Hayot faoliyati
Hamisha zaxirada bo‘lishi kerak!
Download 275.31 Kb.
|
Hayot faoliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quv xonasida
Hamisha zaxirada bo‘lishi kerak!
• Suv – tirik qolish uchun eng muhim manba hisoblanadi. Bir kishiga bir kunda to‘rt litr suv saqlashga maslahat beriladi. Eng kamida uch kunlik suv zaxirasi bo‘lishi lozim. 61 • Oziq-ovqat zaxirasi uchun saqlash muddati ko‘proq bo‘lgan mahsulotlar oling. • Suv va ozuqa zaxirasini har 6 oyda almashtirib turing. • Zilzila tunda ro‘y bersa, tashqariga chiqish uchun yo‘lingizni yoritish va qo‘l-oyog‘ingizni muhofazalash zarur. Sizning FVga mo‘ljallangan zaxirangizda quyidagi narsalar bo‘lishi lozim:
• Plastik butilkalarda suv. • Oziq-ovqat mahsulotlari. • Batareykali radio. • Fonar.
• Qo‘shimcha batareykalar. • Birinchi tibbiy yordam qutisi. • Ichki kiyim va choyshablar. • Naqd pul. • Pakki – pichoq. • Hushtak (qichqirish ko‘p kuch talab qilib, chanqatadi). • Qog‘oz va qalam. • Yosh bolalar, qariyalar va nogironlar uchun zarur vositalar. • Zarur dorilarning bir haftalik zaxirasi. • Kerakli hujjatlar nusxasi va telefon raqamlar ro‘yxati. Ishxonada Har bir tashkilotda shoshilinch choralarga qaratilgan va javobgar shaxslar, ko‘rsatilgan maxsus rejalar bo‘lishi shart. Tashqariga chiqish yo‘llari, yo‘lkalar va eshiklar oldida chiqish uchun to‘siq bo‘ladigan narsalar bo‘lmasligi kerak. Ishxonalardagi binolarning tuzilishiga qarab xavfsizlikni ta’minlash uchun harakat chizmalari bo‘lishi lozim.
Og‘ir shkaflar va javonlarni devorga mahkamlash zarur. Og‘ir buyumlarni yuqori tokchalarda saqlamaslik kerak. Kimyoviy laboratoriya xonalarida saqlanadigan kimyoviy moddalardan muhofazalanish yo‘lini bilish lozim. Har bir kishi suv va gaz manbalarini o‘chirishni bilishi lozim. 62
Ichki tayanch devorlarni oldini band qilmaslik lozim. Download 275.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling