Hayot faoliyati
Download 275.31 Kb.
|
Hayot faoliyati
Kimyoviy avariya – bu ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlarning
buzilishi, quvur o‘tkazgichlar, sig‘imlar, qo‘riqlanadigan omborxonalar, transport vositalarining shikastlanishi 109
natijasida odamlarning sog‘lig‘i va hayoti, biosfera faoliyati uchun zararli bo‘lgan kimyoviy xavfli moddalarning chiqib ketishidir. Avariya tug‘diruvchi kimyoviy xavfli moddalar - asosan xlor, ammiak, fosgen, sinil kislotasi, qo‘rg‘oshinli angidrid va boshqalarning yirik zaxiralari kimyo, sellyuloza-qog‘oz vaqayta ishlash kombinatlari, mineral o‘g‘itlar, qora va rangli metallurgiya zavodlari, shuningdek, muzlatuvchi kombinatlar, pivo zavodlari, qandolatchilik fabrikalari, sabzavot bazalari va suv stansiyalarida mavjud. Kimyoviy avariyaning insonlar va hayvonlar uchun xavfi, organizm me’yoriy hayot faoliyatining buzilishi va kelgusida genetik oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligi bilan belgilanadi. Ma’lum sharoitlarda esa organizmga kimyoviy moddalarning nafas yo‘llari, teri, shilliq pardalari yaralar orqali va oziq-ovqat bilan birga tushishi hatto o‘limgacha olib kelishi mumkin. Kimyoviy moddalarni saqlash va ishlab chiqarish sharoitida ularning havo yoki suv bilan, shuningdek, kimyoviy moddalar o‘zaro bir-biri bilan ta’sirlashib yong‘in yoki boshqa og‘ir oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ochiq havoda turgan o‘z-o‘zidan alangalanuvchi va o‘z-o‘zidan yonuvchi moddalarga o‘simlik yog‘lari, hayvon yog‘lari, tosh va pista ko‘mirni, temirning oltingugurt birikmasini, kukunli moddalarni, alif va erituvchilarni, shuningdek, o‘z-o‘zidan yonib ketish xususiyatiga ega moddalarni kimyoviy xavfli moddalar qatoriga kiritish mumkin. Kimyoviy moddalarni o‘zaro bir-biri bilan aloqada bo‘lishi natijasida reaksiyaga kirishishi va alangalanishi ishlab chiqarishda ko‘p uchraydigan hodisadir. Bunday hodisalar asosan oksidlovchilarning organik moddalarga ta’siri orqali sodir bo‘ladi. Oksidlovchilar sifatida xlor, ftor, brom va shunga o‘xshash moddalarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin. Oksidlovchilar organik moddalar bilan to‘qnashib yoki aralashib ketganda ularning alangalanishini keltirib chiqaradi. O‘z tabiatiga ko‘ra mustahkam bo‘lmagan ayrim kimyoviy moddalar vaqt 110 o‘tishi bilan harorat, ishqalanish, urilish va boshqa ta’sirlarning natijasida yemirilishi mumkin. Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar bilan bog‘liq obyektlarning mavjudligi ham texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqarishi xavfni saqlab turadi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasida ammiak, xlor, sulfat va azot kislotasi kabi xavfli kimyoviy moddalarning (kuchli ta’sir qiladigan zaharli moddalarning - KTEZM) katta zaxiralariga ega bo‘lgan 279 xo‘jalik obyekti faoliyat yuritadi. Korxonalardagi ushbu moddalar umumiy zaxirasi qariyb 400 ming tonnaga yetadi. Kimyo sanoatida falokatlar hali ham yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Falokatlar va ifloslanishlar KTEZM ni tashishda ko‘proq ro‘y bermoqda. Qishloq xo‘jaligida kemiruvchi va zararkunandalarga qarshi kurashish, o‘simliklarning kasallanishining oldini olish, begona o‘tlarga qarshi kurashda turli zaharli ximikatlar, kimyoviy moddalardan foydalaniladi. Bularga pestitsidlar, gerbitsidlar, defoliantlar va boshqalarni kiritish mumkin. Bu kimyoviy moddalar yordam berish bilan birgalikda inson organizmiga juda katta xavf tug‘diradi. Masalan, turuvchan pestitsidlar inson organizmining yog‘ qatlamlarida va boshqa ichki a’zolarida to‘planib ichak, siydik pufagi, jigar, bosh miya va tanosil a’zolarida o‘simtalar paydo qilish xususiyatiga ega. Bunda surunkali bosh og‘rig‘i, charchash va holsizlanish kabi belgilar kuzatiladi. Ammo eng asosiysi hayot sifati va muddatining qisqarishidir. Ba’zi zaharli ximikatlar inson genetik apparatiga radiatsiyadanda kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa yosh bolalar va qariyalar zaharli ximikatlardan kuchli ta’sirlanadi. Sobiq ittifoq davrida respublikamiz hududida zaharli kimyoviy moddalarni saqlashga xo‘jasizlarcha munosabatda bo‘linganligini katta achinish bilan ta’kidlash joiz. Masalan Download 275.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling