Hayot faoliyati
Ilon chaqqanda birinchi yordam
Download 275.31 Kb.
|
Hayot faoliyati
Ilon chaqqanda birinchi yordam
Gospitalgacha bo‘lgan vaqtda yordam berish maqsadida zaharli ilon chaqqan vaqtda shikastlangan joyda qon aylanishini sekinlashtirish (ammo to‘xtatish emas), zahar so‘rilishini susaytirish, organizmning hayotiy zarur funksiyalarini kuzatish va jabrlanuvchini tezkorlik bilan minimal harakatlantirgan holda tibbiy muassasaga eltish zarur. 1. Ilon turini aniqlashga harakat qiling. Bunday aniqlik davolashda ilon zahariga qarshi zardobni tanlashda juda muhim.
2. Birinchi yordam ko‘rsatishning asosiy tamoyillariga rioya qiling. 191
3. Shikastlangan joyni sovunli suvda ehtiyotkorlik bilan yuvib tashlang (bu qisman bo‘lsa ham zaharni yuvib tashlashi mumkin). Shikastlangan joyni qattiq ishqalash mumkin emas, chunki zahar tezroq shimilishi mumkin. 4. Jabrlanuvchiga qulay o‘rnashib olishga yordam bering, hamda agar imkon bo‘lsa, zahar so‘rilishini sekinlashtirish uchun, tananing chaqilgan qismini yurak sathidan pastroq tushiring. 5. Chaqilgan joyga muz qo‘ying. 6. Jabrlanuvchidan hamma taqinchoqlarini yechishni so‘- rang (ayniqsa uzuk, bilak-uzuklarni, chunki shishish paydo bo‘lganda ular qon aylanishi buzilishiga olib keladi). Agar kerak bo‘lsa jabrlanuvchiga yordam bering. 7. Jabrlanuvchini tinchlantirish hamda unga harakatsiz yotishni maslahat bering. 8. Limfa oqimini (qon oqimini emas) kamaytirish maqsadida shikastlangan oyoq yoki qo‘lga yengil limfatik bog‘lov qo‘yish kerak (agar ilon oyoq yoki qo‘lni chaqqan bo‘lsa). Buning uchun elastik bint yordamida sirkulyar bog‘lov qo‘yish lozim.
9. Jabrlanuvchining hayotiy belgilarini puxta kuzatish lozim va kerak bo‘lsa, birinchi yordam ko‘rsatish kerak. Puls va nafas olishini tez-tez tekshirish lozim. Zarur bo‘lib qolsa yurak-o‘pka reanimatsiyasini o‘tkazing. 10. Jabrlanuvchini tibbiy muassasaga olib borish lozim. Ilon chaqishi kamdan kamdan hollarda o‘limga olib keladi. Biroq bemorga iloji boricha tezroq shifokor yordamini ko‘rsatish kerak. Kichik bolalar, tana massasi kichik bo‘lgani uchun, ularda xavf kuchliroq bo‘ladi.
Download 275.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling