«Qattiq» qo‘nishda va undan keyin qanday harakat qilish
kerak? Har bir uchish va qo‘nishdan oldin xavfsizlik kamarini
puxta taqing. U iloji boricha bo‘ksangizdan pastda zich taqilgan
bo‘lishi kerak. Boshingiz tepasida tushib ketishi mumkin
bo‘lgan buyum bor-yo‘qligini tekshiring.
Uchish va qo‘nish paytidagi avariyalar to‘satdan sodir
bo‘ladi, shuning uchun tutun, keskin pasayish, dvigatellarning
to‘xtab qolishi va hokazolarga e’tibor bering. Cho‘ntaklaringizni
o‘tkir tig‘li buyumlardan bo‘shating, egiling va qo‘llaringizni
tizzangiz tagida birlashtiring. Boshingizni tizzangizga qo‘ying
yoki iloji boricha pastroqqa tushiring. Oyog‘ingizni polga tirab,
sal uzoqroq qilib uzating (lekin oldindagi kreslo tagiga emas).
Zarb vaqtida mushaklaringizni tarang qilib, kattaroq zo‘riqishga
tayyor turing. Har qanday vaziyatda ham samolyot to‘liq
to‘xtamagunicha joyingizdan siljimang, vahima ko‘tarmang.
Do'stlaringiz bilan baham: |