Hayot o‘zlikni topish haqida emas, balki o’zlikni yaratish haqidadir! “At- tuhfatuz zakiyya fiy lug‘atit turkiya” asarining til xususiyatlari
Download 8.02 Kb.
|
MAMATMO\'MINOV TURG\'UN (1)
“Attuhfa” asarida arab alifbosi negizidagi turkiy yozuvning imlo xususiyatlari to’g`risida aniq ma’lumot berilgan. Muallif yozadi: “Bilgilki, turk tilida shakl yo’q. Shakl yo’qligi uchun bir qancha aniqsizlik va xatolar paydo bo’lar edi. Shuning uchun ana shu aniqsizlikdan qutilish uchun ot, fe’l va hurufni yozishda maxsus shakl qo’llash usulini qabul qildilar. Ya’ni fatha o’rnida “alif”, kasra o’rnida “yay”, zamma o’rnida “vav” qo’llay boshladilar” [AZ,10].
Lug`at bo’limida avval arabcha so’zlar, keyin esa uning turkiy tarjimasi berilgan. Shuning uchun fasllarning tuzilishida so’zning arab tilidagi shakli inobatga olingan. Ayrim so’zlar tarjimasida arabcha so’zlar emas, balki forscha so’zlar keltirilib, keyin uning turkiy tarjimasi berilgan o’rinlar ham mavjud. Asarning lug`at qismida dastlab hamzalik so’zlar berilgan. Keyin hamzali so’zlarga tegishli qolgan bo’limlar mavzuiy guruhlarga ko’ra turkumlashtirilgan: otlarning ranglari, ot asboblari, yer va unga bog`liq narsalar, yeyiladiganlar, tomonlar, o’tgan zamon fe’llari singari. So’ng arab alifbosidagi harflarning joylashish o’rniga ko’ra so’zlar izohlangan. Masalan, hamzalik so’zlardan keyin be, undan keyin pe, undan keyin esa te harfli so’zlar keltirilgan. Lug`atda dastlab har bir harf bilan boshlanuvchi otlar, undan keyin esa fe’llar izohlangan. Harflarni tartib bo’yicha belgilashda arabcha va forschatojikcha so’zlar e’tiborga olingan. Masalan, se harfli so’zlar izohida sano, sub kabi so’zlar keltirilib, ularning muqobili sifatida turkiy alqish, tun so’zlari izohlangan.Download 8.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling