Asosiy profilaktika qoidalari. Xavfsizlik nuqtayi nazaridan
olib qaraganda poyezddagi eng yaxshi joylar - markaziy
vagonlar, avariya chiqish joyi - derazasi mavjud bo‘lgan yoki
chiqish eshigiga yaqin joylashgan kupelar, pastki o‘rindiqlardir.
Vagonga chiqishingiz bilanoq, avariya chiqish joylari va o‘t
o‘chirgichlar qayerda joylashganligini bilib oling. Quyidagi
qoidalarga rioya qiling:
- poyezd harakatda bo‘lgan vaqtda tashqi eshiklarni ochmang,
zinalarda turmang va derazadan boshingizni chiqarmang;
- yuklaringizni yuqoridagi yuk joylashtiriladigan tokchalarga
yaxshilab joylashtiring;
- zarurat bo‘lmasa stop-kranni ishga tushirmang;
- hatto yong‘in chiqqan taqdirda ham ko‘prik ustida,
tonnelda va evakuatsiya o‘tkazish qiyinlashib ketadigan boshqa
joylarda poyezdni to‘xtatish mumkin emasligini yodda tuting;
- faqat belgilangan joylarda cheking;
- o‘zingiz bilan yonuvchi, kimyoviy va portlash xavfi mavjud
moddalarni olmang;
- vagonning elektr tarmog‘iga maishiy ro‘zg‘or asboblarini
ulamang;
- yonayotgan rezina hidini sezsangiz yoki tutun paydo
bo‘lsa, zudlik bilan vagon kuzatuvchisiga murojaat qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |