Hayot faoliyati xavfsizligi


Mustaxkamlash uchun savollar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/14
Sana05.12.2020
Hajmi1.53 Mb.
#160065
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
qurilish ekologiyasi GKvaKga maruza 111


Mustaxkamlash uchun savollar: 

1. 

Qurilish  ekologiyasining  rivojlanish  tarixi  qachondan  boshlangan  va  unga  tushunga 



bering?  

2. 


Amerika va Angliya olimlari fanlar tizimidagi tabiiy va inson tizimlarini tushunishni 

qo‘llanishiga qanday tajribani olib kirishgan? 

3. 

Qurilish ekologiyasi qanday aniqlanadi? 



4. 

Ekotizimlar inson faoliyatini muvozanatli yo‘lga o‘tkazishda qanday muhim namuna 

sifatida manba bo‘ladi? 

5. 


Ekologik toza ishlab chiqarishga ta’rif bering? 

6. 


Ekologik samaradorlik qanday ishlarni amalga oshirishga chaqiradi? 

7. 


Qurilish ekologiyasini shakllanishiga nima asos bo‘lib xizmat qildi? 

 

                                                  



Mavzu-9  Shaharsozlik ekologiyasining asoslari. 

                                                  Reja: 

1.Shaharsozlikda ekologik jihatlar. 

2.

 

Shaharsozlik faoliyatida ekologik talablar.

 

 

Tayanch iboralar: Arxitekturaviy loyihalash, atmosfera havosi, aholi, barqaror rivojlanish, 

biomassa, joylashtirish, ifloslanish, ishlab chiqarish, qonun va qoidalar, landshaft, resurslar,

 

sanitar-



himoya  maydonlari,  tabiiy  atrof-muhit,

 

urboekologiya,  urboekotizimlar,  hududiy  chegara,  shahar, 



  56 

tuman, shaharsozlik maydonlari, ekologik muvozanat,

 

ekologik nazorat, ekologik sig‘im, ekologik 



talablar, ekologik ekspertiza, ekotizimlar,

 

yashil maydonlar. 



 

9.1Shaharsozlikda ekologik jihatlar. 

Shaharsozlik  ostida  shahar  aholisi  mavqesining  mamlakat  (hudud,  jahon)  miqyosida 

o‘sish  maydonlarida  insonlar  yashaydigan  ekologik  xavfsiz  muhitni  yaratilishi,  shahar  va 

qishloqlarni  rivojlanishi,  aholini  turli  joylarga  yer  sathidagi  katta  kenglikda  joylashtirish 

bo‘yicha faoliyat tushuniladi. 

 

2-rasm. Shaharsozlik (Urganch shahri 2015 yil). 

 

Shaharsozlikning  ekologik  muammosi  tabiiy  atrof-muhit  bilan  o‘rab  olgan  shahar  va 



qishloqlarni  har  tomonlama  ta’sirini  o‘rganish  asosida  faqatgina  muvaffaqiyatli  qaror  topishi 

mumkin (3-rasm). 

Shahar muhitida tabiat va inson o‘rtasidagi ma’lum o‘zaro kelishuv ular orasidagi ekologik 

muvozanatni,  ya’ni  o‘z-o‘zini  rostlashi,    qayta    ishlab  chiqarishi  va  uning  asosiy  tashkil 

etuvchilarini  tegishli  muhofazasi  ta’minlangan  shunday  tabiiy  atrof-muhit  holatida  erishish 

sharoitida  faqatgina  amalga  oshishi  mumkin.  Bunda  insonning  hayotiy  faoliyati  uchun  ijobiy 

ta’sir  ko‘rsatadigan  sharoitning  yaratilishi,  shuningdek  tabiiy  va  material  resurslarini  to‘g‘ri 

ishlatilishi muhim masala hisoblanadi. 

Ushbu  muammolarni  o‘rganadigan  hamda  o‘ziga  xos  ekotizimlarda  –  shaharlarda  inson 

mavjudligining  shart-sharoitlarini  tekshiradigan  ilmiy  fan  shaharsozlik  ekologiyasi  (yoki 



urboekologiya) nomini oldi. 

Shaharning hududiy chegarasida har xil ko‘rinishdagi qurilishdan tabiiy ekotizimlarda texnogen 

(uylar,  korxonalar,  yo‘llar  va  sh.k.)  yuklar  ayniqsa  keskindir.  Bu  yerda  chegaralangan  hududga 

nisbatan  sanoat,  fuqaro  va  boshqa  komplekslar  bir  joyda  to‘plangan,  bir  vaqtning  o‘zida  barcha 

ko‘rinishdagi antropogen, ya’ni mexanik, fizik, kimyoviy, biologik va boshqa ta’sirlar harakatlanadi. 

Shaharlardagi  maydonlarda  tabiiy  ekotizimlarning  texnogen  darajasi  va  maydonining  zararlanishi 

yuqoridir. 

Urboekotizimlarning  ko‘p  shaklli  xillari  tabiiy  (gidrosfera,  atmosfera  va  b.q.)  va  antropogen 

(binolar,  infratuzilmaning  elementlari  va  sh.k.)  tizimlar  ostida  birikadi.  Shahar  –  ekotizimlarga  va 

atrof-muhitga to‘liq bog‘liqdir. Shahar – kuchli “madaniy” qatlam

4

, to‘kiladigan gruntlar (tuproq osti) 



                                                           

Yerning  madaniylashtirilgan  qatlami  –  tuproq  (er)ning  inson  faoliyati  natijasida  o‘zgargan 

(ibtidoiy  davrdan  boshlab)  va  ularning  izlari  yoki  qoldiqlarini  saqlab  qolgan  qatlami. 

Arxeologik  ahamiyati  bilan  birgalikda  insonning  atrof-muhitga  ko‘rsatilayotgan  ta’sirining 

o‘sishi bosqichlarini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

4

 



Charles J. Kibert, Jan Sendzimir, and G. Bradley Guy (Edited by 2003) Construction ecology: 

nature as the basis for green buildings. London and New York - p. 303 (p. 128-139).

 

 


  57 

va boshqalar hosil bo‘lib to‘plangan ekotizimdir. Shaharning rivojlanishi tabiiy atrof-muhit qonunlari 

bilan emas, balki ekologik muvozanatni buzilishi,  inson faoliyatining bunyodkorligi va buzuvchanligi 

bilan aniqlanadi. Shaharni muvozanatsiz ekotizimlarga qo‘shish mumkin

5



Shahar maydonlarida ushbu o‘ziga xos xususiyatlar oqibatida urboekotizimlarning biomassasi 



muvozanatlashmagan,  ozuqa  zanjiri  buzilgan,  unumdorlik  yo‘q  qilingan.  Urboekotizimlarning 

soddalashgan tarkibi uning tashqi ta’sirlarga  yuqori barqarorligini ta’minlamaydi, doimiy ekologik 

nazoratni va ekologik talablarni bajarilishini talab qiladi. 

 

9.2 Shaharsozlik faoliyatida ekologik talablar. 

O‘zbekiston Respublikasining tabiiy atrof-muhitni muhofaza qilish,  energiya va resurslardan 

samarali  va  oqilona  foydalanish  bo‘yicha  qabul  qilingan  bir  qancha  qonunlari  hamda  qonun  osti 

me’yoriy hujjatlarda shaharsozlik faoliyatida maxsus ekologik talablar belgilangan.  

Ushbu  hujjatlarga  asosan  shahar  va  aholi  yashash  punktlarini  joylashtirish,  loyihalash, 

qurilishi  va  qayta  ta’mirlanishida  tabiiy  ekotizimlarni  harakat  qilishi  hamda  insonlarning  hayotiy 

faoliyati uchun o‘rab olgan atrof-muhit holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’minlaydigan  kompleks 

chegaralarga rioya etilishi  zarur . 

Ekologik talablar (ya’ni kompleks chegaralar) mutlaqo zarurdir. Vaholanki shaharlar havo va 

suvning asosiy ifloslantiruvchilari hisoblanadi. 

Shaharsozlik  faoliyatida  ekologik talablarni quyidagi uchta  asosiy  yo‘nalish  bo‘yicha  ko‘rib 

chiqamiz: 

1. 


Aholi yashash punktlarini arxitekturaviy loyihalash va qurish; 

2. 


Shaharlar va aholi yashash punktlarining atrof-muhit muhofazasi sanitariyasi; 

3. 


Shaharlarda yashil maydonlarni yaratilishi va muhofazasi.  

  Aholi  yashash  punktlarini  arxitekturaviy  loyihalash  va  qurishda  tabiiy  atrof-muhitni 

tiklanishi,  buzilgan  maydonlarni  rekultivatsiyalash  (qayta  tiklash),  yerlarni  obodonlashtirish, 

madaniy  meros  ob’ektlarini  muhofaza  qilish,  ekologik  xavfsiz  va  atrof-muhit  muhofazasini   

ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinishi lozim (3-rasm). 

 

3-rasm. Ekologik xavfsiz qurilish. 

 

Har  xil  ob’ektlarni  qurilishi  ostida  yer  maydonlarini  ajratishda  O‘zbekiston  Davlat 



arxitektura  va  qurilish  qo‘mitasi,  O‘zbekiston  Respublikasi  Ekologiya  va  tabiatni  muhofaza 

qilish  qo‘mitasi,  O‘zbekiston  Respublikasi  Sog‘liqni  saqlash  vazirligining  Sanitariya  – 

epidemiologiya  xizmati,  Davlat  yong‘in  nazorati  va  ularning  hududiy  bo‘linmalarining  ijobiy 

xulosalari bo‘lishi majburiy hisoblanadi. 

                                                           

 


  58 

Ta’kidlangan organlar aholi yashash punktlari maydonlarida mavjud tabiiy atrof-muhitni 

va  inson  salomatligiga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatadigan  har  qanday  ishlab  chiqarishni 

joylashtirilishiga ruxsat bermaslik xuquqiga ega.  

 Shaharlar  va  aholi  yashash  punktlarining  atrof-muhit  muhofazasi  sanitariyasi 

O‘zbekiston  Respublikasi  Tabiatni  muhofaza  qilish  qo‘mitasi,  O‘zbekiston  Respublikasi 

Sog‘liqni  saqlash  vazirligining  Sanitariya-epidemiologiya  xizmati  va  ularning  hududiy 

bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi. Aholi yashash punktlarini arxitekturaviy loyihalash va 

qurishda  sanitar  tozaligi,  chiqindilar  zararsizlantirilganligi  va  xavfsiz  joylashtirilganligi, 

mikroorganizmlar  va  tashlangan  narsalar  hamda  tashlamalarni  ruxsat  etilgan  me’yoriga  rioya 

etilganligi, sanitar-himoya maydonlarini yaratilganligi bo‘yicha barcha zarur bo‘lgan chora-tadbirlar 

qabul qilingan bo‘lishi kerak. 

Misol  tariqasida,  turar-joy  hududining  rejasini  loyihalashtirishda  atrofdagi  barcha  sanoat 

korxonalaridan  sanitar-himoya  maydonlari  yaratilishini  ko‘zda  tutadi.  Ushbu  o‘ziga  xos  sanitar 

uzilishlar,  ekologik  to‘siqlar,  sanitar  qoida  va  me’yorlar  asosida  shuningdek,  ob’ektning  xavflilik 

sinfidan bog‘liqlikda 50 metrdan 1000 metrgacha bo‘lgan kenglikda o‘rnatiladi.  

Sanoat  korxonalaridan  chiqadigan  zararli  moddalar  sinflarga  ajratiladi  va  shunga  qarab 

masofa belgilanadi. Unga ko‘ra birinchi sinf masofa – 1000 metr, ikkinchi sinf masofa – 500 metr, 

uchinchi sinf masofa – 300 metr, to‘rtinchi sinf masofa – 100 metr, beshinchi sinf masofa – 50 metr 

bo‘ladi. Agarda  sanoat  korxonasining  quvvati  katta  bo‘lsa,  unda  sanitar-himoya  maydoni  uch 

marta oshiriladi. 

 

4-rasm. Shaharlarda yashil maydonlarni yaratilishi va muhofazasi. 

 

Shaharlarda yashil maydonlarni yaratilishi va muhofazasi tabiiy atrof-muhitni muhofaza 

qilish,  energiya va resurslardan samarali va oqilona foydalanish bo‘yicha qabul qilingan bir qancha 

qonunlarida ko‘zda tutilgan (5-rasm). 

Yashil maydonlar shovqinlarning darajasini, chang va gazlarning tarkibini pasaytiradi, shahar 

qurilishini        noqulay        shamollardan  himoya  qiladi,  fitonsid

6

  ta’sir  ko‘rsatadi,  radiatsiyani 



yumshatadi va sh.k.  

                                                           

6

 

Fitonsid – o‘simlikdan chiqadigan bakteriyalarni yo‘qotadigan uchuvchan moddalar.



 

 


  59 

Daraxt maydonlarining muhofazasi xuquqiy, biologik va tashkiliy tadbirlarni o‘z ichiga oladi. 

Xuquqiy  munosabatda  har  qanday  ekologik  zarar  faoliyatini  amalga  oshirish  man  etiladi,  masalan, 

ixtiyoridagi eng muhim foydalanilayotgan daraxtlarni kesish. 

Biologik va tashkiliy tadbirlar zararkunandalar bilan kurashishga jamlanadi va asosiysi yashil 

maydonlarni  yaratilishida  yagona  ekologik  barqaror  tizimlarni  shakllantiradi.  Shu  maqsad  bilan 

shaharsozlik loyihalarida umumiy  va  chegaralangan foydalanishda  yashil maydonlarning eng  qulay 

qiyofasini, ularning keyingi rivojlanish imkoniyatini va yashil maydonlarning tuzilmalarini yaxshilash 

bo‘yicha tadbirlarni ko‘zda tutadi. 

Shahar maydonlari chegaralarida yashil maydonlarning muhofazasi bo‘yicha chora-tadbirlarni 

ishlab  chiqishda  ular  uchun  eng  katta  xavf  bo‘lgan  rekreatsiya  yuklarni,  ifloslangan  havoni  va 

urbonizatsiyalashgan

7

atrof-muhitning kompleks ta’siri ifodalanishini e’tiborga olish zarur. 



 

Mavzu-10 Bino va inshoatlarning ekologik havfsizligi 

                                           Reja: 

1. 

Qurilish  jarayonidagi  talablar.  Qurilish  tizimlari  va  texnogenezi  to‘g‘risida 

asosiy tushunchalar. Bino va inshootlarga iqlim ta’siri va umriboqiylik. 

2. 

Qurilishda xavfsizlik. 

3. 

Bino va inshootlarga iqlim ta’siri va umriboqiylik. 

 

 

Tayanch  iboralar:  harorat,  yorug’lik,  namlik,  bosim,  atmosfera  havosi,  aholi,  biomassa, 

joylashtirish,  ifloslanish,  ishlab  chiqarish,  qonun  va  qoidalar,  landshaft,  resurslar,

 

sanitar-



himoya  maydonlari,  tabiiy  atrof-muhit,

 

urboekologiya,  urboekotizimlar,  hududiy  chegara, 



shahar,  tuman,  shaharsozlik  maydonlari,  ekologik  muvozanat,

 

ekologik  nazorat,  ekologik 



sig‘im, ekologik talablar, ekologik ekspertiza, ekotizimlar,

 

yashil maydonlar. 



 

10.1Qurilish jarayonidagi talablar. Qurilish tizimlari va texnogenezi to‘g‘risida 

asosiy tushunchalar. Bino va inshootlarga iqlim ta’siri va umriboqiylik. 

XIX  asr  boshlarida  yer  sharida  750  shahar  bo‘lgan  bo‘lib,  1950  yilda  ularning  soni 

276000 dan oshib ketdi. Shaharlarda aholining yashashi 1950 yilda  30% va 2015 yilda esa 50-

70% ko‘payishi kuzatilgan. 

Qurilish  ekologiyasida  loyihalashtirish,  qurilish  va  qurilish  ob’ektlarini  foydalanishda 

ekologik qarorlarni ilmiy asosda amaliyotda qo‘llanilishi talab etiladi. 

  Qurilish  –  moddiy  ishlab  chiqarishning  yirik  tarmoqlaridan  biri  bo‘lib,  turli 

maqsadlardagi  bino  va  inshootlarni  qurish  va  qaytadan  ta’mirlash,  foydalaniladigan  hudud 

bilan birga qurilayotgan bino va inshootlar keng ma’noda yaratuvchanlik jarayonidir.  

Tugallangan  va  foydalanishga  topshirish  uchun  tayyorlangan  ishlab  chiqarish 

korxonalari,  turar-joylar,  jamoat  binolari,  inshootlar  va  boshqa  ob’ektlar  qurilish  mahsulotlari 

hisoblanadi. 

Dunyo  bo‘ylab  juda  ko‘p  inshootlarning  tabiiy  sharoitini  hisobga  olmasdan  qurilishi 

natijasida, bir necha falokatlarning ro‘y berishi, ayrim inshootlarning esa tabiatga kuchli salbiy 

ta’siri  oqibatida  qator  ekologik  muammolarning  yuzaga  kelishi  loyihalarning  ekologik 

ekspertizadan o‘tkazish shartligini belgilab berdi.  

O‘zbekiston  Respublikasida  o‘tgan  asrning  90-yillaridan  boshlab,    yirik  inshoot  va 

ob’ektlarning  loyihalari  ekologik  ekspertizadan  o‘tkazila  boshlandi.  Yirik  inshootlar 

qurilishining  maydoni  250-500  gektarni  tashkil  etadi.  Transport  vositalari  uchun  me’yor 

bo‘yicha bir tomonlama harakat qiladigan yo‘lning kengligi 3,5 metr, ikki tomonlama harakat 

qiladigan yo‘lning kengligi esa 6 metr bo‘lishi kerak. Transport vositalari qaytadigan yo‘lning 

radiusi 10 metr va boshqa katta hajmli avtomobillar uchun 12 metrdan kam bo‘lmasligi lozim. 



Qurilish jarayonini tashkil etish talablari quyidagilardan iborat:  

                                                           

7

 

Urbonizatsiya – jamiyat rivojlanishida shaharlar rolining oshish jarayoni.



 

 


  60 

 

yonma-yon  –  qurilish  jarayonida  ishtirok  etadigan  barcha  omillarning  bir  vaqtning 

o‘zida bo‘lishi; 

 

tejash  –  qurilish  jarayonida  kerak  bo‘lmagan  harakatlarni  va  usullarni  qisqartirish. 

Masalan: ishchilar soni, mashina va mexanizmlar, asbob-uskunalar va h.k.; 

 

uzluksizlik  –  qurilish jarayoni  ishtirokchilarining  vaqt  bo‘yicha  uzluksiz tartibda  o‘z 

vazifasini  bajarishi  bilan  baholanadi.  Buni  ta’minlashni  ish  unumdorligining  oshishiga  olib 

keladi; 


 

rejalashtirmoq  va  ogohlantirmoq  –  bunda  asosiy  va  qo‘shimcha  ishlarni  qat’iy 

tartibini va vaqtini belgilaydi; 

 

ishchi  va  uning  harakatlanishiga  qulay  holat  –  bu  mehnat  fiziologiyasi 

qonuniyatlariga asoslanadi; 

 

ishchining  bajaradigan  ishiga  muvofiq  kelishi  –  bu  ishchining  ruhiy,  malakaviy, 

kasbiy  bilimlari  bo‘yicha  bajaradigan  ish  tabiatiga  mos  kelishidir.  Amaliyotda  kasbiga  mehr 

qo‘yish  degan  ibora  ishlatiladi.  U  ayni  yuqoridagi  talabdan  kelib  chiqib  qo‘llaniladigan 

tushuncha; 

 

mehnat  tezligining  eng  qulayligi  –  bu  birlik  bajariladigan  ishga  eng  kam  aqliy  va 

jismoniy energiya sarfini ishlatish bilan erishiladi, mahsulot yetishtiradi va sh.k.  



Qurilishga maydon tanlash bo‘yicha quyidagilarga ahamiyat berilishi lozim: 

 

tabiiy (topografik, geologik, iqlim) sharoit; 



 

transport sharoiti; 

 

ishlab chiqarish bilan asosiy va texnologik bog‘lanish; 



 

qurilish uchun yaroqli yer maydoni tanlanishi; 

 

qurilish  maydonining  baland-pastliklari,  geologik  va  gidrologik  (grunt,  sizot 



suvlarining  mavjudligi,  ehtimoliy  suv  bosishi,  suv  toshqini,  yer  ko‘chishlar)  suv  va  energiya 

ta’minoti; 

 

qurilish maydonini magistral transport yo‘llari bilan bog‘lovchi yo‘llar mavjudligi; 



 

qurilishi mumkin bo‘lgan binoning rivojlanishi va istiqboli. 

Qurilish  maydoni  uchun  yer  ajratish  ikki  bosqichda  amalga  oshiriladi.  Oldindan 

ob’ektning  joylashishi  va  mo‘ljallangan  o‘lchamlar  asosida  maydon  kelishish  uchun 

belgilangan  tartibda  rasmiylashtiriladi,  bu  loyiha  qidiruv  ishlarini  o‘tkazish  uchun  asos  bo‘lib 

xizmat  qiladi.  Undan  so‘ng  tasdiqlangan  loyiha  asosida  qurilish  boshlanishidan  oldin  yer 

maydonlarini ajratish to‘g‘risida yakuniy qaror rasmiylashtiriladi.  

Loyihalash  ishi.  Loyihalash  ishini  bajarilishi  ta’rifi  bo‘yicha  loyiha  oldi  va  loyiha 

bosqichlariga  bo‘linadi.  Qurilishning  loyiha  oldi  bosqichida  moddiy  resurslardan  kompleks 

foydalanish chizmalari, texnik iqtisodiy asoslash yoki texnik iqtisodiy hisob amalga oshiriladi. 

Loyiha  ishlari  bosqichi  texnik  iqtisodiy  asoslash  hisobini  tuzish  va  tasdiqlagandan  keyin 

amalga  oshiriladi.  Texnik  iqtisodiy  asoslash  buyurtmachining  topshirig‘i  bo‘yicha  bosh 

loyihachi  tashkilot  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Bosh  loyihachi  barcha  tegishli  (qiziquvchi) 

tashkilotlarning ijobiy xulosasini olishi lozim. Loyihaning qismlari aniq va tugallangan bo‘lishi 

kerak.  


Qurilish loyihasi quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi: 

 

tushuntirish yozuvi; 



 

tabiiy sharoit; 

 

iqtisodiy qism; 



 

asosiy inshoot; 

 

qurilishni tashkil etish; 



 

smeta hujjatlari; 

 

loyiha pasporti; 



 

ishga tushiriladigan komplekslar.  

Tasdiqlangan loyiha ishchi hujjatlarni ishlab chiqishda ob’ektlarning qurilish arxitektura 

qonun-qoidalari  aniqlashtiriladi,  qurilishni  bajarish  hujjatlari  kengaytiriladi.  Qurilish 

amaliyotida  va  loyihalashda  ko‘proq  na’munaviy  loyihalarni  ishlatishga  harakat  qilinadi, 


  61 

chunki  bunda  loyihalash  ishlarining  qiymati  ma’lum  darajada  kamayadi.  Bu  umumiy  qurilish 

ishlarida taxminan 90-95 % tashkil etadi. 

Loyihalashning  umumiy  qoidalari  bo‘yicha  aholi  yashash  joyi  quyidagi  funksional 

zonalarga bo‘linadi: sel olish, sanoat-kommunal, tashqi transport. 

Ob’ekt  yoki  muxandislik  inshooti  joylashgan  hudud  to‘g‘risidagi  ma’lumotlarda 

quyidagilar aks ettirilishi lozim: 

1. Ob’ekt  yoki inshoot to‘g‘risidagi ma’lumotlar.  

 

ob’ekt  inshootining  maydoni,  balandligi,  chuqurligi,  qismlari,  qurilish  muddatlari, 



faoliyati,  mahsuloti,  xom-ashyolari.  Masalan,  ob’ekt  foydali  qazilma  koni  bo‘ladigan  bo‘lsa 

quyidagi  ma’lumotlar  taqdim  etiladi:  foydali  qazilma  turlari,  zaxirasi,  maydoni  chuqurligi, 

qazib olish usullari (ochiq, yopiq);  

 

chiqindilar hajmi va ular egallaydigan maydon, yordamchi inshootlarning joylashishi, 



shaxtaning yillik quvvati (mln.tonna);  

 

shaxtaning ishlash muddati.  



2. Tabiiy geografik ma’lumotlar. 

 

ob’ekt yoki muxandislik inshooti hududining geografik joylashishi; 



 

hududning geologik tuzilishi, ya’ni mazkur joyda tarqalgan tog‘ jinslari; 

 

hudud  yer  yuzasining  tuzilishi,  asosiy  past-balandligi  (relef)  shakllarining 



joylashishi;  

 

er osti suvlari, ularning sathi va ularning sho‘rligi;  



 

er  yuza  suvlari  (daryo,  ko‘l,  botqoq  va  sh.k.),  ularning  suv  sarfi,  me’yori, 

minerallashish darajasi, hududning iqlimi, hududda tarqalgan asosiy tuproq qatlamlari, ularning 

sho‘rlanish darajasi;  

 

o‘simlik qoplami va ularning turlari, hayvonot dunyosi, asosiy landshaft turlari. 



3. Iqtisodiy geografik ma’lumotlar. 

 

ob’ekt  yoki  muxandislik  inshooti  hududining  iqtisodiy  joylashishi,  ya’ni  yirik 



transport yo‘llariga yaqin yoki uzoqligi; 

 

hudud aholisining soni, joylashishi; 



 

hududning tabiiy resurslari va ulardan foydalanish darajasi;  

 

hududda joylashgan sanoat korxonalari;  



 

hududiy  qishloq  xo‘jaligi,  asosiy  dehqoncholik  ekinlari,  yaylovlar,  hudud  transport, 

yoqilg‘i hamda elektr energiya, suv ta’minoti.  

4. Ekologik muammolar. 

 

tabiiy muhitning ifloslanishiga ta’sir etadigan omillar; 



 

tabiiy  omillar  (shamol,  surilma,  zilzila,  sel,  suv  toshqinlari  va  h.k.),  sun’iy  omillar 

(zavod,  fabrika,  kommunal  xo‘jalik  korxonalari,  qishloq  xo‘jaligida  qo‘llaniladigan  o‘g‘it, 

pestitsidlar va sh.k.); 

 

atmosferaga chiqariladigan chiqindilar; 



 

suvning ifloslanish darajasi; 

 

tuproq, o‘simlik, hayvonot dunyosining o‘zgarishi; 



 

aholi salomatligi, keng tarqalgan kasalliklar va ularning sabablari.  



10.2  Qurilishda  xavfsizlik.  Vaqtinchalik  o‘tkazilgan  elektr  kabellarining  yerga 

ko‘milishi, buning iloji bo‘lmagan taqdirda ish joylarida 2,5 metr, ishchilar o‘tadigan joylarda 

esa 3,5 metr va transport vositalari harakatlanadigan joylarda esa 6 metr balandlikka ko‘tarilishi 

lozim.  


Qurilish  jarayonida  amal  qilinishi  lozim  bo‘lgan  ba’zi  xavfsizlik  choralari 

quyidagilardan ibrat: 

 

qurilish boshlanmasidan oldin maydon atrofini to‘siqlar bilan ajratish; 



 

qurilishdan oldin xodimlarni texnika xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirib chiqish; 

 

qurilish maydonini 24 soat nazorat qiladigan qorovulning bo‘lishi; 



 

qurilish xodimlarining boshini himoya qiluvchi bosh kiyimlarni  kiyishi; 

 

qurilish jarayonida xodimlarning maxsus ust va oyoq kiyim kiyishlari; 



 

montaj jarayonida maxsus belbog‘larni taqish; 



  62 

 

muxandislik kommunikatsiya va texnika xavfsizligini ta’minlash; 



 

ishchi  xodimlar  uchun  ovqatlanish  joyi  (oshxona)  mavjudligi  va  Davlat  sanitariya-

epidemiologiya nazorati markazi talablariga to‘liq javob berishi; 

 

ishchi xodimlarning ishdan so‘ng yuvinish xonasining, kiyim almashtirish xonasining 



mavjudligi va talablarga javob berishi; 

 

qurilish  maydonidagi  avtotransport  va  ularning  rezina  kamerali  g‘ildiraklarini 



yuvadigan maxsus joylar bo‘lishi; 

 

qurilish  maydoniga  voyaga  yetmagan  fuqarolarning  va  tegishli  guvohnomasi 



bo‘lmagan begona mashinalarning kiritilmasligi hamda buning nazorat qilinishi;  

 

favqulotta vaziyatlar uchun kerakli miqdordagi dori-darmon qutilarining mavjudligi. 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling