Hayoti va faoliyati


Qoshingg'a teguzmag'il qalamni


Download 18.62 Kb.
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi18.62 Kb.
#1499605
1   2   3
Bog'liq
19-seminar

Qoshingg'a teguzmag'il qalamni,
Bu xat bila buzmag'il raqamni.
Butxonalar ichra hech tarso,
Bir ко ‘rmadi sen kabi sanamni.
Oshiqlaringga tarahhum etgil,
Ко ‘p aylama javr ila sitamni.
Naqshi qadaming muyassar о ‘Isa,
Naylay bu jahonda jomi Jamni.
Ko'nglum qushi toyiri hariming,
Sayd etma kabutari haramni.
To bevatan o'lmasun ko'ngullar,
Zulfungdin ayurma pechu xamni.
L a’ling g'amidin ко 'zum to'kar qon,
Behuda kechurmagil bu damni.
Yo'lungda g'ubori roh bo'ldum,
Boshimg'a eturmading qadamni.
Sen yordin o'zga kimga dermen,
Ko'nglumdagi dard ila alamni.
Bir kosa sharobi arg'uvonim,
Pomol qilur hujumi g'mni.
Iqlinti vafo Amiridursen,
Ey shah, bu gadog'a qil karamni.

Real hayotiy kechinma mahsuli — bu g'azal 11 baytdan iborat
bo‘lib, Amiriyning hajman xiyla uzun g'azallaridan sanaladi.
e’tibor bering, she’rning matla’ baytidayoq uning yaqin, dildor
bir shaxsga qaratilganligiga ishora bor. Taassufki, biz uzoq yillar
bu shoh bayt kimga ishora ekanligi, ikkinchi lirik qahramon kim
bo'lishi mumkinligi bilan durustroq qiziqmadik. She’r Umarxon
bilan Nodira oralarida kechgan ajoyib voqea mevasi ekanligini
aniqlash xotirimizga kelmadi. Chunki Nodira she’riyati Amiriy
she’riyatidan tamomila ajratilgan holda o‘rganildi. G‘azalning
maqta’ baytida ham Amiriy o'zi bilan sevikli mahbubasi Nodira
oralaridagi olovli sevgi va hurmatga ishora qilib, antiteza tasvirlash
usuli orqali shoh va gado mafhumlarini qoilaydi. Nodirani vafo
iqlimining amiriga, o‘zini esa uning iltifotiga, shafqatiga muhtoj
gadoga o'xshatadi. Hayratomuz badiiy lavha!
Download 18.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling