Ix mavzu. Ishlab chiqarish funksiyalari


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana13.02.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1195151
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
8-mavzu. Ishlab chiqarish funksiyalari



118 
IX MAVZU. ISHLAB CHIQARISH FUNKSIYALARI 
9.1. Ishlab chiqarish funksiyasi tushunchasi 
 
Ishlab chiqarish korxona faoliyatining asosiy sohasidir. Korxonalar ishlab 
chiqarish omillarini qo‘llaydilar, bular, shuningdek, jalb etiladigan ishlab chiqarish 
omillari deb ataladi. Masalan, non pishiruvchi korxona egasi kiritiladigan ishlab 
chiqarish omillari bo‘lmish-ishchilar mehnati, un va shakardan iborat xomashyo
shuningdek, pech, xamirqorgich va boshqa asbob-uskunalarga qo‘yilgan kapitaldan 
non, gumma va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalanadi.
70
Ishlab chiqarish omillarini yirik toifalar-mehnat, materiallar va kapitalga 
ajratishimiz mumkin, bularning har biri kichikroq guruhlarni o‘z ichiga oladi. 
Masalan, mehnat ishlab chiqarish omili sifatida mehnat sig‘imi ko‘rsatkichi orqali 
ham malakali (duradgorlar, muxandislar), ham malakasiz mehnat (qishloq xo‘jaligi 
ishchilari)ni, shuningdek korxona rahbarlarining tadbirkorlik faoliyatini birlashtiradi. 
Po‘lat, plastik ashyolar, elektr quvvati, suv va boshqa turli ashyolar borki, ular 
korxona sotib olib tayyor mahsulotlarga aylantiradigan materiallar hisoblanadi. 
Binolar, uskunalar va tovar-moddiy buyumlar kapitalga taaluqlidir. Kiritiladigan 
omillar, ishlab chiqarish jarayoni va pirovard mahsulot yaratish o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabat ishlab chiqarish funksiyasi orqali ifodalanadi. 
Ishlab chiqarish funksiyasi korxona ishlab chiqarish omillarining har biri alohida 
nisbatda qo‘llanganda Q mahsulotni maksimal ishlab chiqarishini ko‘rsatadi.
71
Soddalashtirish uchun ikkita kiritiluvchi omil-mehnat L va kapital K mavjud deb 
faraz qilamiz. Bunda ishlab chiqarish funksiyasini 
Q=F (L, K)
(9.1) 
tarzida yozishimiz mumkin. 
Tenglamadan ko‘rinadiki, mahsulot ishlab chiqarish hajmi ikki ishlab chiqarish 
omilining miqdoriga bog‘liq. Masalan, ishlab chiqarish funsiyasi bir yilda kattaligi 
ma’lum bir zavodning mavjud texnologiya va yig‘uv konveyerida band bo‘lgan 
muayan miqdordagi mehnat resurslari yordamida ishlab chiqariladigan shaxsiy 
kompyuterlar maksimal sonini aniqlash imkonini beradi. Fermer u yoki bu ob-havo 
sharoitida, mehnatning fondlar bilan ta’minlanganlik darajasi va ishda band ish kuchi 
bilan oladigan maksimal hosil hajmini hosil ishlab chiqarish funksiyasi yordamida 
aniqlash mumkin. Demak, ishlab chiqarish funksiyasi muayyan hajmda mahsulot 
ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish omillarining turli usullarda birlashtirishni 
ifodalaydi. 
Masalan, vinoni ko‘p mehnat talab qiluvchi qo‘lda tayyorlash usulida yoki 
uzumni ezish uchun mashina, asbob-uskunalardan foydalanib ko‘p kapital sarflash 
usuli bilan tayyorlash mumkin. Ta’kidlash zarurki, tenglamani (9.1) ma’lum 
texnologiyaga (ya’ni, mahsulot ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish omillarini 
o‘zaro bog‘lanishning turli usullari to‘g‘risidagi muayyan bilimga ega bo‘lgan holat 
70
Pindayk R., Rubinfeld D. Miqroiqtisod. (Inglizchadan qiqartirib tarjima qilingan. A.O‘lmasov) Oliy o‘quv yurtlari 
uchun qo‘llanma.-T.: “Sharq”, 2002.-448 b (140 b).
71
Pindayk R., Rubinfeld D. Miqroiqtisod. (Inglizchadan qiqartirib tarjima qilingan. A.O‘lmasov) Oliy o‘quv yurtlari 
uchun qo‘llanma.-T.: “Sharq”, 2002.-448 b (140 b).


119 
uchun) qo‘llash mumkin. Chunki, texnologiya borgan sari takomillashib bormoqda, 
korxona mahsulot ishlab chiqarish hajmini ishlab chiqarish omillarini qatiy 
belgilangan tarkibda ko‘paytirishi mumkin. 
Ishlab chiqarish funksiyasi nuqtai nazaridan “mahsulotni maksimal ishlab 
chiqarish” iborasi juda muhim hisoblanadi. 
Ishlab chiqarish funksiyalari serchiqimlik yoki samarasiz ishlab chiqarish 
jarayonlariga yo‘l qo‘ymaydi-ular korxonalarning iqtisodiy samaradorligini e’tiborda 
tutadi, ya’ni, korxonalar ishlab chiqarish omillarining har qanday o‘zaro 
bog‘lanishidan maksimal darajada samarali foydalanadilar. Ishlab chiqarish 
funksiyalari ishlab chiqarish omillarining o‘zaro ma’lum nisbatda bo‘lishi mahsulotni 
maksimal ishlab chiqarilishiga erishish bilan bog‘liq bo‘lgani uchun, hech qachon 
mahsulot ishlab chiqarishni pasaytiruvchi kombinatsiyalar qo‘llanilmaydi. 
Ishlab chiqarish har doim ham iqtisodiy samarali deb uylash hamma vaqt ham 
haqiqatga to‘g‘ri kelavermaydi, lekin shuni kutish mumkinki, maksimal foyda olish 
uchun intilgan korxonalar hech kachon resurslarni bexuda sarflamaydi.
72
Hozirgi davrdagi bozor iqtisodiyotiga doir adabiyotlarda ishlab chiqarish omillari 
bilan uning samarasi o‘rtasidagi bog‘liqlik ishlab chiqarish funksiyasi deb ataladi. 
Masalan, ishlab chiqarish omillari – yer (S), kapital (K) va ishchi kuchi (L)ni ishlab 
chiqarishda qo‘llashdan olingan mahsulotni M dan iborat deb faraz qilsak, ishlab 
chiqarish funksiyasi 
)
,
,
(

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling