Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2
Qahramonlar kitoblaridan kutubxonangizni tuzing
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Hayotning 101 qoidasi kitobi word
43.Qahramonlar kitoblaridan kutubxonangizni tuzing. 42 “Sizning fikrlaringizdan ilhomlanib, ko’chaga chiqib hayotiy yuksalish haqidagi 10ta kitob sotib oldim. Ular meni butkul o’zgartirib yuborishdi” – degan fikr mening kitoblarimni o’qigan, audiodisklarimni eshitgan inson bilan ko’rishishdan ko’proq xursand qiladi. Men nafaqat boshqaruvchilik haqidagi kitoblarni yozaman, balki men ham u kitoblarning o’quvchisi hisoblanaman. Avvalgi darslarda ta’kidlaganimdek, men juda ko’p vaqtimni katta kitob do’konlaridagi javonlardagi boyliklarni ko’rish bilan o’tkazaman va ular meni tarbiyalab, fikr doiramni kengaytiradi.Men tez-tez kitob chegirmalaridan qimmat kitoblarni sotib olishda foydalanaman.( Men shu yerda aytib o’tmoqchiman, men Maksvel Maltzning klassik Fizio- kibernetika kitobini egasiman va u mening stolim ustida turadi. Senekaning “ Stoikdan kelgan xatlar” kitobining 2.95$ lik cheki ham stolimda bo’lib, haqiqatdan bebaho asarni otam 1.95$ga sotgan edilar). Har qanday sohadagi adabiyotlarni o’qish miyangizni charxlaydi,dunyoda qilinishi kerak bo’lgan ishlar juda ko’p bo’lib, siz o’zingiz o’qishingiz kerak bo’lgan kitoblarni tanlashingiz kerak. Men sizga vaqtingizni unumli o’tkazish uchun, Troyaning “Qahramon kitoblar” nomli kitobni tavsiya etaman, unda eng dono insonlarning fikrlar tilga olingan. O’z halotingizni buyuk faylasuflarning nodir asarlariga olib kiring, masalan Konfutsiy yoki Epiktusdek. Buyuk shoirlar bo’lmish Alfred Lord Tennison, Emili Dikinson va Jon Keatslarning she’riyat olamini; Mahatma Gandi, Albert Eynshteyn va Ona Terezalarning hayot kechinmalarini; roman ustalari Lev Tolstoy, German Hesse va Brontelarning asarlarini o’qing. Kuningiz davomida atigi bir necha daqiqani shu asarlarga bog’lab o’tkizsangiz, siz hayotning markazida nimalar bo’layotganini, hayot o’zi nima ekaniligini anglay boshlaysiz. Bu sizning xarakteringizga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Teleshoular yulduzi Larri Kingdan bir intervyuda hayotingizdagi eng katta armoningiz nima deb so’rashganlarida u “ Men ko’proq buyuk kitoblarni o’qishim kerak edi” – deya javob qaytargan. Bu yerda men o’zimga ilhom bergan, hayotiy fikrlarimni butkul o’zgartirib yuborgan noyob kitoblarni keltirib o’tmoqchiman. Agar siz ularning barchasini mutolaa qilsangiz, va hayot varaqlaringizda ulardan olgan darslaringizdan foydalansangiz, ular sizning dunyoqarashingizni kengaytirib, rivojlanishiga yuksak hissa qo’shadi. Senekaning “Stoikdan kelgan xatlar” Jon Mc Donaldning “Ustozning xatlari” Markus Aureliusning “Meditatsiyalar” “Benjamin Franklinning avtobiografiyasi” Og Mandinoning “Muvaffaqqiyat universiteti” 43 Claude Bristolning “Ishonch sehri” German Hessening “Siddhartha” Maksvel Maltsning “Fizio-kibernetika” Jozef Myorfyning “Ongsiz miyaning kuchi” Jeyms Allenning “Odamdek o’ylaganlar” Mihali Sikszentmihalining “Oqim” Napoleon Hillning “O’yla va boy bo’l” Charli Tremendious Jonesning “hayot katta” Texnologiya rivojlangani tufayli, men yoqtirgan kitoblar ro’yxatini to’liqligicha www.robinsharma.com saytidan topishingiz mumkin. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling