Bakteriyalardan nanobo‘lakchalar tayyorlashda foydalanish. Saksoniyani uran konida ishlab kelayotgan bir guruh Germaniyalik biolog olimlar, “Batsilla sfericheskaya JG-A12” deb nomlangan yangi bakteriya topganlar. Bu bakteriya o‘zini urandan himoya qilishi uchun mustahkam sirtqi oqsil qobig‘i bilan o‘ralgan. Bu qobig‘ ko‘plab nanoteshiklar (nanopora) saqlashi, hamda bu nanoteshiklar bir xil naqsh hosil qilib joylanishi bilan farqlanadi.
Bakteriyalar energiya manbayi sifatida. Shevanella deb nomlangan bakteriyalar sanitarlik xususiyatlari bilan olimlar e’tiborini o‘ziga tortgan, ya’ni toksik eritmalarni qayta ishlab, ularni bezarar moddalarga aylantirib bergan. Ozuqa moddalari juda ham yetishmagan, ya’ni noqulay sharoitda tumshuqlar nozik, uzun iplarga aylangan. Bu iplarni imkoniyatlari bakteriya hayotini saqlash uchun tumshuqchalarga qaraganda ko‘ra ko‘proq bo‘lgan. Bakteriyalarda favqulodda hosil bo‘ladigan yangi organlarni tadqiqotchilar, nanoiplar deb ataganlar. Bu iplarni yo‘g‘onligi 10-15 nm, uzunligi esa, bakteriyalarni turiga qarab, birnecha o‘n mikrometrga yetadi. Olimlarni qiziqtirgan narsa, bakteriyalar kerakli “ozuqani” olganlarida, mana shu nanoiplar bo‘ylab harakatlanish imkoniyatini qayta tiklanganligi hamda ortiqcha elektronlardan ozod bo‘lishlari mumkin bo‘lganligidir. Agar nanoiplarni bir uchi musbat iongacha yetib kelsa, elektronlarni ionlar tomon harakatini belgilovchi potensiallar farqi hosil bo‘lgan. Shunday qilib elektr toki paydo bo‘lgan.
Mavzu yuzasidan nazorat savollari.
1.Mikroorganizmlar – fermentlar saqlovchi bioreaktorlar sifatida?
2.Gen muhandisligi usullari?
3.Nanoiplar?
4.Nanobo‘lakchalar?
5.Avtotrov prokariotlar?
Do'stlaringiz bilan baham: |