HAYOT O‘ZLIKNI TOPISH HAQIDA EMAS, BALKI O’ZLIKNI YARATISH HAQIDADIR! ASAR XUSUSINDA QO‘SHIMCHA: - “At-tuhfa” mamluk-qipchoq tilida yozilgan. Mamluk-qipchoq tili turkiy tillarning qipchoq guruhiga kiradi. Bu til XIII–XV asrlarda Misr va Suriyada sultonlar va davlat xizmatchilari, savdogarlar so‘zlashadigan o‘zaro muloqot tili – lingva frankaga aylangan (Lingva franka (ital. lingua franca “franklar tili”) – kishilar o‘rtasidagi muloqot uchun tizimli ravishda ishlatiladigan (o‘z ona tilidan boshqa) til yoki dialekt. Arablar va turklar bu tilni “Lisan al-ifrang” deb atashgan.). Bu tilni qipchoq-o‘g‘uz, Oltin O‘rda tili, Misr mamluklari tili, qipchoq adabiy tili kabi nomlar bilan ham atashgan. Ammo, baribir bu til tilshunoslikda mamluk-qipchoq tili nomi bilan atalib kelinadi.
Asar yuzasidan o‘tkazilgan tadqiqotlar: - VALILUDDIN kutubxonasida saqlanayotgan qo‘lyozmani:
- 1940-yilda birinchi bo‘lib venger olimi Tibor Xalashi-Kun tadqiq qilgan. 1945-yilda turkiyalik professor Besim Atalay uni turk tiliga tarjima qilgan.
- 1967-yilda uni yahudiy dinidagi turkiy xalq – qaraim millati vakili Aleksandr Dubinskiy o‘rgangan.
- 1968-yilda esa Solih Mutallibov asarni o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Yuqorida ismi zikr etilgan, Solih Mutallibovdan boshqa barcha olimlarda “Tuhfa”dagi so‘zlarni o‘z tili doirasida tahlil qilish ko‘zga tashlanadi va ularning hammasi asardan o‘z tili uchun nimadir o‘zlashtirishga harakat qilgan.
- “Attuhfa” asari, asosan, qipchoq tilining fonetik, morfologik va leksik xususiyatlariga bag`ishlangan. Bu to’g`rida muallif asarning kirish qismida quyidagilarni yozadi: “Men bu asarda qipchoq tiliga asoslandim. Chunki eng ko’p qo’llanadigan til qipchoq tilidir. Turkman tilini bu ishda bayon qilmadim. Faqat juda zarurat bo’lgandagina ko’rsatdim” [AZ,8].
Do'stlaringiz bilan baham: |