Ix mavzu. Ishlab chiqarish funksiyalari


 Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish funksiyasining o‘ziga xos


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana13.02.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1195151
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
8-mavzu. Ishlab chiqarish funksiyalari

9.4. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish funksiyasining o‘ziga xos 
xususiyatlari 
 
Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi 
Iqtisodiyot nazariyasi fani mavjud cheklangan iqtisodiy resurslardan qanday 
qilib foydalanilganda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini to‘laroq qondirib borish 
mumkin, degan muammo ustida bosh qotiradi. Bunda, birinchidan, iqtisodiy 
resurslardan foydalanishning turli xil muqobil variantlari mavjud bo‘lishi ko‘zda 
tutilib, ulardan eng samaralisi, ya’ni jamiyat ehtiyojlarini ancha to‘laroq qondiradigan 
miqdorda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish imkonini beradigan turini tanlab 
olishga harakat qilinadi. 
Ikkinchidan, iqtisodiy resurslar nisbatan cheklanganligi sababli jamiyat 
a’zolarining barcha ehtiyojlarini birdaniga qondirish mumkin bo‘lmaydi. Shuning 
uchun jamiyatga qaysi mahsulotlarni ishlab chiqarish, qaysilaridan vaqtincha voz 
kechish lozimligini hal qilish, ya’ni tanlashni amalga oshirish zarur bo‘ladi. Shunday 
tanlash orqali, resurslarning mavjud darajasida mahsulot olishning aniqlangan eng 
yuqori miqdori jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatini ko‘rsatadi. Jamiyatning 
ishlab chiqarish imkoniyatidan to‘liq foydalanish uchun, iqtisodiy resurslarning to‘la 
bandligiga erishish va ishlab chiqarishning to‘liq hajmini ta’minlash zarur. 
To‘la bandlik – iqtisodiyotdagi ishlab chiqarishga yaroqli bo‘lgan barcha 
resurslardan to‘la unum bilan foydalanish holati. Bunda ishchi majburiy ishsiz bo‘lib 
qolmasligi, iqtisodiyot ishlashni xohlagan va unga layoqatli bo‘lgan barcha ishchi 
kuchini ish bilan ta’minlashi, haydaladigan yerlar, bino va inshootlar yoki kapital 
uskunalar ham bo‘sh qolmasligi hamda to‘la quvvat bilan ishlashi lozim. 
Ishlab chiqarishning to‘liq hajmi, resurslarni samarali taqsimlashni, ya’ni 
ulardan mahsulotning umumiy hajmiga eng ko‘p hissa qo‘shadigan qilib 
foydalanishni va mavjud texnologiyalarning eng yaxshisini qo‘llashni ham bildiradi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish imkoniyatlarining ma’lum 
chegarasi bo‘ladi. Chunki, resurslar kamyob bo‘lganligi sababli iqtisodiyot to‘la 
bandlik va ishlab chiqarishning to‘liq hajmida ham tovar va xizmatlarni 
cheklanmagan miqdorda ishlab chiqarishni ta’minlay olmaydi. 
Ishlab chiqarish imkoniyati chegarasini jadval ma’lumotlaridan foydalanib 
yanada aniqroq tasvirlash mumkin (9.2-jadval).

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling