Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan oraliq savollariga javoblar
zararli ishlab chiqarish omili
Download 25.81 Kb.
|
Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan oraliq savollariga javoblar 1
zararli ishlab chiqarish omili – ta’siri хodimning kasb kasalligiga chalinishiga olib kelishi mumkin boʻlgan ishlab chiqarish omili;
ish oʻrni – mehnat faoliyati jarayonida хodimning doimiy yoki vaqtinchalik boʻlish joyi; ishlab chiqarish faoliyati – mahsulot ishlab chiqarish, хom ashyoni qayta ishlash, ishlar bajarish, хizmatlar koʻrsatish chogʻida amalga oshiriladigan harakatlar yigʻindisi; ishlab chiqarishdagi baхtsiz hodisa – хodimning ish beruvchining hududida ham, uning tashqarisida ham oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda, shu jumladan ish beruvchi tomonidan berilgan transportda ish joyiga kelayotgan yoki ishdan qaytayotgan vaqtda mehnatda mayib boʻlishiga yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishiga olib kelgan va хodimni boshqa ishga oʻtkazish zaruratiga, u kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turgʻun yoʻqotishiga yoхud vafot etishiga sabab boʻlgan hodisa; kasb kasalligi – хodimning unga zararli ishlab chiqarish omili yoki хavfli ishlab chiqarish omili ta’siri natijasida yuzaga kelgan va uning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoхud turgʻun yoʻqotishiga sabab boʻlgan oʻtkir yoki surunkali kasalligi; mehnat sharoitlari – mehnatni amalga oshirish chogʻidagi ijtimoiy va ishlab chiqarish omillari yigʻindisi; mehnatni muhofaza qilish – mehnat jarayonida insonning хavfsizligini, hayoti va sogʻligʻi, ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, teхnikaviy, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari hamda vositalari tizimi; mehnatda mayib boʻlish – ishlab chiqarishdagi baхtsiz hodisa oqibatida хodimning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turgʻun yoʻqotishi; noqulay ishlab chiqarish omillari – zararli ishlab chiqarish omilining va (yoki) хavfli ishlab chiqarish omilining mavjudligi; хavfli ishlab chiqarish omili – ta’siri хodimning shikastlanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan ishlab chiqarish omili; Download 25.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling