Elektrdan kuyish
Elektrdan kuyishning oldini olish uchun quyidagi
tavsiyalarni bajaring:
-elektr uskunalardan hech qachon suv yaqinida
foydalanmang;
-eskirgan elektr shnurlarni tashlab yuborish yoki ta’mirlash
kerak;
-uyda kichkina bolalar bo‘lsa, elektr rozetkalarni ulardan
yaxshilab ehtiyotlaganingizga ishonch hosil qiling.
Elektr toki odam tanasi orqali o‘tar ekan, uni qizdiradi, bu
esa kuyishga olib kelishi mumkin. Bunda jabrlanuvchining
elektr toki kirgan va chiqqan joylarida jarohat ko‘rinadi. Bu
kuyik ko‘rinishdan ahamiyatsizga o‘xshasa-da, aslida ancha
og‘ir bo‘ladi, chunki ichki to‘qimalar jiddiy jarohatlangan
bo‘lishi mumkin. Elektrdan kuyish, odatda, chuqur bo‘ladi.
Elektr toki urishi, kuyishdan tashqari boshqa muammolarni
ham yuzaga keltiradi. Elektr toki yurak aritmiyasini keltirib
chiqarishi va hatto yurak to‘xtashiga ham olib kelishi mumkin.
Jabrlanuvchining nafas olishi ham to‘xtashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |