Hayot faoliyati xavfsizligi
Qurilish jarayonida suv sarfi haqida tushuncha
Download 1.53 Mb. Pdf ko'rish
|
qurilish ekologiyasi GKvaKga maruza 111
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qurilishda suv sarfini o‘tkazish uslublariga quyidagilar kiradi
- Qurilishda suv sarfini o‘tkazish uslublariga ta’rif quyidagicha
- Qurilish tizimlari va texnogenezi to‘g‘risida asosiy tushunchalar. Qurilish ishlab
- Tabiiy atrof-muhit bilan o‘rab olingan qurilish ob’ekti ta’sirining barcha murakkabliklarini qaytaruvchi tizim tabiiy texnikaviy deb ataladi.
- Tabiiy texnikaviy tizim
- Qurilish texnogenezining biridan bir xavfli ko‘rinishi havo muhitini ifloslantirishi hisoblanadi.
- 10.3Bino va inshootlarga iqlim ta’siri va umriboqiylik.
- Kelajakda butun yer sharining isishida qurilish materiallarining umriboqiyligi.
- Organik moddalar uchun o‘zgaruvchanlik tasnifi
- Mavzu-11 Ekologik arxitektura. Reja
- 1. Ekologik model va arxitektura. 2. Yashil arxitektura. Tayanch iboralar
- 11.1Ekologik model va arxitektura.
Qurilish jarayonida suv sarfi haqida tushuncha. Qurilish sohasida suvlar asosan gidrotexnika inshootlari majmualari, suv yo‘llari, kanallar orqali amalga oshiriladi 8 .
tushuniladi. Qurilish suv sarfini o‘tkazish choralarini belgilashga bir qancha omillar ta’sir etadi. Jumladan, joyning gidrogeologik, geologik, litologik sharoitlar, daryo suvidan kompleks foydalanish, inshoot materiali, qurilish muddati, inshootlar joylashtirilishi, inshoot turlari va ularning joylashish sathlari, suv bosimi. Qurilishda suv sarfini o‘tkazish uslublariga quyidagilar kiradi: 1. Daryolar o‘zanidan tashqarida joylashgan tashlama inshootlar – novlar, doimiy yoki muvaqqat kanallar va tunellar hamda quvurlar orqali o‘tkazish; 2. Asosiy inshootlar va to‘siqlar – tosh tashlama va har xil suv tashlash teshiklari orqali o‘tkazish; 3. Inshootni tasdiqlab qurishda daryo o‘zanining bir qismi orqali o‘tkazish. Qurilishda suv sarfini o‘tkazish uslublariga ta’rif quyidagicha: 1.
Suv sarfini o‘tkazish katta bo‘lmagan o‘rta va kichik daryolar uchun qo‘llaniladi. Ularni qurilishning qulayligi bir martada qurib bitkazish imkonining mavjudligidir. 2. Novlar orqali qurilish suv sarfini o‘tkazish daryo o‘zanini toraytirish imkoniyati kam va maqsadga muvofiq bo‘lmagan, suv sarfini ko‘p bo‘lmagan (30 m 3 /sek) va tor o‘zanli joylarda qo‘llaniladi. 3.
Suv o‘tkazish kanallari topografik va geologik sharoiti qulay bo‘lgan joylarda qurilish suv sarfini o‘tkazish uchun qo‘llaniladi. Ulardan foydalanish suv sarfi 2000 m 3 /sek
bo‘lgan daryolarda sinab ko‘rilgan. Qurilishda to‘siqlar. Qurilish maydoni avval tashqi muhitdan taxta to‘siqlar yordamida ajratiladi. To‘siqlarning balandligi 1,6 metrdan past bo‘lmasligi, kirib-chiqish uchun darvoza o‘rnatilishi lozim. Chunki qurilish jarayoni tashqi muhitga ziyon yetkazmasligi kerak. Qurilish ob’ektida insonlar o‘tadigan joylardagi poydevor yotqizish uchun qazilgan chuqur va chuqurliklar biror bir kishining tushib ketmasligi uchun to‘siqlar bilan o‘raladi. Ko‘prik yon tomonlaridagi to‘siqlarning balandligi 1 metrdan past bo‘lmasligi lozim. Omborlar. Qurilish maydonida qurilishga keladigan material – texnik resurslarni qabul qilish, ularni saqlash, taqsimlash va ishlab chiqarishga berish maqsadida ombor xo‘jaligi tashkil etiladi. Ombor bajaradigan vazifasi va saqlanadigan resurslarning xususiyatlariga bog‘liq holda markaziy (bazis) ob’ekt maxsus va oraliq turlarga bo‘linadi. Bazis omborlari butun qurilish ob’ekti uchun xizmat qiladi. Unda saqlanadigan narsalar ko‘p miqdorda saqlanishi mumkin. Ob’ekt omborlari joriy ishlar, qurilishlar uchun xizmat qiladi. Maxsus omborlar yoqilg‘i portlovchi moddalarni saqlash uchun xizmat qiladi. Yirik qurilish omborlari asosan temir yo‘l atrofiga tashkil etiladi yoki alohida temir yo‘l tarmog‘i kiritiladi. Qurilish transporti turlari. Qurilish tashqi transporti markaziy yuk omboridan, daryo va dengiz qo‘shilmalaridan shunga o‘xshash joylarga tashish kiradi. Tashqi transportni tanlashda avtomobillar 100 km gacha qabul qilinganda samarali hisoblanadi. Qurilish ichki
8 Neil S. Grigg (2003) Water, wastewater, and stormwater infrastructure management. USA - p. 243.
63 transporti qurilish maydonida harakatlanadi. Masalan: inshootlar, sexlar o‘rtasida. Texnologik transport turi korxona ichida harakatlanadi.
Qurilish tizimlari ob’ektlariga fuqaro, sanoat, energetika va boshqa inshootlar, muxandislik kommunikatsiya, sanoatda har xil tog‘ jinslari va minerallarning bir-biriga yopishuvidan hosil bo‘lgan g‘ovak to‘plam hamda qurilish mahsulotining boshqa ko‘rinishlari kiradi. Qurilish ob’ektlari chizmada o‘zining joylashuvi bo‘yicha ixchamligi (bino, to‘g‘on, ko‘prik va sh.k.), chiziqligi (temir yo‘l, uzatuvchi quvurlar va sh.k.) va kengligiga (shahar, suv ombori, sanoat kompleksi va sh.k.) bo‘linadi.
balki qurilish materiallari va konstruksiyalarini tayyorlash bilan bog‘liq ishlab chiqarish jarayonidir.
Qurilish industriyasi yoki qurilish materiallari sanoati deb nomlangan ushbu tarmoqga temir beton buyumlari va po‘lat konstruksiyalar ishlab chiqarish bo‘yicha korxonalar, g‘isht ishlab chiqarish zavodlari, yengil to‘ldirgich va mineral momiq plitalar ishlab chiqarish bo‘yicha zavodlar, shisha va gips ishlab chiqarish zavodlari, asbosement buyumlari ishlab chiqarish bo‘yicha korxonalar kiradi. Shuning uchun ba’zi mutaxassislar qurilish jarayoni emas, balki sanoat qurilish jarayoni deb aytishni to‘g‘ri hisoblaydilar.
texnikaviy qismi bino va inshootlar va boshqa tashkil etuvchilari esa tabiiy, aniq, geologik muhit (tog‘ jinslari, yer osti suvlari, biota) hisoblanadi. Qurilishni loyihalash masalasi shundan tashkil topganki, ushbu har xil turdagi (tizim osti) materiallardan yagona tabiiy texnikaviy tizimni yaratishdir.
yagona muxandislik inshootlari tizimidir. So‘nggi paytlarda qurilish jarayonining tavsifi uchun ko‘pchilik “qurilish ob’ektining
bosqichlarida uning yaratilishi va utilizatsiyasi 9 tushuniladi. Qurilish ob’ektining hayotiy davri bosqichlarining ketma-ketlikda ajratilishi mamlakatimizda ISO xalqaro standartlarni joriy etilishi boshlanishi bilan bog‘liqdir. Bunda qurilish ob’ektini loyihalashdan utilizatsiyagacha (xalqaro ISO 14040 qarang) barcha hayotiy davri bo‘yicha qurilish mahsulotlarini oldinga harakatlanishidan majburiy tezkor nazoratni yaratish ko‘zda tutiladi. Qurilish ob’ektining hayotiy davri atrof-muhitga ta’sirida ekologik sharoitni baholash ISO 14042 standartda ifodalangan. Qurilish ob’ektining hayotiy davrini alohida bosqichlarga ajratilishining maqsadga muvofiqligi, ushbu davrni bitta tashkil etuvchisi, ya’ni qurilish materiallarini ishlab chiqarish misolida keltirish mumkin. Xorijiy mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, qurilish materiallarining hayotiy davrini baholashga qurilish materiallarini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan tabiiy xom-ashyoni qazib olish jarayonida atrof-muhitga ta’sirini ekologik baholash, uning ishlab chiqarilishining ekologik xavfsizligini baholash, qurilish materialining xossasi va tarkibini baholash kirishi zarur, shuningdek uni qayta ishlash va ob’ektda utilizatsiya qilishda takroran ishlatilishiga imkoniyat bo‘lishi lozim. Qurilish faoliyatining ta’siri ostida tabiiy sharoit va tabiiy majmualar o‘zgarishi jarayonlaridagi to‘plam qurilish texnogenezi nomini olgan.
kuchli omili hisoblanadi. Har qanday inshoot qurilishi va foydalanilishi doimo tabiiy ekologik muvozanat holatidan u yoki bu og‘ishni keltiradi. Barcha qurilish ishlab chiqarish me’yor va qoidalariga diqqat bilan o‘zida rioya qilinishida ham hattoki tabiiy sharoit buzilishi yuzaga
9 Foydalanishga tiklash.
64 kelishi muqarrardir. Qurilish tarmog‘i tabiiy resurslardan yirik foydalanuvchi hisoblanadi, bu esa ko‘pincha ularni kamayishiga olib keladi. Olib borilgan izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, mlrd. tonna o‘lchanadigan mahsulotlar, ya’ni qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish antropogen faoliyatning material sarflanish hajmining eng katta ko‘rinishi hisoblanadi. Dunyoda faqatgina beton ishlab chiqarish 10 uchun yiliga bir necha million tonna sement, chaqiq tosh, qum va boshqa tiklanmaydigan tabiiy resurslar sarflanadi. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda qazib olinadigan tabiiy resurslarning umumiy hajmidan 50% gacha qurilish industriyasining zaruriyatiga ketishi hisoblangan.
atmosferaga 1 tonna SO 2 chiqarishini keltiradi 11 . Dunyoda sement ishlab chiqarish bilan bog‘liq umumiy SO 2 tashlamasi 1,2 mlrd. tonnadan oshib ketadi. Energetika tashlamasi (shovqin, infratovush, tebranish, ion hosil qiluvchi nurlar va sh.k.) anchagina xavfli hisoblanadi. Sement zavodlari va qurilish industriyasining boshqa korxonalarining ishlashida qattiq chiqindilar va yirik hajmdagi oqova suvlarning paydo bo‘lishi kuzatiladi.
Qurilish texnogenezining salbiy ta’siri tabiiy texnik tizimlar harakatining bir ko‘rinishi bo‘lib, tabiiy ekotizimlar barqarorligining yo‘qolishiga va tanazzulga borishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ekologik muvozanatni qo‘llab-quvvatlashda maxsus chora-tadbirlarni qabul qilishni talab etadi.
umriboqiyligining asosiy omillaridan biri iqlim hisoblanadi. Iqlim qurilish materiallarining xizmat qilish muddatini boshqaradi. Qurilish materiallarining umriboqiyligiga iqlim quyidagi holatlarda ta’sir ko‘rsatadi.
Quyosh radiatsiyasi. Harorat.
Havoning bosimi. Havoning namligi.
Shamol va yomg‘ir. Kimyoviy moddalar. Quyosh radiatsiyasi. Quyoshning ultrabinafsha nurlari organik materiallarning holatini yomonlashtiradi, ya’ni materialning ichida kimyoviy reaksiyalarni sodir qiladi va oksidlanishni keltirib chiqaradi. Bunday ta’sir tog‘li hududlarda kuchlidir, ya’ni ultrabinafsha nurlarning jadalligi yuqori va janub tomonga siljishi bo‘yicha oshib boradi. Harorat. Eski qoidalar shuni ko‘rsatadiki, haroratning har 10°C ko‘tarilishida kimyoviy reaksiyalarning tezligi ikki marta oshadi. Juda yuqori harorat organik materiallarning yomonlashishini oshiradi. Haroratning har 7°S ko‘tarilishida yog‘och qipiqli plitadan karbamid asosidagi yelim yordami bilan formaldegid chiqishi ikki marta oshadi. Xuddi shuningdek, issiqlik quyosh radiatsiyasi, kislorod va namlik bilan birikishida qurilish materiallarining yomonlashish jarayonini kuchaytiradi. Plastik, rezina, kauchuk va boshqa turdagi qurilish materiallari past haroratda muzlaydi va maydalanadi. Shimoliy Yevropada tashqi ko‘rinishi g‘ovakli bo‘lgan g‘ishtni past haroratda pishirish ikki qish davriga cho‘ziladi va tarixda xuddi shunday g‘ishtni Qadimgi Rimda pishirish 2000 yilga cho‘zilgan. Ayniqsa g‘ovakli mineral materiallar uchun hal qiluvchi omil – muzlatish va eritish davri hisoblanadi. Shimolning qirg‘oq bo‘yidagi iqlimi juda ham zararlidir. Haroratning keskin o‘zgarishi va hatto sovuqsiz harorat ham materiallarning shaklini o‘zgartiradi hamda uning yomonlashishiga olib keladi.
10 Yiliga 1 mlrd. m 3 dan ortiq ishlab chiqariladi. 11 Prof. T.Bremner (Kanada) ma’lumoti asosida.
65 Havoning bosimi. Havoning bosimi materiallarning yopiq tuzilmadagi g‘ovaklari ichidagi kuchlanish va hajmiga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, g‘ovak oyna va har xil plastik himoyalovchi materiallar. Shuningdek, havoning bosimi germetikli (zich berkitilgan) derazaga ham ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni o‘lchamlarining o‘zgarishi sodir bo‘ladi va haroratning o‘zgarishida xuddi shunday ta’sir bo‘ladi.
o‘zgarishiga hamda yomonlashishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘tarilib ketgan namlik materiallarning yeyilishini oshiradi. Havo namligining tarkibi doimiy bo‘lgan binolarda faqatgina musiqaviy asboblar, fortepiano va g‘ijjak ishlab chiqarish mumkin. Xuddi shunday sharoit boshqa interer materiallar, ya’ni pardoz qoplama materiallarni yeyilishini kamaytirish va tozalanishini yaxshilash uchun ham qo‘llanilishi zarur. Namlikning nisbatan 30-70% ko‘tarilishi bilan yog‘och qipiqli plitadan karbamid asosidagi yelim yordami bilan formaldegid chiqishi ikki marta oshadi. Shamol va yomg‘ir. Qachonki shamol va yomg‘ir bir vaqtda birgalikda kelishi eng yomon hisoblanadi. Bunday holat qurilish materiallarida namlikning yo‘nalishini majburlaydi va yomonlashish jarayonini boshlaydi. Kuchli shamol materiallarda bosimni keltiradi, hatto materiallarning buzilishi yoki keskin susayishiga olib kelishi mumkin. Shamol qumlar bilan birikishida ba’zi bir qurilish materiallarining buzilishiga ta’sir ko‘rsatadi. Qorning og‘irligi ham qurilish materiallarining tuzilmasini buzishi mumkin. Kimyoviy moddalar. Qirg‘oq bo‘yidagi tuzning miqdori havoda metallar, plastmassalar va ba’zi bir foydali qazilmalarning chirishini keltirib chiqarishi mumkin. Sanoatlashgan va binolar qurilgan hududlarda hamda yo‘llar bo‘yida yemiruvchi gazlar (dioksid seriy va b.q.) ko‘pdan-ko‘p har xil qurilish materiallarini buzishi mumkin. O‘rab olingan yemiruvchan muhitda kalsiy tarkibining buzilishi betonga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday holat ba’zi bir qurilish materiallarida ham sodir bo‘ladi. Tabiiy tosh – zamonaviy ifloslanishdan ko‘pchilik qadimiy yodgorliklar va madaniy meros ob’ektlarini yomonlashayotganini tasdiqlaydi.
Butun yer sharida iqlimning o‘zgarishi eng katta xavf ehtimoli hisoblanadi. Iqlim o‘zgarishiga asosan 3 ta antropogen manba ta’sir ko‘rsatadi. 1. Energiya ishlab chiqarish. 2. Kimyoviy sanoat. 3. Keraksiz jarayonlar. Ushbu manbalardan energiya ishlab chiqarish manbasi nisbatan ustunlik qiladi. Ular asosan transport sohasida va elektrostansiyalarda yoqilg‘ini yonishidan sodir bo‘ladi. Yerning usti qatlamining mumkin bo‘lgan qismida tabiiy paydo bo‘ladigan elementlar 1-jadvalda ko‘rsatilgan.
Jadval Organik moddalar uchun o‘zgaruvchanlik tasnifi Turi
Haroratning qizishi, °S O‘zgaruvchan organik birikmalar > 250 Yarim o‘zgaruvchan organik birikmalar 250-380 Organik birikmalarga bog‘liq bo‘lgan zarralar < 380
Butun yer sharining isishi qurilish materiallarining ko‘rinishini ahamiyatli darajada o‘zgartiradi. Ko‘pgina hududlarda haroratning ko‘tarilishi, xususan juda favqulotda yuqori harorat davrining boshlanishi kutilmoqda. Ko‘pgina hududlar juda muhim bo‘lishi mumkin. Bu holat shimoliy Yevropa va Osiyoning shimoliy qismlarida shamolning aralash ko‘payishida tez-tez sodir bo‘ladi. Shuningdek bu hududlarda muzlarning erish davri boshlanadi. Bu vaziyat g‘ovak toshlarni, betonlarni va materiallarni bo‘linib ketishiga olib keladi. Skandinaviyada
66 keyingi yuz yillik vaqt oralig‘ida tuproqda organik materiallar 50% ga ko‘payishi kutilmoqda. Metallarning chirish me’yori oshadi (Noah’s Ark, 2007 yil). Boshqa tomondan esa, janubiy Yevropada differensial issiqlikning kengayishidan va materiallarning organik va noorganik tarkiblarining qisqarishidan qurilish materiallarining qurishi buzilish holatini oshiradi. Ushbu hududlardagi binolarda termit 12 turidagi yemiradigan hashoratlarning joylashishi yangi muammolarni yuzaga keltiradi. Ba’zi hududlarda iqlimning o‘zgarishi kamaytirilgan xavfni olib kelishi mumkin. Markaziy Yevropa va Buyuk Britaniyada iqlimiy keskinlikda qurilish materiallarida hech qanday katta o‘zgarish kutilmaydi. Keyingi omil suv toshqinlarining ko‘tarilish ehtimoli tuproqlarning kimyoviy asosining holatiga ta’sir ko‘rsatadi. Dengiz sathining ko‘tarilishi va suv toshqini keng tarqalgan namlikning buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin. XXI asr ichida dunyo okeanlarining isishi davom etadi. Shimoliy yarim yer sharining tropik va subtropik hududlarining yuza qatlamlaridagi okeanlarning 95% dan ko‘proq maydonida harorat sezilarli darajada ko‘tarilish ehtimoli mavjud. Dengiz sathilarining ko‘tarilishi atmosferadagi CO 2 tashlamalari yo‘nalishiga bog‘liqdir. Kelgusidagi baholashga asosan, butun dunyoda suv qirg‘oqlari chiziqlarining taxminan 70% butun yer sharini qamrab olgan o‘rtacha ko‘rsatkich o‘zgarishidan yo 20% oraliqda dengiz sathi ko‘tariladi. Shu bois, kelgusida qurilish materiallarining tanlovi ularning qurishi jihatidan ko‘rib chiqilishi zarur hisoblanadi (Escarameia, 2007 yil). Shunday qilib, har qanday o‘ziga xos hudud uchun bino va unga ishlatiladigan qurilish materiallari bo‘yicha qaror qabul qilishda iqlimning o‘zgarish tartibi e’tiborga olinishi lozim. Hududiy iqlimiy o‘zgarishlarning ehtimoli oldindan aytib bo‘lmaydigan yuqori darajada katta bo‘lishi mumkin. Biroq, umumiy qoidaga muvofiq, organik materiallar yaxshi himoyalangan bo‘lishi kerak va qurilishda juda sog‘lom qurilish materiallari zarur bo‘ladi.
1.
Qurilishda to‘siqlar nima uchun kerak bo‘ladi? 2.
Qurilish maydonidagi omborlarning maqsadi nimadan iborat? 3.
Qurilish maydonida transport harakatlari to‘g‘risida ma’lumot bering? 4.
Qurilish jarayonida atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchilarni va qurilish jarayonida bo‘ladigan ta’sirlarni kamaytirish uchun nima qilish kerak? 5. Qurilish jarayonida ekologik muammolarning oldini olish uchun qanday chora- tadbirlarni qo‘llash lozim? 6.
Qurilish jarayoni biosferaning tarkibiy qismlariga salbiy ta’sirlarini kamaytirishda nimalar talab etiladi? 7. Qurilishdagi quvurlarning yerga ta’siri qanday? 8. Tuproqni muxandislik kommunikatsiya tarmoqlari tizimlari ta’sirida ifloslanishidan saqlashda nimalarga amal qilish lozim? 9.
Qurilish chiqindilarini qurilish maydonida qayta ishlashning afzallik va kamchilik tomonlari nimalardan iborat? 10. Qurilish tizimlari deganda nimani tushunasiz? 11. Qurilish jarayoni deganda nimani tushunasiz? 12. Tabiiy texnikaviy tizim deganda nimani tushunasiz? 13. Qurilish ob’ektining hayotiy davri deganda nimani tushunasiz? 14. Qurilish materiallarining hayotiy davrini baholashga nimalar kiradi? 15. Qurilish texnogeneziga va uning salbiy ta’siriga ta’rif bering?
12 Chumolisimon hasharot – yog‘och zararkunandasi. 67 1. Ekologik model va arxitektura. 2. Yashil arxitektura. Tayanch iboralar: ekologik tizim, sun’iy muhit, arxitektura, loyihalash, ekologik dizayn, energiya oqimi, modda, aholi, biomassa, joylashtirish, ifloslanish, ishlab chiqarish, qonun va qoidalar, landshaft, resurslar,
sanitar-himoya maydonlari, tabiiy atrof-muhit, urboekologiya, urboekotizimlar, hududiy chegara, shahar, tuman, shaharsozlik maydonlari, ekologik muvozanat,
ekologik nazorat, ekologik sig‘im, ekologik talablar, ekologik ekspertiza, ekotizimlar,
yashil arxitektura. 11.1Ekologik model va arxitektura. Ekologik modellar asosida kelajakda insonlar o‘zgartiruvchi vakil sifatida tabiatga moslashgan arxitekturani rivojlantiradi. Chuqur tahlillarga asoslangan mujassamlangan arxitektura yerning tabiiy qonunlariga bo‘ysinuvchi inshootlarni qurishni ko‘zda tutadi. Har bir yondashuv o‘zida konstruktiv 13 ekologiyaga oid muhim savollarni ko‘taradi. Inshootlar moslashuvchan bo‘lib, unda yashaydigan insonlar tomonidan to‘g‘ri boshqariladigan, yuqori rivojlanishi bo‘lishi kerakmi? Yoki qoyaga o‘xshab qo‘zg‘almas va moslashtirib bo‘lmaydigan injiq va universal bo‘lib, tabiat jarayoniga ko‘p zarar berishni davom etishi kerakmi? Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling