Miya qon aylanishining vaqtincha buzilishi
Miya qon aylanishining vaqtincha buzilishi insultni eslatuvchi
o‘tkinchi holatdir. Ba’zan bunday holatni hatto «mik183
roinsult» ham deyishadi. Miya qon aylanishining vaqtincha
buzilishi, insultdagi singari miyaga qon oqimining kamayishiga
olib keladi. Bu holat bir soatgacha davom etishi mumkin.
Bunday buzilishlar, odatda, ertalab sodir bo‘ladi. Jabrlanuvchi
darhol shifokorga murojaat qilmog‘i lozim.
Insultda birinchi yordam ko‘rsatish
Har qanday shoshilinch vaziyatdagi kabi, birinchi yordamning
asosiy tamoyillari bo‘yicha harakat qiling.
Insultda quyidagi qo‘shimcha tadbirlarni qo‘llang:
1. Jabrlanuvchining og‘zidan suyuqlik oqib chiqishini
ta’minlash uchun falajlangan qismini yuqoriga qilib tiklanish
holatida yotqizing. Og‘zidan so‘lagini yoki qusiqni chiqarib
tashlash uchun barmog‘ingizni ishga solishingizga to‘g‘ri kelishi
mumkin.
2. Tez yordam yetib kelmaguncha jabrlanuvchining yonida
bo‘ling. Undagi tiriklik belgilarini kuzatib turing.
3. Insult jabrlanuvchida bezovtalik va qo‘rquvni yuzaga
keltirishi mumkin bo‘lgani uchun unga tasalli berib, ko‘nglini
ko‘taring.
Do'stlaringiz bilan baham: |