Hayot faoliyati
Download 275.31 Kb.
|
Hayot faoliyati
Seysmik xaritalash mamlakat iqtisodiyotida juda katta ahamiyatga
ega. Xo‘sh, seysmik xaritalash nima va uning mamlakat iqtisodiyotiga qanday foydasi bor? 2005-yilda Yaponiyaning Kobe shahrida yuz bergan zilzila munosabati bilan o‘tkazilgan Xalqaro anjumanda olimlar zilziladan himoyalanishning yo‘llari haqida gapirib, binolarni seysmik bardoshli qilib qurish undan himoyalanishning asosiy omillaridan biri, degan xulosaga kelishdi. Biroq, bino va inshootlarni, yashash joylarini zilzila bardoshli qilib qurish aholi va davlatga anchagina qimmatga tushadi. Bu esa davlat budjeti yoki oilalarning hamyoniga salbiy ta’sir etadi. Chunki, olimlar hisob kitobiga qaraganda bino va inshootlarning 1 ballga seysmik bardoshligini oshirish uning jami tannarxini 10-25 %gacha oshirishni talab qiladi. Deylik, 5 balli seysmik bardoshli imorat 10 mln so‘mga tushsa, uni seysmik bardoshligini 6 ballga oshirish 11 – 12,5 mln so‘mni talab etadi. Albatta, bu hol butun bir mamlakat miqyosida olib qaralsa juda katta mablag‘ni talab etadi. Yoki 6 balli seysmik hududda qurilgan imoratlar 8 ballga mo‘ljallab qurilsa, sarf bo‘layotgan ortiqcha va foydasiz mablag‘ hamda uning keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy zararni oddiy arifmetika bilan hisob qilish qiyin emas. Zilzilalar yuz berishi mumkin bo‘lgan hududlarda ortiqcha sarf-xarajatlarni hamda iqtisodiy zararlarni, insonlar nobud bo‘lishini oldini olish uchun ham seysmik xaritalash o‘tkaziladi. Seysmik xaritalarning qanchalik puxta, har tomonlama mukammal qilib tuzilishiga yer va uning tuzilishini juda chuqur o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Zilzilalar boshqa turdagi tabiiy, texnogen va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqarishi ehtimoli mavjud. Bunga juda ko‘plab misollarni keltirish mumkin. 2011-yil Yaponiyadan uncha uzoq bo‘lmagan suv ostida yuz bergan 58 zilzila kuchli sunamini hosil qildi. Bu sunami Yaponiyaga juda katta talofat yetkazdi. 30 mingga yaqin kishini nobud bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Fukusima shahridagi atom reaktorlaridan birini ishdan chiqardi, yong‘in paydo qildi. Zilzilalar yong‘in, suv toshqini, portlash, kimyoviy zararlanish, qor ko‘chkisi, yer surilishlari yoki tog‘ o‘pirilishlari, avariyalar va boshqa halokatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Download 275.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling