Hayot faoliyati xavfsizligi


Qurilish  jarayonida  suv  sarfi  haqida  tushuncha


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana05.12.2020
Hajmi1.53 Mb.
#160065
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
qurilish ekologiyasi GKvaKga maruza 111


Qurilish  jarayonida  suv  sarfi  haqida  tushuncha.  Qurilish  sohasida  suvlar  asosan 

gidrotexnika inshootlari majmualari, suv yo‘llari, kanallar orqali amalga oshiriladi

8



Qurilishda suv sarfi deb, qurilish jarayoni davrida suv yo‘lidan o‘tib turadigan suv sarfi 



tushuniladi. Qurilish suv sarfini o‘tkazish choralarini belgilashga bir qancha omillar ta’sir etadi. 

Jumladan,  joyning  gidrogeologik,  geologik,  litologik  sharoitlar,  daryo  suvidan  kompleks 

foydalanish,  inshoot  materiali,  qurilish  muddati,  inshootlar  joylashtirilishi,  inshoot  turlari  va 

ularning joylashish sathlari, suv bosimi.  



Qurilishda suv sarfini o‘tkazish uslublariga quyidagilar kiradi: 

1.  Daryolar o‘zanidan tashqarida joylashgan tashlama inshootlar – novlar, doimiy yoki 

muvaqqat kanallar va tunellar hamda quvurlar orqali o‘tkazish; 

2.  Asosiy inshootlar va to‘siqlar – tosh tashlama va har xil suv tashlash teshiklari orqali 

o‘tkazish; 

3.  Inshootni tasdiqlab qurishda daryo o‘zanining bir qismi orqali o‘tkazish. 



Qurilishda suv sarfini o‘tkazish uslublariga ta’rif quyidagicha: 

1. 


Suv  sarfini  o‘tkazish  katta  bo‘lmagan  o‘rta  va  kichik  daryolar  uchun  qo‘llaniladi. 

Ularni qurilishning qulayligi bir martada qurib bitkazish imkonining mavjudligidir. 

2. 

Novlar  orqali  qurilish  suv  sarfini  o‘tkazish  daryo  o‘zanini  toraytirish  imkoniyati 



kam  va  maqsadga  muvofiq  bo‘lmagan,  suv  sarfini  ko‘p  bo‘lmagan  (30  m

3

/sek)  va  tor  o‘zanli 



joylarda qo‘llaniladi. 

3. 


Suv  o‘tkazish  kanallari  topografik  va  geologik  sharoiti  qulay  bo‘lgan  joylarda 

qurilish  suv  sarfini  o‘tkazish  uchun  qo‘llaniladi.  Ulardan  foydalanish  suv  sarfi  2000  m

3

/sek 


bo‘lgan daryolarda sinab ko‘rilgan.  

Qurilishda to‘siqlar. Qurilish maydoni avval tashqi muhitdan taxta to‘siqlar yordamida 

ajratiladi.  To‘siqlarning  balandligi  1,6  metrdan  past  bo‘lmasligi,  kirib-chiqish  uchun  darvoza 

o‘rnatilishi lozim. Chunki qurilish jarayoni tashqi muhitga ziyon yetkazmasligi kerak. 

  Qurilish  ob’ektida  insonlar  o‘tadigan  joylardagi  poydevor  yotqizish  uchun  qazilgan 

chuqur  va  chuqurliklar  biror  bir  kishining  tushib  ketmasligi  uchun  to‘siqlar  bilan  o‘raladi. 

Ko‘prik yon tomonlaridagi to‘siqlarning balandligi 1 metrdan past bo‘lmasligi lozim. 



Omborlar. Qurilish maydonida qurilishga keladigan material – texnik  resurslarni qabul 

qilish, ularni saqlash, taqsimlash va ishlab chiqarishga berish maqsadida ombor xo‘jaligi tashkil 

etiladi. Ombor bajaradigan vazifasi va saqlanadigan resurslarning xususiyatlariga bog‘liq holda 

markaziy  (bazis)  ob’ekt  maxsus  va  oraliq  turlarga  bo‘linadi.  Bazis  omborlari  butun  qurilish 

ob’ekti  uchun  xizmat  qiladi.  Unda  saqlanadigan  narsalar  ko‘p  miqdorda  saqlanishi  mumkin. 

Ob’ekt  omborlari  joriy  ishlar,  qurilishlar  uchun  xizmat  qiladi.  Maxsus  omborlar  yoqilg‘i 

portlovchi moddalarni saqlash uchun xizmat qiladi. Yirik qurilish omborlari asosan temir yo‘l 

atrofiga tashkil etiladi yoki alohida temir yo‘l tarmog‘i kiritiladi. 



Qurilish  transporti  turlari.  Qurilish  tashqi  transporti  markaziy  yuk  omboridan,  daryo 

va  dengiz  qo‘shilmalaridan  shunga  o‘xshash  joylarga  tashish  kiradi.  Tashqi  transportni 

tanlashda  avtomobillar  100  km  gacha  qabul  qilinganda  samarali  hisoblanadi.  Qurilish  ichki 

                                                           

8

 Neil S. Grigg (2003) Water, wastewater, and stormwater infrastructure management. USA - p. 



243.

 


  63 

transporti  qurilish  maydonida  harakatlanadi.  Masalan:  inshootlar,  sexlar  o‘rtasida.  Texnologik 

transport turi korxona ichida harakatlanadi.  

Qurilish  tizimlari  va  texnogenezi  to‘g‘risida  asosiy  tushunchalar.  Qurilish  ishlab 

chiqarish  jarayoni  har  xil  bosqichlarining  barcha  majmuasiga  qurilish  tizimlari  deb 

ataladi,  ishlab  turishida  yakuniy  natija  sifatida  tugallangan  qurilish  ob’ekti  xizmat  qiladi. 

Qurilish  tizimlari  ob’ektlariga  fuqaro,  sanoat,  energetika  va  boshqa  inshootlar,  muxandislik 

kommunikatsiya, sanoatda har xil tog‘ jinslari va minerallarning bir-biriga  yopishuvidan hosil 

bo‘lgan  g‘ovak  to‘plam  hamda  qurilish  mahsulotining  boshqa  ko‘rinishlari  kiradi.  Qurilish 

ob’ektlari chizmada o‘zining joylashuvi bo‘yicha ixchamligi (bino, to‘g‘on, ko‘prik va sh.k.), 

chiziqligi  (temir  yo‘l,  uzatuvchi  quvurlar  va  sh.k.)  va  kengligiga  (shahar,  suv  ombori,  sanoat 

kompleksi va sh.k.) bo‘linadi. 

 

Qurilish jarayoni – bu nafaqat har xil inshootlarni loyihalash, yaratish va foydalanish, 

balki  qurilish  materiallari  va  konstruksiyalarini  tayyorlash  bilan  bog‘liq  ishlab  chiqarish 

jarayonidir.  

 

Qurilish  industriyasi  yoki  qurilish  materiallari  sanoati  deb  nomlangan  ushbu  tarmoqga 



temir  beton  buyumlari  va  po‘lat  konstruksiyalar  ishlab  chiqarish  bo‘yicha  korxonalar,  g‘isht 

ishlab  chiqarish  zavodlari,  yengil  to‘ldirgich  va  mineral  momiq  plitalar  ishlab  chiqarish 

bo‘yicha  zavodlar,  shisha  va  gips  ishlab  chiqarish  zavodlari,  asbosement  buyumlari  ishlab 

chiqarish  bo‘yicha  korxonalar  kiradi.  Shuning  uchun  ba’zi  mutaxassislar  qurilish  jarayoni 

emas, balki sanoat qurilish jarayoni deb aytishni to‘g‘ri hisoblaydilar. 

Tabiiy  atrof-muhit  bilan  o‘rab  olingan  qurilish  ob’ekti  ta’sirining  barcha 

murakkabliklarini  qaytaruvchi  tizim  tabiiy  texnikaviy  deb  ataladi.  Ushbu  tizimning 

texnikaviy  qismi  bino  va  inshootlar  va  boshqa  tashkil  etuvchilari  esa  tabiiy,  aniq,  geologik 

muhit (tog‘ jinslari, yer osti suvlari, biota) hisoblanadi. Qurilishni loyihalash masalasi shundan 

tashkil  topganki,  ushbu  har  xil  turdagi  (tizim  osti)  materiallardan  yagona  tabiiy  texnikaviy 

tizimni yaratishdir.  

Tabiiy  texnikaviy  tizim  –  bu  geologik  muhit  qismi  bilan  maydonda  uning  ta’siri 

yagona muxandislik inshootlari tizimidir. 

So‘nggi paytlarda qurilish jarayonining tavsifi uchun ko‘pchilik “qurilish ob’ektining 

hayotiy  davri”  terminini  ishlatishadi,  buning  ostida  xronologik  ifodalangan  ketma-ketlik 

bosqichlarida uning yaratilishi va utilizatsiyasi

9

 tushuniladi. 



Qurilish  ob’ektining  hayotiy  davri  bosqichlarining  ketma-ketlikda  ajratilishi 

mamlakatimizda  ISO  xalqaro  standartlarni  joriy  etilishi  boshlanishi  bilan  bog‘liqdir.  Bunda 

qurilish  ob’ektini  loyihalashdan  utilizatsiyagacha  (xalqaro  ISO  14040  qarang)  barcha  hayotiy 

davri  bo‘yicha  qurilish  mahsulotlarini  oldinga  harakatlanishidan  majburiy  tezkor  nazoratni 

yaratish  ko‘zda  tutiladi.  Qurilish  ob’ektining  hayotiy  davri  atrof-muhitga  ta’sirida  ekologik 

sharoitni  baholash  ISO  14042  standartda  ifodalangan.  Qurilish  ob’ektining  hayotiy  davrini 

alohida  bosqichlarga ajratilishining maqsadga muvofiqligi, ushbu davrni bitta tashkil etuvchisi, 

ya’ni qurilish materiallarini ishlab chiqarish misolida keltirish mumkin.  Xorijiy mutaxassislar 

ma’lumotiga  ko‘ra,  qurilish  materiallarining  hayotiy  davrini  baholashga  qurilish 

materiallarini  ishlab  chiqarish  uchun  ishlatiladigan  tabiiy  xom-ashyoni  qazib  olish  jarayonida 

atrof-muhitga  ta’sirini  ekologik  baholash,  uning  ishlab  chiqarilishining  ekologik  xavfsizligini 

baholash,  qurilish  materialining  xossasi  va  tarkibini  baholash  kirishi  zarur,  shuningdek  uni 

qayta ishlash va ob’ektda utilizatsiya qilishda takroran ishlatilishiga imkoniyat bo‘lishi lozim. 

Qurilish  faoliyatining  ta’siri  ostida  tabiiy  sharoit  va  tabiiy  majmualar  o‘zgarishi 

jarayonlaridagi to‘plam qurilish texnogenezi nomini olgan.  

Qurilish  texnogenezi  biosferaning  barcha  tarkibiy  qismlariga  antropogen  ta’sirning 

kuchli omili hisoblanadi. Har qanday inshoot qurilishi va foydalanilishi doimo tabiiy ekologik 

muvozanat  holatidan  u  yoki  bu  og‘ishni  keltiradi.  Barcha  qurilish  ishlab  chiqarish  me’yor  va 

qoidalariga  diqqat  bilan  o‘zida  rioya  qilinishida  ham  hattoki  tabiiy  sharoit  buzilishi  yuzaga 

                                                           

9

 Foydalanishga tiklash.



 

 


  64 

kelishi  muqarrardir.  Qurilish  tarmog‘i  tabiiy  resurslardan  yirik  foydalanuvchi  hisoblanadi,  bu 

esa ko‘pincha ularni kamayishiga olib keladi. Olib borilgan izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, mlrd. 

tonna  o‘lchanadigan  mahsulotlar,  ya’ni  qurilish  materiallari  va  buyumlarini  ishlab  chiqarish 

antropogen  faoliyatning  material  sarflanish  hajmining  eng  katta  ko‘rinishi  hisoblanadi. 

Dunyoda faqatgina beton ishlab chiqarish

10

 uchun yiliga bir necha million tonna sement, chaqiq 



tosh, qum va boshqa tiklanmaydigan tabiiy resurslar sarflanadi. 

Iqtisodiy  rivojlangan  mamlakatlarda  qazib  olinadigan  tabiiy  resurslarning  umumiy 

hajmidan 50% gacha qurilish industriyasining zaruriyatiga ketishi hisoblangan. 

Qurilish texnogenezining biridan bir xavfli ko‘rinishi havo muhitini ifloslantirishi 

hisoblanadi.  Yetarlicha  belgilash  mumkinki,  faqatgina  bir  tonna  sement  ishlab  chiqarish 

atmosferaga 1 tonna SO

2

 chiqarishini keltiradi



11

. Dunyoda sement ishlab chiqarish bilan bog‘liq 

umumiy  SO

2

  tashlamasi  1,2  mlrd.  tonnadan  oshib  ketadi.  Energetika  tashlamasi  (shovqin, 



infratovush, tebranish, ion hosil qiluvchi nurlar va sh.k.) anchagina xavfli hisoblanadi. Sement 

zavodlari  va  qurilish  industriyasining  boshqa  korxonalarining  ishlashida  qattiq  chiqindilar  va 

yirik hajmdagi oqova suvlarning paydo bo‘lishi kuzatiladi. 

To‘liq  ta’kidlash  zarurki,  zamonaviy  qurilish  texnogenezi  tabiiy  majmualar  va 

ekotizimlarda sodir bo‘ladigan jarayonlarga, biosferaning barcha tarkibiy qismlari: atmosfera, 

gidrosfera, litosfera va biotiklar dunyosiga nihoyatda jiddiy ravishda salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 

Qurilish texnogenezining salbiy ta’siri tabiiy texnik tizimlar harakatining  bir ko‘rinishi 

bo‘lib, tabiiy ekotizimlar barqarorligining yo‘qolishiga va tanazzulga borishiga yo‘l qo‘ymaslik 

bo‘yicha  ekologik  muvozanatni  qo‘llab-quvvatlashda  maxsus  chora-tadbirlarni  qabul  qilishni 

talab etadi.  

10.3Bino  va  inshootlarga  iqlim  ta’siri  va  umriboqiylik.  Qurilish  materiallarining 

umriboqiyligining  asosiy  omillaridan  biri  iqlim  hisoblanadi.  Iqlim  qurilish  materiallarining 

xizmat  qilish  muddatini  boshqaradi.  Qurilish  materiallarining  umriboqiyligiga  iqlim  quyidagi 

holatlarda ta’sir ko‘rsatadi. 

 

Quyosh radiatsiyasi. 



 

Harorat. 

 

Havoning bosimi. 



 

Havoning namligi. 

 

Shamol va yomg‘ir. 



 

Kimyoviy moddalar. 



Quyosh radiatsiyasi. Quyoshning ultrabinafsha nurlari organik materiallarning holatini 

yomonlashtiradi, ya’ni materialning ichida kimyoviy reaksiyalarni sodir qiladi va oksidlanishni 

keltirib  chiqaradi.  Bunday  ta’sir  tog‘li  hududlarda  kuchlidir,  ya’ni  ultrabinafsha  nurlarning 

jadalligi yuqori va janub tomonga siljishi bo‘yicha oshib boradi. 



Harorat. Eski qoidalar shuni ko‘rsatadiki, haroratning har 10°C ko‘tarilishida kimyoviy 

reaksiyalarning  tezligi  ikki  marta  oshadi.  Juda  yuqori  harorat  organik  materiallarning 

yomonlashishini oshiradi. Haroratning har 7°S ko‘tarilishida yog‘och qipiqli plitadan karbamid 

asosidagi  yelim  yordami  bilan  formaldegid  chiqishi  ikki  marta  oshadi.  Xuddi  shuningdek, 

issiqlik  quyosh  radiatsiyasi,  kislorod  va  namlik  bilan  birikishida  qurilish  materiallarining 

yomonlashish  jarayonini  kuchaytiradi.  Plastik,  rezina,  kauchuk  va  boshqa  turdagi  qurilish 

materiallari  past  haroratda  muzlaydi  va  maydalanadi.  Shimoliy  Yevropada  tashqi  ko‘rinishi 

g‘ovakli bo‘lgan g‘ishtni past haroratda pishirish ikki qish davriga cho‘ziladi va tarixda xuddi 

shunday  g‘ishtni  Qadimgi  Rimda  pishirish  2000  yilga  cho‘zilgan.  Ayniqsa  g‘ovakli  mineral 

materiallar  uchun  hal  qiluvchi  omil  –  muzlatish  va  eritish  davri  hisoblanadi.  Shimolning 

qirg‘oq bo‘yidagi iqlimi juda ham zararlidir. Haroratning keskin o‘zgarishi va hatto sovuqsiz 

harorat ham materiallarning shaklini o‘zgartiradi hamda uning yomonlashishiga olib keladi. 

                                                           

10

 Yiliga 1 mlrd. m



3

 dan ortiq ishlab chiqariladi. 

11

 Prof. T.Bremner (Kanada) ma’lumoti asosida.



 

 


  65 

Havoning  bosimi.  Havoning  bosimi  materiallarning  yopiq  tuzilmadagi  g‘ovaklari 

ichidagi  kuchlanish  va  hajmiga  ta’sir  ko‘rsatadi.  Masalan,  g‘ovak  oyna  va  har  xil  plastik 

himoyalovchi materiallar. Shuningdek, havoning bosimi germetikli (zich berkitilgan) derazaga 

ham ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni o‘lchamlarining o‘zgarishi sodir bo‘ladi va haroratning o‘zgarishida 

xuddi shunday ta’sir bo‘ladi. 

Havoning  namligi.  Namlikning  o‘zgarishi  materiallarning  kuchlanishi  va  hajmining 

o‘zgarishiga hamda yomonlashishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘tarilib ketgan namlik materiallarning 

yeyilishini  oshiradi.  Havo  namligining  tarkibi  doimiy  bo‘lgan  binolarda  faqatgina  musiqaviy 

asboblar, fortepiano va g‘ijjak ishlab chiqarish mumkin. Xuddi shunday sharoit boshqa interer 

materiallar,  ya’ni  pardoz  qoplama  materiallarni  yeyilishini  kamaytirish  va  tozalanishini 

yaxshilash  uchun  ham  qo‘llanilishi  zarur.  Namlikning  nisbatan  30-70%  ko‘tarilishi  bilan 

yog‘och  qipiqli  plitadan  karbamid  asosidagi  yelim  yordami  bilan  formaldegid  chiqishi  ikki 

marta oshadi. 



Shamol  va  yomg‘ir.  Qachonki  shamol  va  yomg‘ir  bir  vaqtda  birgalikda  kelishi  eng 

yomon  hisoblanadi.  Bunday  holat  qurilish  materiallarida  namlikning  yo‘nalishini  majburlaydi 

va  yomonlashish  jarayonini  boshlaydi.  Kuchli  shamol  materiallarda  bosimni  keltiradi,  hatto 

materiallarning  buzilishi  yoki  keskin  susayishiga  olib  kelishi  mumkin.  Shamol  qumlar  bilan 

birikishida ba’zi bir qurilish materiallarining buzilishiga ta’sir ko‘rsatadi. Qorning og‘irligi ham 

qurilish materiallarining tuzilmasini buzishi mumkin. 



Kimyoviy  moddalar.  Qirg‘oq  bo‘yidagi  tuzning  miqdori  havoda  metallar, 

plastmassalar  va  ba’zi  bir  foydali  qazilmalarning  chirishini  keltirib  chiqarishi  mumkin. 

Sanoatlashgan  va  binolar  qurilgan  hududlarda  hamda  yo‘llar  bo‘yida  yemiruvchi  gazlar 

(dioksid  seriy  va  b.q.)  ko‘pdan-ko‘p  har  xil  qurilish  materiallarini  buzishi  mumkin.  O‘rab 

olingan  yemiruvchan  muhitda  kalsiy  tarkibining  buzilishi  betonga  jiddiy  ta’sir  ko‘rsatadi. 

Bunday  holat  ba’zi  bir  qurilish  materiallarida  ham  sodir  bo‘ladi.  Tabiiy  tosh  –  zamonaviy 

ifloslanishdan 

ko‘pchilik  qadimiy  yodgorliklar  va  madaniy  meros  ob’ektlarini 

yomonlashayotganini tasdiqlaydi. 

Kelajakda  butun  yer  sharining  isishida  qurilish  materiallarining  umriboqiyligi. 

Butun yer sharida iqlimning o‘zgarishi eng katta xavf ehtimoli hisoblanadi. Iqlim o‘zgarishiga 

asosan 3 ta antropogen manba ta’sir ko‘rsatadi. 

1. Energiya ishlab chiqarish. 

2. Kimyoviy sanoat. 

3. Keraksiz jarayonlar. 

Ushbu  manbalardan  energiya  ishlab  chiqarish  manbasi  nisbatan  ustunlik  qiladi.  Ular 

asosan transport  sohasida  va  elektrostansiyalarda  yoqilg‘ini  yonishidan sodir  bo‘ladi. Yerning 

usti  qatlamining  mumkin  bo‘lgan  qismida  tabiiy  paydo  bo‘ladigan  elementlar  1-jadvalda 

ko‘rsatilgan. 

 

 

 



                                    Jadval 

Organik moddalar uchun o‘zgaruvchanlik tasnifi 

 

Turi 


Haroratning qizishi, °S 

O‘zgaruvchan organik birikmalar  

> 250 

Yarim o‘zgaruvchan organik birikmalar  



250-380 

Organik birikmalarga bog‘liq bo‘lgan zarralar 



< 380 

 

Butun  yer  sharining  isishi  qurilish  materiallarining  ko‘rinishini  ahamiyatli  darajada 



o‘zgartiradi.  Ko‘pgina  hududlarda  haroratning  ko‘tarilishi,  xususan  juda  favqulotda  yuqori 

harorat davrining boshlanishi kutilmoqda. Ko‘pgina hududlar juda muhim bo‘lishi mumkin. Bu 

holat  shimoliy  Yevropa  va  Osiyoning  shimoliy  qismlarida  shamolning  aralash  ko‘payishida 

tez-tez sodir bo‘ladi. Shuningdek bu hududlarda muzlarning erish davri boshlanadi. Bu vaziyat 

g‘ovak  toshlarni,  betonlarni  va  materiallarni  bo‘linib  ketishiga  olib  keladi.  Skandinaviyada 


  66 

keyingi  yuz yillik vaqt oralig‘ida tuproqda organik materiallar 50% ga ko‘payishi kutilmoqda. 

Metallarning chirish me’yori oshadi (Noah’s Ark, 2007 yil). 

Boshqa  tomondan  esa,  janubiy  Yevropada  differensial  issiqlikning  kengayishidan  va 

materiallarning  organik  va  noorganik  tarkiblarining  qisqarishidan  qurilish  materiallarining 

qurishi  buzilish  holatini oshiradi. Ushbu  hududlardagi  binolarda  termit

12

  turidagi  yemiradigan 



hashoratlarning  joylashishi  yangi  muammolarni  yuzaga  keltiradi.  Ba’zi  hududlarda  iqlimning 

o‘zgarishi kamaytirilgan xavfni olib kelishi mumkin. Markaziy Yevropa va Buyuk Britaniyada 

iqlimiy keskinlikda qurilish materiallarida hech qanday katta o‘zgarish kutilmaydi.  

Keyingi omil suv toshqinlarining ko‘tarilish ehtimoli tuproqlarning kimyoviy asosining 

holatiga  ta’sir  ko‘rsatadi.  Dengiz  sathining  ko‘tarilishi  va  suv  toshqini  keng  tarqalgan 

namlikning  buzilishiga  sabab  bo‘lishi  mumkin.  XXI  asr  ichida  dunyo  okeanlarining  isishi 

davom  etadi.  Shimoliy  yarim  yer  sharining  tropik  va  subtropik  hududlarining  yuza 

qatlamlaridagi  okeanlarning  95% dan ko‘proq maydonida  harorat  sezilarli  darajada  ko‘tarilish 

ehtimoli mavjud. Dengiz sathilarining ko‘tarilishi atmosferadagi CO

2

 tashlamalari yo‘nalishiga 



bog‘liqdir.  Kelgusidagi  baholashga  asosan,  butun  dunyoda  suv  qirg‘oqlari  chiziqlarining 

taxminan  70%  butun  yer  sharini  qamrab  olgan  o‘rtacha  ko‘rsatkich  o‘zgarishidan  yo  20% 

oraliqda dengiz sathi ko‘tariladi. Shu bois, kelgusida qurilish materiallarining tanlovi ularning 

qurishi jihatidan ko‘rib chiqilishi zarur hisoblanadi (Escarameia, 2007 yil). 

Shunday qilib, har qanday o‘ziga xos hudud uchun bino va unga ishlatiladigan qurilish 

materiallari  bo‘yicha  qaror  qabul  qilishda  iqlimning  o‘zgarish  tartibi  e’tiborga  olinishi  lozim. 

Hududiy  iqlimiy  o‘zgarishlarning  ehtimoli  oldindan  aytib  bo‘lmaydigan  yuqori  darajada  katta 

bo‘lishi  mumkin.  Biroq,  umumiy  qoidaga  muvofiq,  organik  materiallar  yaxshi  himoyalangan 

bo‘lishi kerak va qurilishda juda sog‘lom qurilish materiallari zarur bo‘ladi. 

 

Mustaxkamlash uchun savollar: 

1. 


Qurilishda to‘siqlar nima uchun kerak bo‘ladi? 

2. 


Qurilish maydonidagi omborlarning maqsadi nimadan iborat? 

3. 


Qurilish maydonida transport harakatlari to‘g‘risida ma’lumot bering? 

4. 


Qurilish jarayonida atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchilarni va qurilish jarayonida 

bo‘ladigan ta’sirlarni kamaytirish uchun nima qilish kerak? 

5. 

Qurilish  jarayonida  ekologik  muammolarning  oldini  olish  uchun  qanday  chora-



tadbirlarni qo‘llash lozim? 

6. 


Qurilish  jarayoni  biosferaning  tarkibiy  qismlariga  salbiy  ta’sirlarini  kamaytirishda 

nimalar talab etiladi? 

7. 

Qurilishdagi quvurlarning yerga ta’siri qanday? 



8. 

Tuproqni  muxandislik  kommunikatsiya  tarmoqlari  tizimlari  ta’sirida  ifloslanishidan 

saqlashda nimalarga amal qilish lozim? 

9. 


Qurilish  chiqindilarini  qurilish  maydonida  qayta  ishlashning  afzallik  va  kamchilik 

tomonlari nimalardan iborat? 

10. 

Qurilish tizimlari deganda nimani tushunasiz? 



11. 

Qurilish jarayoni deganda nimani tushunasiz? 

12. 

Tabiiy texnikaviy tizim deganda nimani tushunasiz? 



13. 

Qurilish ob’ektining hayotiy davri deganda nimani tushunasiz? 

14. 

Qurilish materiallarining hayotiy davrini baholashga nimalar kiradi? 



15. 

Qurilish texnogeneziga va uning salbiy ta’siriga ta’rif bering? 

 

Mavzu-11 Ekologik arxitektura. 

                                  

                                                  Reja: 

                                                           

12

 Chumolisimon hasharot – yog‘och zararkunandasi. 



 

  67 

1.  Ekologik model va arxitektura.  

2.  Yashil arxitektura. 

 

Tayanch  iboralar:  ekologik  tizim,  sun’iy  muhit, arxitektura,  loyihalash, ekologik  dizayn, 

energiya  oqimi,  modda,  aholi,  biomassa, joylashtirish,  ifloslanish, ishlab  chiqarish,  qonun  va 

qoidalar,  landshaft,  resurslar,

 

sanitar-himoya  maydonlari,  tabiiy  atrof-muhit,



 

urboekologiya, 

urboekotizimlar,  hududiy  chegara,  shahar,  tuman,  shaharsozlik  maydonlari,  ekologik 

muvozanat,

 

ekologik  nazorat,  ekologik  sig‘im,  ekologik  talablar,  ekologik  ekspertiza, 



ekotizimlar,

 

yashil arxitektura. 



 

11.1Ekologik model va arxitektura.   

Ekologik  modellar  asosida  kelajakda  insonlar  o‘zgartiruvchi  vakil  sifatida  tabiatga 

moslashgan  arxitekturani  rivojlantiradi.  Chuqur  tahlillarga  asoslangan  mujassamlangan 

arxitektura yerning tabiiy qonunlariga bo‘ysinuvchi inshootlarni qurishni ko‘zda tutadi. 

Har  bir  yondashuv  o‘zida  konstruktiv

13

  ekologiyaga  oid  muhim  savollarni  ko‘taradi. 



Inshootlar 

moslashuvchan 

bo‘lib,  unda  yashaydigan  insonlar  tomonidan  to‘g‘ri 

boshqariladigan,  yuqori  rivojlanishi  bo‘lishi  kerakmi?    Yoki  qoyaga  o‘xshab  qo‘zg‘almas  va 

moslashtirib  bo‘lmaydigan  injiq  va  universal  bo‘lib,  tabiat  jarayoniga  ko‘p  zarar  berishni 

davom etishi kerakmi? 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling