Avariyadan so‘ng qanday harakat qilish kerak? Avtomobilning
qayerida va qanday holatda ekanligingizni, avtomobil
yonmayotganligini, benzin oqmayotganligini (ayniqsa, ag‘darilib
ketishda) aniqlab oling. Agar eshiklar qisilib qolgan bo‘lsa,
salonni deraza orqali tark eting. Mashinadan chiqqandan so‘ng
undan iloji boricha uzoqroqqa qoching - portlash ehtimoli
mavjud.
Avtomobil suvga qulaganda nima qilish kerak? Avtomobil
suvga qulagach, ma’lum vaqt suvda qalqib turadi, bu muddat
esa mashinani tark etish uchun yetarlidir. Eshik ochilganda
mashina tezda cho‘ka boshlaydi, shuning uchun yaxshisi ochiq
deraza orqali tashqariga chiqing.
97
Oyna va eshiklar yopiq holda suv tubiga cho‘kkanda
avtomobil salonidagi havo bir necha daqiqa saqlanib qoladi.
Mashinani qidirish oson bo‘lishi uchun chiroqlarni yoqib
qo‘ying, faol ravishda o‘pkangizda havo almashtiring (chuqur
nafas olish va chiqarish qonni kislorod bilan to‘yintirishga
imkon beradi).
Ortiqcha kiyimlardan xalos bo‘ling, hujjat va pullaringizni
oling. Avtomobilning yarmi suv bilan to‘lganda eshik yoki
deraza orqali tashqariga chiqing, aks holda salonga kirayotgan
suv oqimi sizga xalaqit berishi mumkin. Zaruriyat tug‘ilsa, old
oynani og‘ir narsa bilan sindiring. Qo‘lingiz bilan avtomobil
tomini ushlab, tashqariga sirg‘alib chiqing, so‘ng darhol tepaga
qarab suzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |