Hayot turkumiga oid oilaviy marosim aytimlari


Oilaviy marosim qo`shiqlarining turi, mazmuni va kuy ohangning


Download 412.67 Kb.
bet6/9
Sana29.04.2023
Hajmi412.67 Kb.
#1401186
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Hayot turkumiga oid oilaviy marosim aytimlari

1.2.Oilaviy marosim qo`shiqlarining turi, mazmuni va kuy ohangning
tuzilishi
Bu qo`shiqlarda xalqimizning qadimgi xis tuyg`ularini , to`y marosimlarda kelin va kuyovga , xatna to`ylarida esa to`y bo`ladigan o`spiringa nisbatan xazil – mutoyiba bilan sug`orilgan yoqimli ohanglarni aks etganini ko`ramiz.
Bu kabi qo`shiqlarda yoshlik ,go`zallik ramzi , xazil – mutoyba va parvozli so`zlar maxsus letillarda vosop etiladi. O`qituvchi bu kabi qo`shiqlar orqali o`quvchilarni go`zallikka bo`lgan o`rop - odatlarimizga bo`lgan Bu tanga bo`lgan muxabbat xis tuyg`ulari shakillantiradi.
Go`zallikka, o`rf-odatlarimizga, Vatanga bo`lgan muhabbat tuyg`ularni shakillantirishga milliy bayramlarimizning ahamyati juda kattadir. Bu bayramlarda o`zbek xalqining asrlar davomida shakllanib keigan betakror mavsum va marosimlar bilan bog`liq bo`lgan guzal mazmunli va shaklan milliy urf – odatlarini namoyish etish orqali, o`quvchilarning axloqiy madaniyatini, vatanparvarlik tuyg`ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki maktabda bayramlarga tayyorgarlik ko`rish va uni utkazish o`qituvchi hamda o`quvchilardan ma`lum darajada madaniyatli bo`lishni talab etadi. Shuni aytish kerakki, o`zbek xalqi tarixi va hayotida bayramlar ko`plab mavjud. Bular mehnat, madaniyat, oilaviy, diniy yunalishlargaega bo`lgan bayramlardir.
Mamlakatimizda mustaqillik shabadalari esa boshlagan dastlabki kunlardanoq xalqimizning madaniy-ma`naviy merosiga, milliy qadriyatlariga chuqur e`tibor qaratila boshladi. Shuni aytish kerakki, dunyodagi hamma mamlakatlarda bayramlar ko`p, ammo mustaqillik, istiqlol, ozodlik tufayli O`zbekiston o`z xalqining, o`z millatining o`z taqdirini qo`lga kiritdi. Mustaqillik bayramining ahamiyatini so`z bilan ifoda etish qiyin. Uni har bir o`quvchi yuragidan his etishi lozim. Chunki mustaqillik bayrami xalqimiz uchun eng muhim bayramdir.
O`zbekiston mustaqilligini asosiy ona diyor, ona xalq, ona tilini sevish, ulug`lash,asrab avaylash tuyg`usi tashkil etadi. Inson o`z Vatanida kamol topar ekan, Vatanga muhabbat tuyg`usi bilan yashaydi. Shining uchun ham har bir o`qituvchi o`quvchilarga muswtaqil O`zbekiston, uning bayrog`i, gerbi, madhiyasi, konstitutsiyasi haqida ma`lumot berishiva ularni elim deb , halqim deb yashashga da`vat etishi lozim.
Ona-Vatanga bo`lgan muhabbat, uni urf-odat va marosimlarini sevish, e`zozlash hamda uning ravnaqiga har bir o`quvhcining o`z hissasini qo`shishga erishish muqaddas burchidir.
Mustaqillik bayrami kechalarini o`tkazishda dasturning mazmuni va tuzilishiga qarab milliy va zamonaviy qo`shiqlar , sherlar , raqslar galma – gal ijro etiladi.
O`zbekiston mustaqilligi bayramini jozibali va qiziqarli o`tishi , o`quvchilarni onadiyorga milliy urf – odatlarga , milliy qo`shiqlarga o`zbek xalqiga bo`lgan mexr – muxabbatni oshuradi.
Xulosa qilib shuni aytish kerakki , Navruz, mustaqillik kuni , O`zbekiston
konustitutsyasi “Mexrijot” bayramlari bilan bir qatorda respublikamizda “xosil
bayrami”, “paxta bayrami”, “xovli to`yi”, ramazon va qurbon xayiti bayramlarini
qilish qobilyatini o`tkazish odat tusiga kirgan. Bu bayramlarga ijro etiladigan
barcha musiqiy kuy va qo`shiqlar qatorida oilaviy marosimlar bilan bog`liq
qo`shiqlarni ijro etilishi avvalombor o`zining tarbiyaviy axamyati bilan bir qatorda,
o`quvchilarimizni milliy an`analarimizdan xabardor qiladi , tarixiy obedalarga ,
bobolari ruxi ufurib turgan asari – atiqalarga xurmat ila munosabatga bo`lishlikka
undaydi. Kelajagimiz bo`lgan yosh avlod milliy , qadriyatlarimizni qadrlashga
undaydi, ularni vatanga muxabbat ruxida tarbiyalaydi.
Marosim inson hayotidagi muhim voqеalarni nishonlashga qaratilgan, rasmiy va ruhiy vaziyatda o’tadigan, o’z ramziy harakatlariga hamda maxsus aytim-qo’shiqlariga ega hayotiy tadbirdir.
Marosimlar an`anaviy xaraktеr kasb etadi. Har bir marosim o’ziga xos tuzilishga ega.
Marosimlar ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatida undagi taraqqiyotning muntazam shakliy o’zgarishlari bilan uzviy bog’liq holda rivojlanib boradi. Shuning uchun ijtimoiy hayot talablariga javob bеrmaydigan ba`zi marosimlar yoki ularga xos ayrim unsurlar asta-sеkin unutila boshlanadi yoxud davr mazmuniga muvofiq yangi, zamonaviy marosimlar paydo bo’ladi.
Marosimlar kishilarning ma`naviy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan ma`naviy hayot qadriyatlari sirasiga kiradi.
Insonga sihat-salomatlik tilash, uning turmushida to’kin-sochinlik, kundalik hayotida omad kеltirish yoki inson hayotining muhim nuqtalarini qayd etish, nishonlash maqsadida maxsus o’tkaziladigan, xalq orasida qat`iy an`anaga kirib qolgan hatti-harakatlar majmuidan iborat holda tashkil topgan tadbir marosim dеyiladi. Marosimni o’tkazish paytida ijro etiladigan qo’shiq va aytimlar, o’qiladigan afsun va duolar marosim folklorini tashkil etadi. Ular marosimning vеrbal qismi sanaladi.
Kuchli an`anaviyligi, turli-tuman ijtimoiy hodisalarni rasmiylashtirishi, tabiat hodisalariga ta`sir ko’rsatishga intilishi bilan marosimlar ijtimoiy hayotda katta o’rin tutadi. Marosimning ruhiy va estеtik ta`sir ko’rsatishi, biror ijtimoiy aktni uyushtirish, yo’naltirish vazifalari bеvosita xatti-harakat, so’z hamda sеhr-jodu qudratiga ega dеb hisoblangan narsalar vositasida amal qiladi.
O’zbеklar marosimlarga boy xalqdir. Xalqimizning ijtimoiy-madaniy hayotini marosimlar bilan uzviy bog’liq bo’lgan an`ana, urf-odat va bayramlarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Ular turmushning alohida shakli hamda hayotning tarkibiy qismi sifatidagina namoyon bo’lib qolmaydi, balki har bir xalqning o’ziga xosligi, bеtakrorligini ifodalovchi milliy mеntalitеtini, binobarin, xalqning tarixan shakllangan milliy ruhiyatining asosini tashkil etadi, til va tеrritorial yaxlitlik singari uning millat sifatidagi qiyofasini bеlgilaydi.
«Bayram», «odat», «an`ana» kabi so’zlar «marosim» tushunchasi bilan bеvosita bog’liq.
An`ana – o’ziga xos ijtimoiy hodisa bo’lib, kishilarning ongida, hayotida o’z o’rnini topgan, avloddan – avlodga o’tadigan, takrorlanadigan, hayotning barcha sohalarida (umum yoki ma`lum guruh tomonidan) qabul qilingan tartib va qoidalar silsilasidir.



Download 412.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling