Hayot faoliyati
Kuygan kishiga birinchi yordam berish
Download 275.31 Kb.
|
Hayot faoliyati
Kuygan kishiga birinchi yordam berish. Birinchi yordam
berishda bemorni shifoxonaga yuborishdan avval, uning kuyish darajasini aniqlash, hayotiga xavf soluvchi patologik holatlarni bilish (kuyish natijasida shok holati, nafas organlarining shikastlanishi, yonuvchi zaharli moddalar bilan zaharlanish, mexanik shikastlanishlar, elektrotravma ta’sirida hayot faoliyatining buzilishini) va agar lozim bo‘lsa, reanimatsiya va davo tadbirlarini qo‘llash (yurakning yopiq massaji, sun’iy nafas oldirish, taxtakachlash) lozim. Voqea sodir bo‘lgan yerda kuygan yaraga bog‘lam qo‘yish aslo mumkin emas. Agar kimyoviy kuyish sodir bo‘lsa, zudlik bilan shikastlangan yerni juda ko‘p miqdordagi oqar suv bilan 10 – 15 minut davomida yuvish zarur. Kuygan yara atrofini quruq salfetka bilan (iloji bo‘lsa, steril mato bilan) berkitish lozim. Agar steril mato bo‘lmasa, xohlagan toza matoni ishlatish mumkin. Kuygan yara ustiga dori-darmonlarni qo‘yishga ruxsat etilmaydi, ayniqsa, maz va yog‘simon moddalar surtish kerak emas, bu diagnostika hamda kuyish darajasini aniqlashni qiyinlashtiradi, uydagi dorilardan o‘z bilgancha foydalanish ham yaxshi natija bermaydi. Bemorni transportirovka qilish muhim masala bo‘lib, undan oldin, agar kuyish katta ko‘lamda bo‘lsa, shokka qarshi muolajalar qilinadi. Buning uchun og‘riqni qoldiradigan dorilar (promedol, aminalon, morfin eritmalari, analgin va antigistamin moddalari, dimedrol, suprastin) ishlatiladi. Iloji bo‘lsa, ularni venaga yuborish kerak, chunki shok holati sodir bo‘lganda bu moddalarning teri ostidan va mushakdan so‘rilishi sekin o‘tadi. Kuygan kishini transportirovka qilish vaqtida u yotgan holda bo‘lishi, uning sovqotib ketmasligining oldini olish kerak. Kuyganlarga birinchi yordam berish hamda transportirovka qilish quyidagicha bo‘ladi: 1. Yuqori harorat ta’sirini yo‘qotish. 27 2. Kuygan yuzalarni sovitish. 3. Og‘riqni qoldiradigan dorilar. 4. Himoyalovchi bog‘lam qo‘yish. 5. Issiq choy, kofe, ishqorli suv berish. Transportirovka qilishdan avval og‘riqni qoldiruvchi tibbiy vositalar beriladi. Bemorni shifoxonaga yotqizganda birinchi meditsina yordami qay tariqa ko‘rsatilganligini aniqlash lozim, chunki bu shikastlanishning qay ahvolda ekanligini aniqlashda va kelgusi davo choralarini qo‘llashda hisobga olinadi. Shifoxonada kuygan kishilarni umumiy davolash bilan birga jarohatlarni mahalliy davolash ham maqsadga muvofiqdir. Chunki har bir bemorni davolashda umumiy va mahalliy davolash birgalikda olib boriladi. Download 275.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling