Hayoti va faoliyati


Download 18.62 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi18.62 Kb.
#1499605
1   2   3
Bog'liq
19-seminar

She’riyati. Amiriyning adabiy merosi uning o'z davrida tartib
berilgan «Devon»ida, bir qismi «Majmuat ush-shuaro» tazkirasida
jamlangan. «Devon»ning o'n bitta qo'lyozma nusxasi O'zFA
Sharqshunoslik instituti xazinasida saqlanmoqda. Bu qo'lyozmalaming
bir qanchasi Umarxon hayotligi davrida ko'chirilgan. Amiriy she’riyatiga
bo'lgan qiziqish muttassU davom yetib boigan. Uning asarlari qo'shni
mamlakatlarda ham sevib o'qilgan, kitobat qilingan. 1882 yili
Istanbulda, 1905 yili Toshkentda bosma nashrlari yuzaga kelgan. Amiriy
devonining eng yaxshi ko'lyozmasi asosida filologiya fanlari doktori
Mahbuba Qodirova 1972 yili she’rlarini «Devon» nomi bilan chop
ettirdi, unga ancha tafsiliy kirish so'z yozdi. Bungacha ham uning
she’rlaridan namunalar 1945 yili nashr qilingan «O'zbek adabiyoti
tarixi xrestomatiyasi» hamda 1959 yili tuzilgan «O'zbek adabiyoti»
majmuasida keltirilgan edi. Amiriy tomonidan devoniga yozilgan debocha
adog'ida unga kiritilgan she’rlaming yozilish tarixi, tartib berilishi
hamda «so'z gavharlarining sarroflari» va zufiinunlar maslahatlari
bilan devon tarzida kitobat qilinishiga doir fikrlar keltirilgan.
1972 yili Toshkentda chop qilingan «Devon»dan 216 g'azal, 6
mustaqil muxammas, 3 musaddas, 6 tuyuq, Navoiy, Lutfiy, Jomiy,
Fuzuliy, Mirzo Bedil hamda Zaliliy, Kamol, Nobiy g'azallariga
bog'langan tazmin muxammaslar joy olgan.
An’anaga ko'ra, g'azal Amiriy she’riyatining etakchi janridir. U
asosan shu janr orqali ishq ahlining amiri sifatida ko'zga tashlanadi.
Shu janrdagi asarlarida insonga xos najib his-tuyg'ulami, hayotiy va
ilohiy kechinmalami, orzu-umidlarni tarannum etadi. Demak,
muhabbat — shoir g'azallaming etakchi mavzuidir.
Amiriyning «Qoshingg'a teguzmag'il qalamni» misrasi bilan
boshlanuvchi mashhur g'azalining o'ziga xos yaratilish tarixi bor.
Amiriy haqida so'z yuritgan adabiyotshunoslar, shu g'azalning faqat
matla'si borasida gapirganlar. Bu g'azal qo'shiq boiib, sevilib ijro
etiladi. Qadimda bo'yoq aynimasligi uchun siyohdon ichiga ipak
tashlangan. Bir gal, Umarxon she’r yozayotganida ilhom parisi — Nodira siyohdondan qalamni botirib berib turgan. Lekin qalam uchiga
ipak ilashib chiqadi. Shoshganidan Nodira qalam uchidagi ipak
patini qoshiga surtib, qalamni Umarxonga uzatadi. Umarxon qarasa,
siyoh pati Nodiraning qoshiga surtilgan emishki, u o'sha zahoti
«Qoshingg'a teguzmagil qalamni» satri bilan boshlanuvchi she’rini bitadi.
Mana o'sha go'zal g'azal:

Download 18.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling