Hayot faoliyati
Download 275.31 Kb.
|
Hayot faoliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV MAVZU. YONG‘INDAN SHIKASTLANGANDA
Nazorat savollari
1. Kundalik maishiy uy jihozlaridan foydalanish qoidalarini ko‘rsating. 2. Maishiy elektr jihozlaridan foydalanganda nimalarga e’tibor qaratish lozim? 3. Gaz uskunalari va jihozlaridan foydalanganda qanday qoidalarga rioya qilish zarur? 4. Kundalik hayotda uyni isitish jihoz(isitgich)laridan foydalanganda qanday xavflar yuzaga kelishi mumkin? 24
BIRINCHI TIBBIY YORDAM BERISH Kuyish, deb to‘qimalarning yuqori harorat ta’siri natijasida shikastlanishiga aytiladi. Etiologik holatiga ko‘ra termik, kimyoviy nur hamda elektr ta’sirida kuyishlar ajratiladi. Termik kuyishlar shikastlanishlar ichida eng ko‘p tarqalgan. Bu kuyishlar to‘qimalarga yuqori harorat ta’sir etganda ro‘y beradi. Haroratning miqdoriga kuygan joyning o‘rni, chuqurligi hamda shikastlangan kishining yoshiga qarab ba’zan yengil, ba’zan og‘ir kechib, bemor ahvolini og‘irlashtiradi va hayotiga xavf soladi.
Qaynoq suv va turli issiq suyuqliklardan kuyish shu bilan xarakterlanadiki, bunda eng baland harorat 100 gradusdan oshmaydi. Ularning intensivligi, ta’sir muddati uncha katta bo‘lmaydi, shuning uchun ham bu hollarda yuza kuyishlar ro‘y beradi (I, II, III darajali). Bu kuyish ko‘pincha sirkulyar holatida bo‘lmaydi, u ko‘pincha tananing old tomonida bo‘lishi mumkin (qorinda, chotda, oyoqda). Kuyish darajasi uncha katta bo‘lmay, u 3-10 %ni tashkil etadi. Issiq bug‘dan kuyganda jarohat kamdan kam hollarda teri ichiga o‘tadi, teri yuzasida esa uning sathi katta (60 %gacha va undan ortiq) bo‘ladi. Kuyishlar yana issiq kleysimon va yopishqoq moddalardan ham bo‘lishi mumkin (masalan, issiq yelimdan, bitum va boshqalar). Issiq massalar badanga yopishib qolib, uzoq muddat davomida jarohatning tubiga yomon ta’sir qiladi. Yong‘indan kelib chiqadigan kuyishlar eng og‘ir kuyishlardan hisoblanadi. Jabrlanuvchining kiyim-kechagi yonishi oqibatida (ba’zan tez yonadigan suyuqliklarga namiqqan) jarohatning tarqalishi va ichkariga o‘tib ketishi kuchayadi. Erigan metalldan kuyishlar chuqur kuyishlardan bo‘lib, (III-IV darajali), bunda faqatgina teri emas, teri osti qavatlari (teri osti biriktiruvchi to‘qimasi, paylar, mushaklar va hatto suyaklar) ham kuyadi. Bunday kuyishning yoyilib ketishi 25 cheklangan holda bo‘ladi, shuning uchun ham kuyish kasalligi sodir bo‘lmaydi. Etiologik omil tabiatiga ko‘ra issiq predmetlardan kuyishlar (kontaktli kuyishlar) kuyishning boshqa ko‘rinishlari ichida ajralib turadi. Kuygan joydagi to‘qimaning patalogoanatomik o‘zgarishlari, zararlanish chuqurligiga qarab kuyish darajasi 4 xil bo‘ladi: I darajali kuyish – bunda teri qizaradi (giperemiya), shishadi, qattiq og‘riydi; II darajali kuyishda sariq suyuqlik yig‘ilgan pufakchalar paydo bo‘ladi. Agar pufakchalar yorilgan bo‘lsa, barmoq bilan bosganda to‘q pushti rangli suyuqlik chiqib, teri yuzasi qattiq og‘riydi. III darajali kuyish esa teri nekrozi bilan ifodalanadi. III (a) darajali kuyishda ham II darajali kuyishda bo‘lganidek, pufakchalar hosil bo‘ladi, faqat undagi suyuqlik gemogragik tusda bo‘ladi. Pufaklar yorilganda ularning tagi ko‘pincha och, ba’zan och pushti rangda, bosganda esa ajralib chiqqan suyuqlik rangsiz bo‘lmaydi. Og‘riqni sezish keskin kamayadi. III (b) darajali kuyish terining butun qatlamini chuqur shikastlaydi. Bunda odatda, quruq qalin, sariq qo‘ng‘ir rangli qasmoq hosil bo‘ladi, ba’zida teri osti venasida tromb hosil bo‘lishi kuzatiladi, og‘riq sezilmaydi. IV darajali kuyishda terining butun qavati va teri osti to‘qimalari kuyadi, ba’zan kuyish suyakkacha tarqaladi. Bunda avvalgidek qalin qasmoq yuzaga keladi. Kattalarda kuygan teri sathi 25–30 % bo‘lganda va chuqur kuyish 10 %dan ortiq bo‘lganda, amalda doimo sezilarli umumiy buzilishlar bilan kechib, u birlashgan tushuncha bilan «kuyish kasalligi» deb tushuniladi. Bolalarda ayniqsa 2–3 yoshgacha, ozgina kuygan joyi bo‘lsa ham «kuyish kasalligi» alomatlari taraqqiy etadi. Nafas a’zolarining shikastlanishi (issiq havo yoki bug‘ bilan) kuyish kasalligini og‘irlashtiradi. Kuyishda bo‘ladigan shok holati 24–72 soatgacha davom etadi. O‘tkir kuyish toksemiyasi – bu kuyishning 2-bosqichi hisoblanib, u 2–3 sutkadan to 14–15 sutkagacha davom etadi. Bu davr organizmning zaharlanishi bilan ifodalanadi. Kuyishda qonda zaharli moddalar bir necha soatlardan so‘ng paydo bo‘ladi. Lekin sodir bo‘lgan shok holatida zaharlanish holati 26 kamdir, chunki kuyishning 1- davrida ko‘p suyuqlik quyilishi zaharlarni qon tomirlaridan chiqarib yuboradi. Qon aylanishning yaxshilanishi, qon tomirining o‘tkazuvchanligi, ortiqcha suyuqliklarning qaytib kelishini kuchaytiradi, shu bilan birga to‘qimalarda bo‘lgan zaharli moddalar chiqib ketadi. Download 275.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling