Hayotimizda biz hamma joyda nizolarga duch kelamiz


Nizolarning yuzaga kelishidagi shart-sharoitlar


Download 72.51 Kb.
bet10/16
Sana17.06.2023
Hajmi72.51 Kb.
#1537741
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
KONFLIKTOLOGIYA KURS ISHI

1.2. Nizolarning yuzaga kelishidagi shart-sharoitlar. Hozirgi kunda nizo tushunchasi faqat ma‘lum bir soha yoki amaliyotgagina tegishli emas. A.Ya.Ansupov va A.I.Shipilovlar nizolarning turli fanlarda o‘rganilishini tadqiq qilib, 11 ta sohani ajratgan: psixologiya, sotsiologiya, politologiya, tarix, falsafa, san‘atshunoslik, pedagogika, huquqshunoslik, sotsiobiologiya, matematika va harbiy fanlardir. Turli fanlar nizo tushunchasini o‘zining tushunchasi bilan boyitadi: Iqtisodchilar nizoni raqobat bilan, psixologlar qiyinchiliklar, zo‘riqish bilan, sotsiologlar debatlar, oppozitsiya tushunchalari bilan tenglashtiradilar. An‘anaviy nizo turlarini ajratishda nizolashayotgan tomonlarni farqlashga asoslangan. K.Boulding alohida shaxslar orasidagi nizolar, shaxs va guruh orasidagi nizolar, shaxs va tashkilot orasidagi nizolar, tashkilotlar orasidagi, turliguruhlar va tashkilotlar orasidagi nizolarga ajratgan. S.Cheyz 18 xil darajadagi nizolarni ajratgan. Rus psixologlari nizolarning 3 asosiy turlarini farqlashadi: shaxs ichidagi nizolar, ijtimoiy nizolar va zoonizolar. F.E.Vasilyukning nizo haqidagi quyidagi fikrlari o‘rinlidir: Nizo bu - nimaningdir nima bilandir to‘qnashuvi deb ta‘kidlangan. 1983 yilda nashr etilgan. Psixologik lug‘atida nizo - o‘tkir emotsionalhis tuyg‘ular bilan bog‘liq qiyin hal qilinadigan qarama-qarshilik sifatida ta‘riflanadi. Shu bilan birga uning shaxs ichidagi shaxslararo va guruhlararo nizolar kabi turlari ko‘rsatiladi. Bu muammoni har tomonlama o‘rgangan mutaxassislar A.Ya.Ansupov va A.I.Shipilovlar quyidagicha ta‘rifni taklif qiladilar: Nizo bu - sub‘ektlarning qaramaqarshiligi tufayli salbiy hissiyotlar bilan kechadigan o‘zaro ta‘sir jarayonida vujudga keladigan muhim qarama-qarshiliklarni hal qilishning o‘tkir usuli9. Yuqorida keltirilgan ta‘rifda salbiy hissiyotlar sub‘ektlarning qarshi harakatlari asosiy tarkibiy qismlari sifatida ta‘kidlanadi. Nizo bo‘yicha yirik mutaxassis B.I.Xasan quyidagi ta‘rifni taklif qiladi. Har qanday nizo - bu qadriyatlar, ustanovkalar, motivlar qaramaqarshiligidir. Bu ta‘rifda nizoning asosiy tarkibiy qismi sifatida, qaramaqarshilik va to‘qnashuvning mavjudligini ta‘kidlash joiz, bunda nizo o‘zaro ta‘sir tavsifi sifatida qaraladi. Bunda ta‘sir ichdan yoki tashqaridan bo‘lishini hisobga olish kerak. Ko‘pchilik nizoga berilgan ta‘riflar o‘xshash bo‘lib, uning asosida to‘qnashuvlar, kurash, kelisha olmaslik yotadi. Har qanday nizo uning xarakteri, mazmuni, turidan qat‘iy nazar o‘z ichiga qarshi turishni, qarshi kurashni oladi. Qo‘shni davlatlarning harbiy to‘qnashuvi, oilaviy janjal, xizmat bo‘yicha nizo, korxonadagi ish tashlash, shaxsiy drama - bu xildagi barcha nizolarda - qarama qarshi qiziqishlar, qarashlarning to‘qnashuvi sodir bo‘ladi. Nizoning belgilaridan biri uning bipolyarligi, ya‘ni bir vaqtning o‘zida o‘zaro bog‘liqlik va o‘zaro qarama-qarshilikni anglatadi. Nizo sotsiologiyasi bo‘yicha ko‘zga ko‘ringan olimlardan biri R.Darendorfning ta‘kidlashicha, har qanday nizo ikki elementlarning munosabatlariga kiritiladi. Nizoning ikinchi belgisi qarama-qarshilikni engishga qaratilgan faolligidir. Nizo uning har xil tomonlarining kurashida namoyon bo‘lib, uni hal qilish yoki qarama-qarshilikni hal qilish yoki uni yo‘qotish bilan tugaydi. G.Zimmel: nizo har qanday dualizmni hal qilishga qaratilgan, bu o‘ziga xos birdamlikka erishish usulidir, hatto bu nizoda ishtirok etayotgan tomonlarning birini yo‘q qilishi evaziga bo‘lsa ham erishiladi. Nizo hodisasini tavsiflaydigan mezonlardan biri - bu nizoni tashuvchi sub‘ektlarning mavjudligidir. Haqiqatan ham to‘qnashuv nizoning yardosi sifatida tomonlarning ongli faolligini talab qiladi. Shtreksning ta‘kidlashicha, sub‘ekt bo‘lmasa, nizo ham bo‘lmaydi. Nizo qarama-qarshilikdan ongli va faol harakat qiladigan sub‘ektlarning mavjudligi bilan farqlanadi. Talabalar o‘zaro muloqotga kirishar ekanlar, ular o‘rtasidHozirgi kunda nizo tushunchasi faqat ma‘lum bir soha yoki amaliyotgagina tegishli emas. A.Ya.Ansupov va A.I.Shipilovlar nizolarning turli fanlarda o‘rganilishini tadqiq qilib, 11 ta sohani ajratgan: psixologiya, sotsiologiya, politologiya, tarix, falsafa, san‘atshunoslik, pedagogika, huquqshunoslik, sotsiobiologiya, matematika va harbiy fanlar kiradi. Turli fanlar nizo tushunchasini o‘zining tushunchasi bilan boyitadi: iqtisodchilar nizoni raqobat bilan, psixologlar qiyinchiliklar, zo‘riqish bilan, sotsiologlar debatlar, oppozitsiya tushunchalari bilan tenglashtiradilar. An‘anaviy nizo turlarini ajratishda nizolashayotgan tomonlarni farqlashga asoslangan. K.Boulding alohida shaxslar orasidagi nizolar, shaxs va guruh orasidagi nizolar, shaxs va tashkilot orasidagi nizolar, tashkilotlar orasidagi, turli guruhlar va tashkilotlar orasidagi nizolarga ajratgan. S.Cheyz 18 xil darajadagi nizolarni ajratgan. Rus psixologlari nizolarning 3 asosiy turlarini farqlashadi: shaxs ichidagi nizolar, ijtimoiy nizolar va zoonizolar. F.E.Vasilyukning nizo haqidagi quyidagi fikrlari o‘rinlidir. Nizo bu - nimaningdir nima bilandir to‘qnashuvi deb ta‘kidlangan. 1983 yilda nashr etilgan. Psixologik lug‘atda nizo - o‘tkir emotsional-his tuyg‘ular bilan bog‘liq qiyin hal qilinadigan qarama-qarshilik sifatida ta‘riflanadi. SHu bilan birga uning shaxs ichidagi shaxslararo va guruhlararo nizolar kabi turlari ko‘rsatiladi. Bu muammoni har tomonlama o‘rgangan mutaxassislar A.Ya.Ansupov va A.I.Shipilovlar quyidagicha ta‘rifni taklif qiladilar: Nizo bu - sub‘ektlarning qarama-qarshiligi tufayli salbiy hissiyotlar bilan kechadigan o‘zaro ta‘sir jarayonida vujudga keladigan muhim qarama-qarshiliklarni hal qilishning o‘tkir usulidir. Yuqorida keltirilgan ta‘rifda salbiy hissiyotlar sub‘ektlarning qarshi harakatlari asosiy tarkibiy qismlari sifatida ta‘kidlanadi. Nizo bo‘yicha yirik mutaxassis B.I.Xasan quyidagi ta‘rifni taklif qiladi. Har qanday nizo - bu qadriyatlar, ustanovkalar, motivlar qaramaqarshiligidir. Bu ta‘rifda nizoning asosiy tarkibiy qismi sifatida, qaramaqarshilik va to‘qnashuvning mavjudligini ta‘kidlash joiz, bunda nizo o‘zaro ta‘sir tavsifi sifatida qaraladi. Bunda ta‘sir ichdan yoki tashqaridan bo‘lishini hisobga olish kerak. Ko‘pchilik nizoga berilgan ta‘riflar o‘xshash bo‘lib, uning asosida to‘qnashuvlar, kurash, kelisha olmaslik yotadi. Har qanday nizo uning xarakteri, mazmuni, turidan qat‘iy nazar o‘z ichiga qarshi turishni, qarshi kurashni oladi. Qo‘shni davlatlarning harbiy to‘qnashuvi, oilaviy janjal, xizmat bo‘yicha nizo, korxonadagi ish tashlash, shaxsiy drama - bu xildagi barcha nizolarda - qaramaqarshi qiziqishlar, qarashlarning to‘qnashuvi sodir bo‘ladi. Nizoning belgilaridan biri uning bipolyarligi, ya‘ni bir vaqtning o‘zida o‘zaro bog‘liqlik va o‘zaro qarama-qarshilikni anglatadi. Nizo sotsiologiyasi bo‘yicha ko‘zga ko‘ringan olimlardan biri R.Darendorfning ta‘kidlashicha, har qanday nizo ikki elementlarning munosabatlariga kiritiladi. Nizoning ikinchi belgisi qarama-qarshilikni engishga qaratilgan faolligidir. Nizo uning har xil tomonlarining kurashida namoyon bo‘lib, uni hal qilish yoki qaramaqarshilikni hal qilish yoki uni yo‘qotish bilan tugaydi.

Download 72.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling