Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2


Tabiat bilan aloqada bo’ling


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/77
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1759465
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   77
Bog'liq
Hayotning 101 qoidasi kitobi word

45.Tabiat bilan aloqada bo’ling
 
Biz cheksiz informatsiyalar asrida yashaymiz. Nyu York Taymsning haftalik nashrida 
XVII asrda Angliyadagi bir insonning butun hayotidanda ko’p malumot keltirilgan. 
Yillar mobaynida, shu tezkor zamonda, men o’z vaqtimni men uchun butun bir koinot 
hisoblangan, ilhom bag’ishlaydigan tabiat qo’ynida o’tkaizishga odatlandim.
Hafta davomidagi suhbat kelishuvlari, kitob yozish va media ko’rinishlardan so’ng, 
yogo’ch daraxtlar bilan qoplangan bog’da tinchgina o’tiraman, shamol esib , daraxt 
barglarini menga silkishini kuzataman. Tinch va osuda joyda dam olish naqadar
yoqimli. O’tirib o’ylay boshlganimdan so’ng qilinishi muhim bo’lgan ishlar yana 
xayolimda gavdalanadi, majburiyatlarim bosim o’tkazmay qo’yib miyam orom ola 
boshlaydi. Tabiat qo’ynida bo’lish yangi ochilmagan fikrlarni ochish uchun ham eng 
yaxshi yo’l. Nyuton butun olam tortishish qonunini olma daraxti tagida dam
olayotganda yaratgan. Xuddi shu kabi, Shvetsiyalik dizayner Jorj de Mestral tog’ga 
chiqqan mahalda itiga yopishgan burdok tig'larini tekshirgandan so'ng Velcroni ishlab 
chiqardi. Atrof-muhit bizning haqiqiy yorqinligimizni ochishda yordam berish uchun 
ongimizni to'ldiradigan cheksiz fikrlarni bostirishga xizmat qiladi.
Siz vaqtingizni tabiatdan bahra olib o’tkizayotganingizda, tabiat ne’matlariga diqqat 
bilan nazar tashlang. Gullardagi murakkablikni yoki oqayotgan suv oqimini o’rganing.


45
Oyoq kiyimingizni yechib o’tloq ustida sayr qilib o’tlarni taftini his qiling. Siz tabiat 
tomonidan maxsus berilgan sovg’alardan bahramand bo’layotgangiz uchun sekingina 
rahmat ayting. Ko’p insonlar buni bajarishmaydi. Mahatma Gandi aytganidek “ Men 
qachonki quyosh yoki oyning go’zalligidan bahra olsam, o’sha zahotiyoq mening qalbim 
Yaratganga shukronalik bildirishni boshlaydi”.

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling