Hayot faoliyati
Transport vositalarida xafsizlik qoidalariga rioya qilish
Download 275.31 Kb.
|
Hayot faoliyati
Transport vositalarida xafsizlik qoidalariga rioya qilish
Transport vositalari salonida odamlar oladigan jarohatlar transport vositasi katta tezlikda keskin burilganda, tezlik birdan 101
oshirilganda va keskin tormoz bosilgan transport vositalarining o‘zaro to‘qnashuvi yoki to‘siqqa urilishi natijasida sodir bo‘ladi. Jumladan, katta tezlikda kelayotgan transport vositasi keskin tormoz berib to‘xtashi natijasida unda o‘tirgan odamga ta’sir etadigan kuch bir necha barobar oshadi, masalan, odamning og‘irligi 80 kg bo‘lsa, unga ta’sir etadigan kuch 1500 kg ga yetadi. Uning qon tomirlarida kasallik bo‘lsa, tomirlar yorilib, yuragi infarktga uchrashi yoki bosh miya qon tomirlari yorilib, insult holatiga tushishi mumkin, bu esa, o‘z navbatida yo‘l transport hodisasiga sabab bo‘ladi. Olimlarning aytishlaricha, haydovchining yonidagi o‘rindiq «o‘lim kreslosi» deb ataladi, chunki avtohalokat paytida bu o‘rindiqda o‘tirgan odamning o‘lish ehtimoli haydovchiga nisbatan 7 barobar, orqa o‘rindiqda o‘tirgan odamga nisbatan 5 barobar ko‘p bo‘ladi. Bu o‘rinda transport vositasining tezligi katta ahamiyatga ega bo‘ladi. 50 km/soat tezlikda kelayotgan transport vositasi to‘siqqa urilganda transport vositasi ichidan otilib chiqqan odamning jarohati beshinchi qavatdan yiqilgan odam kabi, 80 km/soat tezlikda esa, 15-qavatdan yiqilgan odamning olgan jarohati bilan teng bo‘ladi. Respublikamizda haydovchi va fuqarolarning hayotini himoya qilish maqsadida davlatimiz tomonidan qator qonun va qarorlar qabul qilinganligiga qaramay, haydovchilar qonunni buzib, o‘zlari va atrofdagilarning hayotini xavf ostiga solishadi. Jumladan, haydovchi va yo‘lovchilar hayotini saqlash uchun qo‘llaniladigan xavfsizlik kamari ishlab chiqarilib, joriy qilinganiga 100 yildan oshganiga qaramay, ko‘pchilik haydovchilar uni pisand qilmaydi, uni taqishga beparvo bo‘ladi. Yaqinda davlat tomonidan xavfsizlik kamarini taqmaganligi uchun qo‘llaniladigan jarima qiymati oshirilganidan keyin ko‘pchilik haydovchilar YPX, xodimini ko‘rib qolsalar vaqtinchalik taqishadi. Xavfsizlik kamari esa, transport vositasi ichida o‘tirgan furaqolar hayotini saqlashda eng maqbul vosita. Olimlarning aniqlashicha, faqat 10 km/ soat tezlikda yuruvchi transport vositasi to‘siqqa urilganda haydovchi o‘zining qo‘l va oyoqlari yordamida shikastlanishdan saqlanishlari mumkin, xolos. Agar transport vositasi 60 km/soat tezlikda to‘siqqa urilsa, vazni 80 kg bo‘lgan odamning vazni 3 tonnaga teng 102
bo‘ladi. 80 km/soat tezlikda esa, 9 tonnaga teng og‘irlik bilan transport vositasining old oynasiga, rul sambaragiga, oldingi shitga uriladi. Bunday holda odamning tirik qolishi amri mahol. Uning hayotini faqat xavfsizlik kamarigina saqlab qolishi mumkin. Yapon olimlarining ma’lumotlariga qaraganda, xavfsizlik kamari har 100 ta halokatli yo‘l-transport hodisasining 75 tasida, Amerika olimlarining tadqiqotlariga ko‘ra esa, ag‘darilib ketgan transport vositalarida har 100 ta yo‘lovchining 91 tasini hayotini saqlab qolgan. Xavfsizlik kamari muqarrar o‘lim bilan yakunlanadigan avtohalokatlarda haydovchi va yo‘lovchilarning yarmidan ko‘pini va boshqa avtohalokatlarda 90 foizgacha o‘limdan saqlab qoladi. Ayrim haydovchilar xavfsizlik kamari avtohalokat chog‘ida transport vositasi portlaganda haydovchining transport vositasidan chiqib ketishiga xalal berib, uning halok bo‘lishiga sabab bo‘ladi deb hisoblaydilar. Ammo olimlarning aniqlashicha, faqat, 0,03 foiz, ya’ni har 300 avtohalokatga uchragan transport vositasidan bittasi katta tezlikda to‘siqqa urilganda yoki transport vositalari yuzma-yuz to‘qnashganda yoki katta balandlikdan qulab tushganda portlar ekan.
Kabina ichidagi odam avtohalokat paytida ruldan, transport vositasining old oynasidan, orqani ko‘rish oynasidan, priborlar turadigan shitdan va kabinaning boshqa qismlaridan jarohat oladi.
Download 275.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling