Hayot faoliyati
Download 275.31 Kb.
|
Hayot faoliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘rquvni yengish
Qutqaruvchi omillar
Kishini turli tusdagi hodisalardan qutqaruvchi bir nechta omillar mavjud. Birinchisi, ular yuz berganda qo‘rqmaslik, ikkinchisi, sovuqqon bo‘lish, uchinchisi, tez va to‘g‘ri harakat qilish, to‘rtinchisi, oldindan tayyorgarlik ko‘rish. Albatta, bular o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Shu sabab, ularni shakllantirish lozim. Buning uchun tayyorgarlik ko‘rish, ular haqida muayyan bilimga ega bo‘lish, amalda bajarib turish lozim. Qo‘rquvni yengish Inson tushib qolishi mumkin bo‘lgan xavfli ekstremal vaziyatlar ruhiy va hissiy zo‘riqish keltirib chiqaradi. Notinchlik, xavotirga tushishdan boshlab, qo‘rquv va vahimagacha bo‘lgan holatlar inson ruhiy holatining ko‘lamini belgilab beradi. Qo‘rquv hissi asosan xavfli vaziyat va holatlarda vujudga keladi. 1966-yilda yuz bergan Toshkent zilzilasida jarohatlanishning aksariyati odamlarning ruhiy ahvoli tufayli kelib chiqqan bo‘lib, bu sabab boshqa omillarga qaraganda ko‘proq talofatlarga olib keldi. Xuddi shunday oqibatlar boshqa zilzilalarda ham kuzatilgan. Demak, vaqti kelganda harakatlarimizni puxta o‘ylab, vasvasaga tushmasdan, aniq harakat qilishimiz kerak. Qo‘rquv, bu – salbiy hissiy holat, o‘z-o‘zini saqlash instinktining tabiiy hosil bo‘lishidir. Qo‘rquvni his qilish, bu – aqli raso kishi uchun tabiiy va mantiqan to‘g‘ri holatki, uning bo‘lmasligi o‘sha insonning ruhiyatida qandaydir kamchilik, yetishmovchilik mavjudligini bildiradi. Nazorat qiluvchi qo‘rquv insonni ongli ravishda sergaklikka chaqiradi, hamda jismoniy kuchlarni birlashtiradi, fikrlashni tezlashtiradi, diqqat-e’tiborni jamlaydi, mushkul vaziyatlardan chiqib ketishda yordam beradi. Qo‘rquvni boshdan kechirayotgan inson ko‘pincha bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsizliklarni faqat taxminiy ehtimoliga ega bo‘ladi va ana shunday, aksariyat hollarda ishonib bo‘lmaydigan yoki bo‘rttirilgan taxminlar asosida harakat qiladi. Qo‘rquv, bu – inson organizmining «diqqat!», deb xitob qiluvchi signal tizimidir. 63 Qo‘rquv – xavfga nisbatan hissiy ta’sirlanish shakllaridan biri sifatida nafaqat inson tushib qolgan holatlarga, balki uni iroda sifatlariga, shayligi va uyushqoqligiga, vaziyatga to‘g‘ri baho berishiga, o‘ziga bo‘lgan ishonchiga bog‘liq bo‘ladi. Qo‘rquvning salbiy oqibatlarini yengib o‘tish uchun quyidagilarni bilish zarur: 1. Qulay joylashib oling, chuqur nafas olgan holda yuqoriga qarang va ko‘zni ufq darajasiga tushira borib, ohista nafas chiqaring hamda o‘pkani undan bo‘shating. Ushbu mashqni bir necha marta bajaring. 2. Shu bilan bir vaqtda barcha mushaklarni bo‘sh qo‘ying. Bunda shuni bilingki, kishi faqat o‘z nafas olishini tartibga sola olsagina, mushaklarni bo‘sh qo‘ya olishi mumkin. Ekstremal vaziyatda kishi bir tekis va xotirjam nafas ola boshlasa, u tezda tinchlanib oladi. 3. Vaziyatlarga xotirjamlik bilan baho bering, diqqate’tiborni faqat eng yaqin masalalarga qarating. Bunda albatta o‘z – o‘ziga ishonch hissi kuchli bo‘lishi lozim. Biroq bunday vaziyatda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan quyidagi holatlarni yodda tuting: - o‘z imkoniyatlaringizga ortiqcha baho berib yubormang; - qat’iyatli va ishonchli bo‘ling; - ushbu holatda atrofingizdagi barcha narsalarga e’tibor qarating; - ishonch, dadillik uyg‘otish uchun o‘z-o‘zingiz bilan gaplashing; - keyingi harakatni rejalashtiring; - Ushbu vaziyatlarda be’manilikday ko‘rinsa ham biron – bir jismoniy ish bilan shug‘ullaning, shunda ruhiy osoyishtalik yanada tezroq tiklanadi. Qo‘rquv hissini kamaytirish uchun ekstremal vaziyatlarda irodani, o‘zini tuta bilishni tarbiyalash lozim. Bunday sifatlarga muayyan, aniq harakatlarni ko‘p martalab takrorlash, buning uchun zarur bo‘lgan mashqlarni bajarish orqali erishish mumkin.
Download 275.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling