Hayot faoliyati
Is gazi bilan zaharlanish belgilari va alomatlari
Download 275.31 Kb.
|
Hayot faoliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Is gazi bilan zaharlanganda birinchi yordam ko‘rsatish
Is gazi bilan zaharlanish belgilari va alomatlari
Bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi. Nafas chalg‘ishi. Teri olcha rangini kasb etishi. Is gazining uzoq vaqt va bevosita ta’siri o‘limga olib kelishi mumkin. Is gazi bilan zaharlanganda birinchi yordam ko‘rsatish Birinchi yordam ko‘rsatish tamoyillariga amal qiling. Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini zudlik bilan chaqiring. Jabrlanuvchini zaharlanish zonasidan toza havoga olib chiqing.
Qutqaruvchilarning o‘zlari is gazi ta’sirida keragidan ortiq vaqt bo‘lmasliklari lozim. Qutqaruvchi hodisa sodir bo‘lgan joyni xavfli, deb hisoblasa, avariya xizmatini chaqirishi lozim. Zaharlanish manbayini iloji boricha bartaraf qilish (masalan, avtomobil dvigatelini o‘chirish) lozim.
Uy hayvoni yoki yovvoyi hayvon tishlasa, infeksiya tushishi mumkin. Eng xavflisi – quturish. Quturish virusi zararlangan hayvonning, masalan, tulki, ko‘rshapalak, yenot, mushuk, it va qishloq xo‘jalik hayvonlarining so‘lagi orqali o‘tadi. Quturgan hayvonlar o‘zini g‘alati tutadi. So‘lagi ko‘p oqishi mumkin, qisman falajlangandek ko‘rinadi, asabiylashgan, agressiv yoki g‘ayriodatiy darajada tinch ko‘rinadi. 189 Quturishni davolanmasa, kasallik o‘limga olib kelishi mumkin. Noma’lum hayvon tishlagan odamni zudlik bilan shifokor ko‘rishi kerak. Jabrlanuvchiga vaqtsina yuborilsa, kasallik avj olishini bartaraf qilish mumkin. Zamonaviy vaqtsinalar ishlatilsa, inyeksiya soni kamayishi mumkin, ularning qo‘llanilishi tufayli yuzaga keladigan nojo‘ya ta’siri ham ilgaridek jiddiy bo‘lmaydi. Agar odamni hayvon tishlagan bo‘lsa: • jabrlanuvchini nariga, xavfsizroq joyga olib boring. Hayvonni tutishga urinmang; • jarohat katta bo‘lmasa, uni yuving; • so‘ng qonni to‘xtatib, bog‘lam qo‘ying. Infeksiya belgilari va alomatlarini kuzating. Jarohatdan qon qattiq oqayotgan bo‘lsa, birinchi navbatda qonni to‘xtating. Jarohatni tozalamang. Jarohat kasalxonada yuviladi. Odamlarni odamlar ham tishlashi mumkin bo‘lsa-da, ko‘- pincha hayvon tishlaydi (qopadi). Inson og‘zida ko‘plab xilmaxil mikroorganizmlar bo‘lib, ular jarohatlangan teri orqali tushsa, infeksiya keltirib chiqarishi mumkin. Hatto go‘dakning o‘ynab tishlashi ham jiddiy infeksiya keltirib chiqarishi mumkin. Bunda ham hayvon tishlagandagi kabi birinchi yordam ko‘rsatiladi.
Ilonlar faqat ularni bezovta qilinsagina chaqadi. Zaharsiz ilonlar chaqqanda yordam oddiy jarohatga yordam ko‘rsatilgani kabi beriladi. Ilon, odatda, harakatlanayotgan obyektga hujum qiladi. Ilon hujum qilganda uning uzunligining uchdan ikki qismi oldinda va uchdan bir qismi balandda bo‘ladi. Siz ilonni ko‘rib qoldingiz-u, u sizga yeta olmaydigan masofada bo‘lsangiz, asta orqaga, xavfsiz joyga qayting. Suvda ilonning hujum qilish masofasi kichikroq bo‘ladi, lekin ilon yaxshi suza oladi. Ilon suvda chaqqanda ham, quruqlikda chaqqandagidek xavfli bo‘ladi. Ilon eshitmaydi, biroq vibratsiyada ogoh bo‘lib turadi. Binobarin, agar siz ilon yetib oladigan masofada bo‘lsangiz, qattiq ovoz chiqarmang. 190 Ilon chaqqanda qanday ilon chaqqanini aniqlash juda muhim, chunki zaharsiz ilon chaqqanida va zaharli ilon chaqqanda ko‘rsatiladigan yordam bir-biridan farq qiladi. Biroq qanday ilon chaqqanini aniqlaguncha zaharli ilon chaqqandagidek yordam ko‘rsatiladi. Bunday holatda ekspert bilan maslahatlashish zarur.
Download 275.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling