Hayot faoliyati xavfsizligi


 O‘zbekiston hududidagi foydali qazilmalardan oqilona foydalanish


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/14
Sana05.12.2020
Hajmi1.53 Mb.
#160065
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
qurilish ekologiyasi GKvaKga maruza 111


 

7.2. O‘zbekiston hududidagi foydali qazilmalardan oqilona foydalanish. 

Respublikamizda 33 ta nodir metallar va 32 ta rangli metallar konlarining xom-ashyolari 

hisobiga  16  ta  tog‘  metallurgiya  korxonalari  faoliyat  ko‘rsatmoqda.  Mamlakatimiz  miqyosida 

27  ta  oltin  va  kumush  konlari  mavjud  bo‘lib,  shundan  16  ta  oltin  va  3  ta  kumush  konlari 

aniqlangan.  Hozirgi  paytda  Muruntov,  Marjonbuloq  va  Kamokqir  kabi  7  ta  oltin  konlari 

ishlatilib  kelinmoqda.  Sobiq  Sho‘rolar davrida  yer  qa’ridan  olinadigan  jami  oltin miqdorining 

25,2% O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri kelardi.  Faqat Muruntov oltin konidan  yiliga 50-55 tonna 

sof oltin  olinadi.  Nodir metallarning  aniqlangan  zaxiralari  ishlab  turgan  korxonalarning  20-30 

yil ishlashini ta’minlanishi mumkin. Hozirgi paytda Qizilqum va Toshkent atrofidagi iqtisodiy 

mintaqalarda qidiruv ishlari olib borilmoqda. 

Olmaliq  tog‘  metallurgiya  kombinatining  asosiy  xom-ashyo  bazasini  Kalmaqir, 

Saricheku,  Uchquloch,  Qo‘rg‘onshikan  va  boshqa  mis-molibden  va  qo‘rg‘oshin-rux  konlari 

tashkil etadi. Ushbu konlarning ma’danlari tarkibida misdan tashqari oltin, kumush, molibden, 

selen va boshqa nodir elementlar mavjudligi aniqlangan. 

Hozirgi paytda 5 ta aniqlangan volfram konlaridan 2 tasi (Koytosh va  Ingichka konlari) 

ishlatilmoqda. 2 ta volfram konlari (Saritau va Sautboy konlari) va 2 ta qalay koni (Karnab va 

Zirabuloq-Ziyoutdin konlari) ochildi. 

Olimlarimizning  bashoratlariga  qaraganda,  fosforitlarning  zaxirasi  (asosan  fosfor 

angidrid)  100  mln.  tonna  deb  baholanmoqda.  Fosforli  o‘g‘itlar  ishlab  chiqaruvchi  zavodlar 

Qozog‘istonning Koratau ma’dan konlaridan keltirayotgan xom-ashyolar hisobiga ishlamoqda. 

Respublikamizdagi  tog‘  jinslarining  kompleksi  va  yaratilgan  mineral  xom-ashyolari 

qurilish materiallari (marmar, granit, sement va b.q.)ni ishlab chiqarish imkonini beradi. 

Respublikada mineral  issiq  suv va  sanoat suvlarining zaxiralari  mavjud.  Hozirgi paytda 

32 ta mineral suv zaxiralari aniqlangan bo‘lib, ularning 12 tasida  dam olish maskanlari tashkil 

etilgan.  Xalq  xo‘jaligi  ehtiyojlarini  qondirish  maqsadida  9  ta  suv  qadoqlash  zavodlari  ishga 

tushirildi. Mineral suv zaxiralari 8208 ming m

3

/sutkani tashkil etmoqda. Yuqori haroratli issiq 



suv maskanlari Farg‘ona vodiysida, Buxoro, Samarqand va boshqa viloyatlarda topilgan. 

Respublika miqyosida sanoat suvlarining yirik zaxiralari (Ustyurt, Janubiy Orol, Buxoro-

Qarshi, Surxondaryo, Farg‘ona artezian havzalari) ochilgan, ularning tarkibida yod, brom, bor, 

seziy,  rubidiy,  stronsiy  kabi  elementlar  mavjudligi  aniqlangan.  Buxoro-Qarshi  artezian 

havzasining sanoat suvlari eng istiqbolli hisoblanadi. 

Mustaxkamlash uchun savollar: 

1. Foydali qazilmalar guruhiga nimalar kiradi? 

2. Mamlakatimizda nechta neft va gaz konlari va ularni qayta ishlash zavodlari mavjud?   

3. Respublikamizda nechta mineral xom-ashyo turlari va ularning konlari mavjud? 

4. Respublikamizning uglevodorod xom-ashyolari va ularning umumiy zaxiralari haqida 

ma’lumot  bering? 

5.  Respublikamizdagi  toshko‘mir  konlari  va  ularning  zaxiralari  haqida  ma’lumot 

bering? 

6.  Respublikamizdagi nodir metallar konlari haqida ma’lumot bering? 



  51 

 

                                        8-mavzu:  Qurilish ekologiyasi 



                                       

Reja: 

1.Qurilish ekologiyasining rivojlanish tarixi. 

2.Qurilish ekologiyasining asosiy yo‘nalishlari. 

 

Tayanch  iboralar:  Barqaror  rivojlanish,  binolar,  biologik  jarayonlar,  konstruksiyalar, 

qonun  va  qoidalar,  qurilish  mutaxassislari,  qurilish  ekologiyasi,  materiallar,  resurslar,  sanoat 

tarmog‘i,  tabiiy  atrof-muhit,  texnologiyalar,  ekologik  monitoring,  ekologik  muvozanat, 

ekotizimlar. 



 

8.1. Qurilish ekologiyasining rivojlanish tarixi. 

Ekologiya  tizimlari,  yaratilgan  muhitni  atrofdagi  dunyoda  o‘rganish  uchun  ularning 

me’yoriy  ufqlaridan  ko‘prog‘iga  erishganligini,  quruvchilarning  jasorati  deb  tan  olishadi. 

Qanday  qilib  bizga  ekologiya  jarayonlarining  bilimlari  imoratlarning  hayot  davrini  dinamik 

yo‘llardagi  muhitning  binolarini  qurish  va  qayta  ishlashi  bilan  yaxshiroq  sozlashga  yordam 

berishi  mumkin?  Ekologlar  tabiatshunos  olimlarning  e’tiborini  molekulalardan  biologik 

hujayralarga,  organizmlarga,  aholiga,  jamoalarga,  manzaralarga,  biosferaga  jalb  qilish  uchun 

o‘tgan yarim asr davomida shunga o‘xshash kurashni olib borishmoqda. Mutaxassislar doimo 

bir-birlarining  nuqtai  nazarlarini  asli  holga  qaytarib,  yana  yangilanishini  xohlashadi. 

Faoliyatning  atrof  muhitga  qanday  moslashayotganini  baholash  masalasi  oson  va  yanada 

qiyindir.  Bu  osonlashmoqda,  chunki  bo‘lib  o‘tgan  bir  qator  krizislar  insonlarning  uylariga 

zararli  oqibatlarni  olib  kelganidan  so‘ng,  insonlar  yanada  ko‘proq  atrof-muhitni  tushunib 

yetishishni xoxlashmoqda. Aslidan ko‘ra, ajablanish va noaniqlik muqarrar tuyulgan nuqtadan 

yaqinroq ko‘rilganda, bu yanada murakkab tasvirni ko‘rsatadi va shuning uchun ham qiyindir. 

Ko‘pchilik  harakat  qilish  kerak,  deb  hisoblashi  haqida  fan  bizga  ishonch  bera  olmasligi 

mumkin. Ammo bu  bizga,  bizning  savollarimiz  va bizning  harakatlarimizni  yanada  dono  yo‘l 

bilan dinamik va murakkab biosferamizni tadqiq qilishimiz kerakligini shaklantirishda yordam 

beradi.  Bu  zamonni  qiyofasi  nima?  Biz  biologik  murakkablikni  o‘sib  borayotgan  o‘rnini 

ko‘proq tan olganimiz sari sanoat uskunalarining ahamiyati  yo‘qolib bormoqda. Qanday qilib 

biz  materiallar,  oziq  moddalar,  suv  va  energiya  davrlarining  to‘qimasidagi  millionlar 

organizmlar,  biologik  turlar  va  jamoalarning  o‘zaro  aloqasini  tunishni  boshlashimiz  mumkin? 

Amerika va Angliya (Charles J. Kibert, Jan Sendzimir, G. Bradley Guy) ekologlari bu masalani 

tizimlar  nuqtai  nazaridan  muhokama  qilishadi.  Ular  bizga  bu  g‘oyalarni  inson  bosh  panasini 

yaratish,  foydalanishga  tiklash  va  hayotga  qaytarish  jarayonini  boshqarishda  ishlatishni  taklif 

etishni  o‘rniga,  tizimlar  (ekologik  va  boshqalar)  qanday  qilib  qurilish  va  vayrona  bo‘lish 

davrida saqlanib qolishi haqidagi fikrlar xilma-xilligini taklif etishadi

1



Quyidagi  ekolog  olimlar  fanlar  tizimidagi  tabiiy  va  inson  tizimlarini  tushunishni 



qo‘llanishiga noyob tajribani olib kirishdi.  

N.T.Odum meteorologiya va geokimyodan boshlab, bugun ekologiya tizimlari atalmish 

fanga  asoslarni  solgan.  N.T.Odum  “...oxirgi  ellik  yil  davomida  tizim  fikrlashiga  qanday 

intizomlarni  kiritmaganini  bilish  talabchan  topshiriq  bo‘lardi.”  deydi.  Oddiylik  va  ravshanlik 

bilan  orasta  ishlaydigan  yondashishga  to‘qnashayotgan  ko‘p  sohalar  bir  avlod  ekologlar 

taraqqiyoti uchun fundamental bo‘lib, chuqur va har tomonlama tushunishni aks ettiradi. 

Jeyms Key qanday qilib, tizimlar o‘z tuzilmalarini turli sifat energiyalarning oqimlari va 

qayta  aloqalari  funksiyasi  sifatida  rivojlantirishi  haqidagi  nazariyani  ilgari  surishi  uchun 

ishlamoqda  va  bunday  g‘oyalarni  tajribaga  asoslanib  boshqarishdagi  hududiy  yerlarni 

rivojlantirishda qo‘llaydi.  

                                                           

1

 Charles J. Kibert, Jan Sendzimir, and G. Bradley Guy (Edited by 2003) Construction ecology: 



nature as the basis for green buildings. London and New York p. 303. (p. 29-35)

 


  52 

Tim  Allen  tizimlar  qanday  rivojlanishi  va  o‘zgarishi  haqida  test  sifatida  o‘simliklar 

ustida  tajribalar  olib  borgan  va  ko‘p  korxonali  (ko‘p  darajali  ko‘rsatkich)  tizimlar  tuzilmasini 

tushuntirish uchun shajara (iyerarxik) nazariyasini rivojlanishiga yetakchi homiy bo‘lgan. 

Garri  Peterson  olov  qanday  qilib  o‘rmon  landshaftining  naqshlarini  shakllantiradi  va 

qanday  qilib  hayvonlar  naqshlarga  javoban  harakatlanishining  g‘oyasini  tekshirish  uchun 

kompyuter  modellashtirishni  ishlatadi.  Uning  modellashtirish  ishi  Floridadagi  (AQSh)  uzun 

bargli qarag‘ay o‘rmon tajribaga asoslanib boshqaruvning turli g‘oyalari uchun sinov maydoni 

bo‘lgan.  

 

Qurilish  ekologiyasining  aniqlanishi

2

.  Sun’iy  atrof-muhitning  qurilishi  va 

foydalanishi  tabiiy  atrof-muhitga  iqtisodiyotdagi  o‘rniga  qaraganda  nomutanosib  ta’sir 

o‘tkazadi.  Garchi  bu  AQShning  yalpi  ichki  mahsulotining  8%  tashkil  etsa  ham,  qurilish 

sohasida  qazib  chiqarilgan  materiallarning  40%  sarflaydi.  Umumiy  yerga  ko‘miladigan 

chiqindilarning uchdan birini chiqaradi va o‘zining ishi uchun milliy energiya iste’molini 30% 

tashkil  etadi.  Sanoat  sohasining  muvozanatini  saqlash  manbalari  ishlatish  yo‘llarining 

fundamental 

o‘zgarishlarga  va  qurilish  faoliyatini  qo‘llab-quvvatlaydigan  sanoat 

jarayonlarining chiqindilariga taalluqli past tan narxli mahsulotlarga bog‘liqdir. Qurilish boshqa 

sanoat  turlari  kabi  tabiiy  tizimlarning  metapolic  xatti-harakatini  kuzatishdan  yutib, 

muvozanatni saqlash elementlarining murakkab  yig‘indisining xususiyati bo‘ladi. Tabiatni o‘z 

sanoati  uchun  o‘rganayotgan,  paydo  bo‘layotgan  sanoat  ekologiyasining  sohasi  sun’iy  atrof-

muhitni yoki muvozanatli qurilishning ma’nosini anglash qobiliyatini beradi. Bu kitob qurilish 

sohasini  va  materiallarni  qo‘llab-quvvatlaydigan,  muvozanatni  ideallariga  yaqinroq  qilish 

uchun bizga tabiiy va sanoat ekologiyasidan tashkil topgan qurilish ekologiyasi tushunchasini, 

sanoat qurilishlarining turlarini taklif etadi. Bundan tashqari qurilish ekologiyasi bizni hamma 

narsalar bilan ta’minlaydigan tabiiy tizimlarni o‘zi chiga oladigan yirik masshtabli biohududiy 

yashil infratuzilma”ni o‘z yo‘lida ichiga oladigan simbiotik, sinenergetik, sun’iy atrof-muhit, 

tabiiy atrof-muhitning keng qamrovli aloqalarini o‘z ichiga oladi.  

Ekotizimlar  inson  faoliyatini  muvozanatli  yo‘lga  o‘tkazishda  juda  muhim  namuna 

sifatida manba bo‘ladi. Jumladan:  

 

tabiiy jarayonlar ko‘proq davriy bo‘ladi; 



 

quyosh nurlari energiyasining oqimidan va organik omborlardan ishlaydi; 

 

pastgi  qismlarning  funksiyalarining  bajarilishini  turli  tusga  kiritib,  har  bir 



chegaradagi eguvchanlikni qo‘llab-quvvatlaydi;  

 

turli  xil  chegaralardagi  funksiyalarni  ortig‘i  bilan  bajarib,  har  bir  chegaradagi 



muvozanatni qo‘llab-quvvatlaydi;  

 

murakkab jamoalarning kooperativ aloqalarini rivojlantirib, materiallarning samarali 



foydalanishini qo‘llab-quvvatlaydi;  

 

tashqi  atrof-muhitning  o‘zgarishlariga  javoban  moslanuvchan  va  taraqqiy  etish 



uchun yetarli turli xil ma’lumotlarni hamda funksiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi.  

Inson  faoliyati  sanoatning  quyi  tizimiga  tabiiy  tizimlarni  loyihalashtirish  tartiblarini 

qo‘llanilishining turli xil yo‘llarini ko‘rib chiqadi. Tiklanmaydigan resurslardan foydalanishga 

asoslangan iqtisodiyotning harakatlanishini qayta loyihalashtirishni olib boradi.

 

Sanoat  tizimlarini  rejalashtirish  ekologik  tizimlarning  modellarini  moslashishiga  asos 



bo‘lib,  shakllanayotgan  sanoat  ekologiyasi  yangi-yangi  intizomdir.  Ekologik  sanoatning 

xususiyatlarini  tasvirlaydigan  sanoat  simbiozini

3

,  atrof-muhitning  dizaynini,  sanoat 



metabolizmini,  ekologik  toza  ishlab  chiqarishni,  ekologik  samaradorlikni  va  boshqa  yangi 

terminlarni  o‘z  ichiga  olish  uchun  oxirgi  izlanishlarda  sanoat  ekologiyasi  qayta  ko‘rilib 

kengaytirilmoqda.  Texnologik  vositalardan  yana  ham  kengroq  foydalanish  uchun  hozirgi 

mavjud  sanoat  chiqindilarining  oqimini  boshqa  sanoat  jarayonlariga  manba  sifatida  ishlatish 

                                                           

2

 Charles J. Kibert, Jan Sendzimir, and G. Bradley Guy (Edited by 2003) Construction ecology: 



nature as the basis for green buildings. London and New York p. 303. (p. 5-12)

 

3



  Симбиоз  –  икки  хил  организмнинг  муайян  бир  муҳитда  бир-бирига  фойда  ёки  зарар 

келтириб, бирга яшаши. 



  53 

uchun  sanoat  simbiozi  ekotizimni  kuzatishdan  hosil  bo‘lganlarni  dars  mashg‘ulotlarida 

foydalanishga  e’tibor  qaratadi.  Mahsulot  materialining  tarkibiy  qismlarini  qayta  ishlatish  va 

ishlashda  paydo  bo‘layotgan  intizom,  atrof-muhitni  rejalashtirish  inson  loyihalashtirish 

jarayonini  o‘zgartiradi.  Manbalarni  ishlatish  foydaliligini  ko‘paytirishni  ko‘zlab,  manbalarni 

ishlatish  va  sanoat  chiqindilarini  ishlab  chiqarish  haqida  tushunchalarni  olish  uchun  sanoat 

metabolizmi  sanoatning  kirish,  jarayon  va  chiqishlarini  ko‘radi.  Materialllarni  ishlatishning 

tizimli qisqarishi va nazorat qilish hamda mahsulot hayotining oxiriga qadar xom ashyo 

sifatida foydalanishdan sanoat jarayonlarining zanjiri bo‘ylab ifloslanishning oldini olish 

ekologik  toza ishlab  chiqarishdirEkologik  samaradorlik  ishlab  chiqarish kompaniyalarini 

tovar  va  xizmatlarga  material  va  energiyani  ishlatishni  kamaytirishga,  zaharli  chiqindilarni 

kamaytirishga,  materiallarni  qayta  ishlab  chiqarish  xususiyatiga  ega  qilib  chiqarishga, 

materiallarning 

muvozanatli 

ishlatishni 

ko‘paytirishga,  mahsulotning  chidamligini 

ko‘paytirishga hamda xizmat ko‘rsatish qizg‘inligini oshirishga chaqiradi. 

Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (Organization for Economic Cooperation 

and  Development  (OECD)ga  kiradigan  davlatlar,  bu  degani  asosiy  sanoatlashtirilgan 

davlatlarda  sun’iy  atrof-muhitni  qurish  va  ishlatish  barcha  iqtisodiyot  sohalaridan  material  va 

energiya  manbalarining  ishlatilishi  eng  katta  hajmini  tashkil  etib,  tabiiy  tizimli  modellarni 

ishlatishdan eng katta foyda olishi mumkin demakdir.  

Har ikkala bo‘g‘im (segment)da  yangi binolarni  tashkil etadigan qurilish materiallarini 

ishlab  chiqarilishini  va  hozirgi  mavjud  binolarni  buzib,  qurilish  materiallarini  yangi  va  qayta 

loyihalashtirilayotgan binolarda qo‘llanilishini, qanday qilib sanoat muvozanatlikga erishishini 

tushuntiradigan qurilish sanoati yaxshi xizmat qilishi mumkinligini sanoat ekologiyasi ichidagi 

qurilish  ekologiyasi  aniqlaydi.  Boshqa  sanoat  tizimlari  kabi  qurilishda  o‘tkazish  qobiliyatini 

aniqlash  yo‘li  orqali,  ya’ni  “metabolizm”ni  aniqlash  bilan  yordam  ko‘satiladi.  Ta’kidlangan 

ma’lumotda,  ikkita  tabiiy  tizim  va  rivojlanayotgan  sanoat  ekologiyasidan  olingan 

ma’lumotlarni  ichiga  olish  uchun  avvalo  olingan  materiallarning  davrlarini,  ammo  keng 

miqyosda  hududiy  energetik  va  material  oqimlarining  qurilish  sanoatidagi  imkoniyati  ko‘rib 

chiqiladi.  Shuningdek,  uning  tabiiy  atrof-muhitga  bo‘lgan  munosabatini  o‘rganadi.  Ko‘pincha 

munosabatlarda  qurilish  sanoati  boshqa  sanoat  tarmoqlaridan  farqlanmaydi.  Biroq  shunga 

qaramay  yetarlicha  farqlar  mavjud  bo‘lib,  ularning  uzoq  hayotiy  davri  va  materiallarning 

xilma-xilligi alohida e’tiborni talab qiladi. Shunday qilib, ekologiyani bu  sohasiga qo‘llash va 

uning  metabolizmini  tushunish  harakatlari  boshqa  sanoat  tarmoqlariga  tutashmagan  noyob 

muammolarga olib keladi.  

Bugungi  taraqqiyot  davrida  ekologiya  va  qurilish  industriyasining  to‘qnashuvi  yangi 

ilmiy yo‘nalish “qurilish ekologiyasi”ning shakllanishiga asos bo‘ldi. 

Qurilish ekologiyasining paydo bo‘lishi  ekologiya  fanining  yangi  qirrasi  bir  tomondan 

qurilish  faoliyati  atrof-muhit  ifloslanishining  eng  yirik  manbasi  va  sayyoraning  qayta 

tiklanmaydigan resurslarini sezilarli iste’molchisi sifatida qolayotgani davom etayotgan bo‘lsa, 

boshqa tomondan esa ekologik krizisdan chiqish va boshqa iqtisodiyot tarmoqlari kabi qurilish 

tarmog‘iga o‘tish barqaror rivojlanish yo‘lining keskin zaruriyatini yuzaga keltirdi. 



Qurilish  ekologiyasining  muhim  asosiy  vazifasi  insonga  va  tabiiy  ekotizimlarga 

qurilish texnologiyalarining salbiy ta’sirini tadqiq etish, ekologik xavfsiz qurilishning barqaror 

rivojlanish qonun va qoidalarini ishlab chiqish hisoblanadi. 

Qurilish  ekologiyasining  xususiyatiga  “qurilish  –  tabiiy  atrof-muhit”  tizimiga  o‘zaro 

ta’siri jarayonlarini har tomonlama o‘rganishga xizmat qiladi.  



Qurilish  ekologiyasining  uslubiy  asosi  qurilish  faoliyati  va  boshqarish  qarorlarini 

ogohlantirish  uchun  axborot  ta’minoti  yoki  salbiy  ta’sirni  kamaytirish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 

antropogen xavf-xatarni tahlil va oldindan ma’lum qilish hisoblanadi. 

Qurilish ekologiyasi umumiy va amaliy ekologiya, arxitektura qurilish fanlari, kimyo, 

fizika,  muxandislik  geologiyasi,  tibbiyot,  ijtimoiy-iqtisodiy  va  boshqa  fanlardan  bilimlarga 

tizimli asosda tayanadi

Qurilish  ekologiyasi  o‘zining  maqomi  bo‘yicha  amaliy  ekologiyaning  bir  xil 

tarmog‘idan va muxandislik ekologiyasining bir xil tizim ostidan hisoblanadi. 


  54 

Qurilish  ekologiyasi  ekologik  fanlar  tizimida  yangi  yo‘nalish  sifatida  faqat  oxirgi  22 

yilda jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. 1994 yilda AQShning Tampe shahrida barqaror ekologik 

qurilish bo‘yicha birinchi xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. 1997 yilda Fransiyaning Parij shahrida 

ikkinchi  va  2002  yilda  Norvegiyaning  Oslo  shahrida  uchinchi  xalqaro  anjuman  bo‘lib  o‘tdi. 

Ushbu  xalqaro  anjumanlarning  qarorlarida  barqaror  qurilish  qayta  tiklanmaydigan  resurslarni 

eng  qulay  ishlatish  yo‘li  bilan  hayotning  sifatini  ta’minlash  va  qayta  tiklanadigan  resurslarni 

doimiy qo‘llash maqsadi bilan sog‘lom iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga, shuningdek biologik 

xilma-xillik va tabiiy atrof-muhitga yetkaziladigan zararni kamaytirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi 

kerakligi ta’kidlangan.  

Qurilish  texnologiyalari  bilan  bog‘liq  holda  atrof-muhit  va  salomatlik  uchun  xavf-

xatarni har tomonlama o‘rganish maqsadi 1997 yilda Shvetsiyada Qurilish ekologiyasi instituti 

tashkil etildi. Ushbu institut huzurida 1998 yilda qurilish bo‘yicha Xalqaro kengashning Butun 

dunyo kongressi tashkil etildi. 

1998 yil 7-12  iyun kunlari Shvetsiyada “Qurilish va atrof-muhit” shiori ostida qurilish 

bo‘yicha  Xalqaro  kengashning  Butun  dunyo  kongressi  bo‘lib  o‘tdi.  Ushbu  Butun  dunyo 

kongressida quyidagi asosiy muhim muammolar muhokama etildi: 

 

ekologik xavfsiz qurilish materiallari va texnologiyalari; 



 

qurilish konstruksiyalarining ishonchliligi va umriboqiyligi ekologik mezon sifatida; 

 

qurilish barqaror rivojlanish omili.  



2002  yilda  qurilish  industriyasining  Yevropa  federatsiyasi  qurilish  faoliyati  jarayonida 

atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida 

qaror  qabul  qildi.  Ushbu  chora-tadbirlarda  ekologik  xavfsiz  qurilish  materiallari  va 

texnologiyalarni  foydalanuvchi  qurilish  kompaniyalari  uchun  imtiyozli  sharoitlarni  yaratish 

ko‘zda tutilgan.  

8.2. Qurilish ekologiyasining asosiy yo‘nalishlari

Ekologiya  yaqin  vaqtgacha  tirik  organizmlarning  va  organizmlarning  atrof-muhit 

o‘rtasidagi  o‘zaro  bog‘liqligini  va  ularning  yashashi  kabilarni  o‘rgatuvchi  biologiya  fanining 

asosiy qismi sifatida ko‘rib chiqilayotgan edi. Hozirgi vaqtda ekologiya tabiiy atrof-muhitni va 

inson  faoliyati  bilan  uning  o‘zaro  bog‘liqligini  o‘rgatuvchi  bo‘lgan  ilmiy  fanlar  kompleksini 

aniqlashtiradi. 



Qurilish ekologiyasining asosiy yo‘nalishlari 

 

   



  

Qurilish ob’ektining hayotiy davri 

 

  

 



 

  

 



 

 

  



  

Qurilish texnogenezi 

 

  

 



 

  

 



 

 

  



  

Biosferaga qurilishning salbiy ta’siri 

 

  

 



 

  

 



 

Qu

rilis



h

 ek


o

lo

g



iy

asi


 

  

  



Salbiy ta’sirlardan muxandislik ekologik himoya 

  

 



  

 

 



  

  

Shahar qurilishi ekologiyasi asoslari 



  

 

  



 

 

  



  

Shahar qurilishi maqsadi uchun muxandislik ekologik izlanishlar 

  

 

  



 

 

  



  

Turar joy va jamoat binolarining ekologik xavfsizligi 

  

 

  



 

 

  



  

Qurilish materiallari va buyumlarining ekologik xavfsizligi 

  

 

  



 

 

  



  

Qurilishda energiya va resurs tejamkorlik 

  

 


  55 

  

 



 

  

  



Poydevor qurilishi va ekologiya 

  

 



  

 

 



  

  

Qurilishda ekologik xuquq 



  

 

 



  

 

 



 

  

  



Qurilish sohasida iqtisodiyot ekologiyasi 

 

  



 

 

  



 

 

 



  

  

Qurilishda ekologik monitoring 



 

  

 



 

  

 



 

 

  



  

Ekologik xavfsiz qurilish – barqaror rivojlanish omilidir 

 

 

 



 

Hozirgi  zamonaviy  davrda  tabiiy-ilmiy  bilimlarning  rivojlanishi  barcha  fanlarning 

ekologikligi  bilan  tavsiflanadi.  Ekologik  bilimlar  alohida  ahamiyatli  bo‘lgan  biologik  fanga 

to‘xtalib  qolmasligi  bilan  ilm-fanda  insonning  tabiiy  atrof-muhit  ta’siriga  hamda  ushbu 

antropogen  jarayonni  yumshatish  usullariga  o‘zgartiradi.  Geologiya,  kimyo,  tibbiyot,  fizika, 

qurilish  fanlari  va  b.q.  bilan  ekologiyaning  to‘qnashuvida  yangi  turdagi  bilimlarni,  ya’ni 

geoekologiya,  urboekologiya,  muxandislik  ekologiyasi,  qishloq  xo‘jaligi  ekologiyasi  va  sh.k. 

yaratadi. 

 

Shuning  uchun  amaliy  ekologiyaning  tutgan  o‘rnida  muxandislik  ekologiyasi, 



geoekologiya, shaharsozlik ekologiyasi va b.q. fanlar mavjudligiga haqlidir. 

 

Hozirgi vaqtda ekologiyaning qurilish bilimlari bilan to‘qnashuvida yana bir yangi ilmiy 



yo‘nalish – qurilish ekologiyasi paydo bo‘lishiga asos bo‘ldi. 

 

Qurilish  ekologiyasining  asosiy  yo‘nalishlariga  qurilish  ob’ektining  hayotiy  davri, 



biosferaga qurilishning salbiy ta’siri, salbiy ta’sirlardan muxandislik ekologik himoya, turar joy 

va  jamoat  binolarining  ekologik  xavfsizligi,  qurilishda  energiya  va  resurs  tejamkorlik, 

poydevor qurilishi va ekologiya, ekologik monitoring va b.q. kiradi (2-rasmga qarang). 

 


Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling