Nomenklatura chora-tadbirlari ishlovchilaming ish bitimiga kiritilganligi va ishchilarning umumiy majiisida tasdiqlanganligi sababli, bu tadbirlar korxona ma’muriyati tomonidan bajarilishi shart hisoblanib, uning bajarilishi haqida ma’muriyat ishchilarga axborot berib turishi kerak. Nomenklatura chora-tadbirlariga sarflanadigan mablag‘ korxonaning asosiy fondidan ajratilib, bu mablagiar faqat shu sohalarga ishlatilishi lozim. Aks holda ma’muriyat qonun oldida javob beradi. Mablagiami sarflash kasaba ujmshmasi tomonidan nazorat qilinadi. Bundan tashqari, korxona har yili yuqori tashkilotga amalga oshirilgan tadbirlar va mablagiar sarfi to‘g‘risida hisobot berib turishi talab etiladi.

Download 24.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling