Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan amaliyot
Download 19.73 Kb.
|
3-Amaliyot
“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanidan AMALIYOT TOPSAIRIQ №3 Bajardi: To’raboyev Ismoilta’lim yo‘nalishi 310-20 guruh Dasturiy injinering_____________ talabaning F.I.Sh. Qabul qildi: Saidova Gulchehra___________ 3-Amaliy ish 13-variant 1.Elektr tokining kanday kiymati inson xayoti uchun xavfli xisoblanadi? 2. Nurlanish dozasi bog‘liq bo‘lgan asosiy kattaliklarni ayting. 3.Inson faoliyatining qaysi sohalarida O‘YuCh – diapazoni maydonlari keng qo‘llanilishga ega? Javoblar: Elektr toki ta’siridan inson organizmida termik (issiqlik), elektrolitik va biologik ta’sir kuzatiladi. Elektr tokining issiqlik ta’siri inson tanasining ba’zi uchastkalarida kuyish, qon tomirlari, asab va hujayralarning qizishi sifatida kuzatiladi. Elektrolitik ta’sir esa, qon tarkibidagi yoki hujayralar tarkibidagi tuzlarning parchalanishi natijasida, qonning fizik vv ximik xususiyatlarini o‘zgarishiga olib keladigan holat tushuniladi. Bunda elektr toki markaziy asab va yurak tizimini kesib o‘tmasdan tananing ba’zi bir uchastkalarigagina ta’sir ko‘rsatishda ro‘y beradi. I - muskullar keskin qisqarilishi natijasida odam tok ta’siridan chiqib ketadi va hushini yo‘qotmaydi; II - muskullar keskin qisqarishi natijasida odam hushini yo‘qotadi, ammo yurak va nafas olish faoliyati ishlab turadi; III - muskullar keskin qisqarishi natijasida odam hushini yo‘qotib, nafas olish tizimi yoki yurak urishi to‘xtab qoladi. IV - klinik o‘lim holati, bunga insonga hech qanday hayot alomatlari ko‘rinmay qoladi. Elektr tokining biologik ta’siri bu tirik organizm uchun xos bo‘lgan xususiyat hisoblanadi. Bu ta’sir natijasida inson organizmidagi tirik hujayralar muskullarning keskin qisqarishi natijasida to‘lqinlashadi, bu asosan organizmdagi bioelektrik jarayonlarning buzilishi natijasida ro‘y beradi. YA’ni inson organizmi asosan bioelektrik toklar yordamida boshqariladi. Bunga tashqi muhitdan yuqori kuchlanishdagi elektr tokining ta’siri, bu biotoklar rejimini buzib yuboradi va buning natijasi sifatida inson organizmida tok urish hodisasi vujudga keladi. Ya’ni boshqarilmay qolgan organizmda hayot faoliyatining ba’zi bir vazifalari bajarilmay qoladi, nafas olish tizimlari ishlarining buzilishi, qon aylanish tizimining ishlamay qolishi va h.k. Elektr tokining inson organizmiga ta’sirining xilma-xilligidan kelib chiqib, umuman elektr toki ta’sirini ikki guruhga bo‘lib qarash mumkin: mahalliy elektr tok tasiri va urishi. Mahalliy elektr toki ta’siriga: elektr toki ta’siri natijasida kuyib qolish, elektr belgilari hosil bo‘lishi terining metallanib qolishini ko‘rsatishi mumkin. Elektr toki ta’siridan kuyish, asosan organizm bilan elektr o‘tkazgichi o‘rtasida volta yoyi hosil bo‘lganda sodir bo‘ladi. Elektr o‘tkazgichdagi kuchlanishning ta’siriga qarab bunday kuyish turlicha bo‘lishi mumkin. Engil kuyish pufakchalar hosil bo‘lishi, og‘ir kuyish hujayra va terilarning ko‘mirga aylanishi bilan o‘tib, og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Elektr belgilari bu terining ustki qismida aniq kulrang-och-sarg‘ish rangli 1-5 mm dimetrdagi belgi paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Bunday belgilar odatda xavfli emas. Terining metallanib qolishi ham odatda erib mayda zarrachalarga parchalanib ketgan metall teri ichiga kirib qoladi. Bu holat ham elektr yoyi hosil bo‘lganda ro‘y beradi. Ma’lum vaqt o‘tgandan keyin bu teri ko‘chib tushib ketadi va hech qanday asorat qoldirmaydi. I - muskullar keskin qisqarilishi natijasida odam tok ta’siridan chiqib ketadi va hushini yo‘qotmaydi; II - muskullar keskin qisqarishi natijasida odam hushini yo‘qotadi, ammo yurak va nafas olish faoliyati ishlab turadi; III - muskullar keskin qisqarishi natijasida odam hushini yo‘qotib, nafas olish tizimi yoki yurak urishi to‘xtab qoladi. IV - klinik o‘lim holati, bunga insonga hech qanday hayot alomatlari ko‘rinmay qoladi. Dunyo jamoatchiligi radiatsiya xavfidan xabardor bo‘lsada ayrim mamlakatlar yadro qurollari yaratishda davom etmoqdalar. AQSH da 1054, SSSRda 715, Fransiyada 196, Buyuk Britaniyada 45, Xitoyda 45, Hindiston va Pokistonda 5 martadan yadro qurilmalari portlatilgani ma’lum. Hozirgacha yer yuzida 170 dan oshiq yadroviy avariyalar sodir bo‘lgan. Har biri turli darajadagi salbiy oqibatlar keltirgan. Hozirgacha dunyo mamlakatlarida yaratilgan bir necha ming yadro qurollari yer yuzidagi barcha tirik mavjudodlarni bir necha marta yo‘q qilib yuborish quvvatiga ega, hatto yer sharini o‘z o‘qidan chiqarib yuborish ehtimoli bashorat qilinadi. Radioaktiv moddalardan tinchlik maqsadlarida foydalanish keng rivojlanmoqda. Energetika va boshqa maqsadlarda yadro parchalanish jarayonidan foydalanib kelinmoqda, xususan, O‘zbekistonning “O‘rta buloq” (Buxora viloyati) va “Pamuk” gaz konlarida 1532 m va 2440 m chuqurliklarda yong‘inni o‘chirish maqsadida yadro portlatishlar amalga oshirilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. O‘zbekistonda asosan 27 ta uran konlari (ular 40 atrofida sanaladi) ishga tushirilgan. Olimlarning aytishicha, inson har kuni turli xil radiatsiyaga uchraydi. Masalan, rentgen yoki quyosh nurlariga. Hattoki, banandan ham nurlanish mumkin ekan. Ionlashgan nurlar inson organizmiga zararli ta'sir ko'rsatib , og'ir kasalliklarning kelib chiqishiga sababchi bo'lishi mumkin. Uning ta'sirida inson og'ir kasallik hisoblanadigan nur, oq qon kasalligi va har xil xavfli shishlar, teri kasalliklariga duchor bo'lishi mumkin. Shuningdek, ionlashgan nurlar ta'sirida genetik ta'sirlanish, ya'ni keyingi avlodlarga ham ta'sir ko'rsatuvchi nasliy kasalliklar kelib chiqishi mumkin. Radiatsiya (lot. radiatio — nurlanish) — yadroviy oʻzgarishlar oqibatida vujudga keladigan elektromagnit va korpuskulyar nurlanishlar, Quyosh nurlanishi, kosmik nurlar oqimlari. R.ning tirik organizmga taʼsiri R. dozasi bilan belgilanadi. Rentgen (r) bilan oʻlchanadi. R. miqdori singuvchi radiatsiya va boshqa radioaktiv nurlanishlarning shikastlovchi taʼsiriga bogʻliq. Bir kunda 20 r gacha R. kishi organizmi uchun xavfsiz doza hisoblanadi. Bundan ortiq miqdordagi R. organizmdagi toʻqimalarni shikastlab, kishini nurlanish kasalligiga mubtalo qiladi. R. dozasi dozimetrik asboblar yordamida oʻlchanadi. Radioaktiv modda (a, r~, u nurlar, neytronlar va boshqalar) va boshqa ionlovchi nurlanish manba (rentgen qurilma)lari bilan ishlaganda ularning zararli dozasini xavfsiz nurlanish dozasigacha kamaytirish uchun tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan. Tashqi, tomondan nurlanish ma'lum tashqi nurlanuvchi manba ta'sirida kechganligi sababli, tarqalayotgan nurlarning kirib borish kuchi katta ahamiyatga ega. Kirib borish kuchi yuqori bo'lgan nurlarning organizmga zarari ham kuchliroq bo'ladi. Ichki nurlanish nur tarqatuvchi moddalar inson organizmining ichki tizimlariga, masalan, yemirilgan teri qatlamlari orqali qonga, nafas olish a'zolari, o'pkaga va shilimshiq moddalarga, ovqat hazm qilish a'zolariga tushib qolgan taqdirda ro'y beradi. Bunda nurlanish nur tarqatuvchi modda qancha vaqt nurlansa yoki qancha vaqt, davomida organizmda saqlansa, shuncha.vaqt davom etadi. Radioaktiv nurlanishlar ta'sirida: organizmning umumiy qon aylanish tizimining buzilishi kuzatiladi. Bunda qon aylanish ritmi susayadi, qonning quyilish xususiyati yo'qola boradi, qon tomirlari, ayniqsa, kapilyar qon tomirlari mo'rt bo'lib qoladi, ovqat hazm qilish a'zolarining faoliyati buziladi, odam ozib ketadi va organizmning tashqi yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyati kamayadi. U o‘zining qurilmasi yordamida odam ovozini nur orqali 200 metr masofaga uzatdi. Bunda mikrofonning tebranishidan qaytuvchi quyosh nuri ovozni tashuvchi bo‘lib xizmat qildi. Hozirgi kunda deyarli har bir uyda radio, televizor va telefon bor, shaharlar va maydonlar o‘rtasida yotqizilgan kabellar yordamida koinotdan Yerning sun’iy yo‘ldoshlari orqali keng miqyosda axborotlar uzatilib turiladi. Ammo aloqa texnikasining rivojlanishi, elektronikaning zamonaviy yutuqlari, elektromagnit to‘lqinlarining sm va mm diapazonining o‘zlashtirilishi ham hozirgi paytda mislsiz ko‘payib ketayotgan axborot talablariga javob bermay qoldi: amaliyot axborotning zichligi, uzatish chastotasining oshirilishi aloqa kanallarini zichlashtirish kabi qator talablarni qo‘ymoqda. Shuning uchun ham dunyo mutaxassislari birinchi navbatda optik diapazonga qayta-qayta e’tibor bera boshladilar. Shuningdek, dunyodagi mis konlari borgan sari kamayib bormoqda. Vaholanki, texnikada juda kerak bo‘lgan bu metallning deyarli yarmi kabellar uchun ishlatiladi. Olimlarning taxmini bo‘yicha mis ishlab chiqarish XXI asrda keskin ravishda kamayadi. Demak, biror chora topilmasa, kabel ishlab chiqarish tushkunlikka uchrashi turgan gap. Shuning uchun ham mis simlardan voz kechib, axborotni shaffof shisha tolalar orqali nur yordamida uzatishga o‘tish lozimligini tushunib yetildi. Demak, shisha tolalarni ishlatish ikki ijobiy yutuqqa – axborot uzatish tezligini keskin oshirib, qimmat hisoblangan misni katta miqdorda iqtisod qilishga imkon beradi. Ta’kidlash lozimki, O‘YuCh -diapazoni (q=1-20sm) bo‘lgan elektromagnit to‘lqinlar mukammal o‘zlashtirilgandan so‘ng navbat optik diapazonga yetib keldi. 60-yillarda kashf etilgan lazerlar ham katta samara bermadi. Chunki axborotni lazer nuri bilan ochiq atmosferada uzatish yaxshi natija bermadi. Bunga sabab atmosferadagi temperatura, havo oqimi, changlar, tuman va h.k. lar tinimsiz o‘zgarib turganligi uchun ochiq havo nur o‘tkazuvchi muhit sifatida ishlatishga yaroqsizligi aniqlandi. Lazer nurini trubalar ichida uzatib ko‘rildi, lekin bu yo‘l ham foyda bermadi. Shuni aytish kerakki, nur o‘tkazuvchi shisha tolalar 60 – yillarda ma’lum edi. Ularning diametri 100 mkm bo‘lib, o‘zak va uni o‘rab olgan qobiqdan iborat edi. O‘zakning sindirish ko‘rsatkichi qobiqning sindirish ko‘rsatkichidan biroz katta bo‘lishi kerak. Lazer nurini shunday tolalar orqali uzatishga urinib ko‘rildi, ammo bunday tolalar juda katta yutish koeffisiyentiga ega bo‘lib, taxminan 1000 db/km ga teng. Bunday tolaga kiritilgan nur bir necha metr masofadan so‘ng deyarli butunlay yutilib ketadi. Ammo 1966 yilda ingliz olimlari Kao va Xokxem o‘zlarining ilmiy izlanishlarida optik shishalardagi nurning yutilish sabablarini taxlil qilib, nurning yutilishiga asosiy sabab He, Ni, Si, Sg va shunga o‘xshash metallar shisha sintez qilinayotganda tashqaridan (havodan, tigeldan) kirib qolgan metall ionlari ekan. Maqola mualliflari agar shishalar ana shu ionlardan tozalansa, yutish koeffisiyenti a<20db/km bo‘lgan tolalar olish mumkinligini isbotlab berdilar. Bu maqoladan so‘ng dunyo miqyosida yutish koeffisiyenti kichik bo‘lgan nur o‘tkazuvchi tolalarni olish bo‘yicha ishlar juda kuchayib ketdi. Nihoyat, 1970 yil "Korning Glass" firmasi mutaxassislari to‘lqin uzunligi qq063 mkm bo‘lgan nur uchun yutish koeffisiyenti 20 db/km dan kichik bo‘lgan nur uchun nur o‘tkazuvchi tolalarni yaratdilar. Bunday tolalar uzun to‘lqinli optik aloqa liniyalarida ishlatsa bo‘ladigan sifatlarga ega edi. Shuning uchun 1970 yil tolali optikaning tug‘ilgan yili deb sanala boshlandi. Ana shundan so‘ng tolali optika aloqasi misli ko‘rilmagan tezlik bilan rivojlanib ketdi, ular ishlatiladigan sohalar ko‘paya boshladi: telefon tarmoqlari orqali ishlaydigan televideniye, aviatsiya va dengiz flotida, bort aloqasi, hisoblash texnikasi, texnologik jarayonlarni boshqarish va nazorat qilish tizimi va h.k.larda ham ishlatila boshlandi. Bundan tashqari, nurli tolalarning tashqaridan tushuvchi elektromagnit to‘lqinlarning ta'sirini sezmasligi, vaznlari kam va ixchamligi ham aniqlandi. Shunday qilib, optik aloqa tizimlarining negizi shaffof va toza shishadan qilingan tola bo‘lib, u yaxshi xizmat qiladi. Download 19.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling