Elektr dvigatellarning qizishi. Dvigatellarning ish rejimlari. Dvigatellarning quvvatini hisoblash


Download 94.04 Kb.
bet1/4
Sana03.11.2023
Hajmi94.04 Kb.
#1744704
  1   2   3   4
Bog'liq
9-ma’ruza. Elektr yuritmalar va ularni boshqarish.


9-ma’ruza. Elektr yuritmalar va ularni boshqarish.


Reja:

  1. Elektr dvigatellarning qizishi.

  2. Dvigatellarning ish rejimlari.

  3. Dvigatellarning quvvatini hisoblash



Tayanch so‘z va iboralar.
Dvigatellarning qizishi, qizish egri chizig‘i, uzoq muddatli ish rejimi, qisqa muddatli ish rejimi, takroriy qisqa muddatli ish rejimi.

Ish jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish uchun qo‘llaniladigan elektromexaniq tizimga elektr yuritma deyiladi. Elektr yuritma boshqaruvchi va uzatish qurilmalaridan, dvigatelning o‘zidan va ishchi mexanizmdan iborat. Boshqaruvchi qurilma elektr yuritmaning ishini boshqaradi. Masalan, kuchlanish qiymatini va chastotasini, ishchi mexanizmi quvvatini, dvigatelning aylanish yo‘nalishini. Uzatish mexanizmi ishchi mexanizmning ay­lanish tezligini o‘zgartirib beradi. Lekin u reduktor si-fatida ham tayyorlanishi mumkin. Bunda uzatish mexaniz­mi yordami bilan yuritmaning tezligini o‘zgartirish mum­kin emas.


Hozirgi vaqtda elektr yuritmalar uchta guruhga bo‘linadi: 1) guruhli, 2) yakka, 3) ko‘p dvigatelli. Guruhli yuritmada bitta dvigatel uzatish qurilmalari yordamida ko‘p mexanizmlarni harakatga keltiradi. YAkka yuritmalarda ishchi mexanizm shaxsiy dvigatel yordamida harakatga keltiriladi. Lekin ishchi mexanizmning elementlari uza-tishlar orqali o‘sha dvigatel bilan ulanadi. Ko‘p dviga­telli yuritmalarda ishchi mexanizmning har bir elemen-tini harakatga keltirish uchun alohida dvigatellar o‘rnatilgan. Masalan, universal dastgohlarda shpindel, sup­port va boshqa elementlar bitta dvigatel orqali hara­katga keltiriladi. Og‘ir dastgohlarda har bitta mexanizm uchun alohida dvigatel o‘rnatilgan.


12.1. Elektr dvigatellarning qizishi va sovitilishi
Har qanday elektr dvigatelning ishi elektr energiya-ning isroflanishi bilan o‘tadi. Isroflar o‘zgaruvchan va o‘zgarmas qismlardan iborat. O‘zgarmas isroflar dvigatel­ning kjlanishiga bog‘liq emas - bu podshipniklarning ishqalanishiga, ventilyasiyaga, o‘zaklarga sarflanadigan isroflar. O‘zgaruvchan isroflar dvigatelning yuklanishiga bog‘liq - bu chulg‘amlarning qizishiga sarflanadigan isroflar, chunki yuklanish o‘zgarganda chulg‘amlardan o‘tayotgan tok ham o‘zgaradi. Umuman, yuklanish ko‘paygan sari dvigatelning temperaturasi ham oshadi. Dvigatelning va uning atrofidagi muhitning temperaturalari orasidagi farq o‘ta qizish temperaturasi deyiladi;
(12.1)
Bunda: - o‘ta qizish temperaturasi, - dvigatelning temperaturasi, - muhitning temperaturasi. Hisoblashlarda atrof muhitning temperaturasi ga teng deb olinadi.
Dvigatelning o‘ta qizish temperaturasi asosan chulg‘amlar uchun ishlatiladigan izolyasiyaga bog‘liq. Masalan, sintetik organiq pardalar uchun o‘ta qizish temperaturasi 800S ga, paxta-qog‘ozli izolyasion materiallar uchun 650S ga teng bo‘ladi. 12.1- rasmda dvigatelning ish vaqtidagi qizish egri chizig‘i ko‘rsatilgan. Dvigatel ulangan paytda uning barcha qismlari temperaturasi muhitnikiga teng. Dastlabki vaqtda dvigateldan atrof muhitga issiqlik kam uzatiladi, chunki hamma issiqlik dvigatelni qizitish uchun sarflanadi. Egri chiziq tez yuqoriga ko‘tariladi. Dvigatel qancha ko‘p qizisa muhitga shuncha ko‘p issiqlik uzatiladi va dvigatelning qizishi sekinlashadi.
Ma’lum vaqtdan keyin issiqlikning kelishi, uning muhitga uzatilishiga teng bo‘lib qoladi.



Download 94.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling