Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2
O’z hayotingiz boshqaruvchisiga aylaning
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Hayotning 101 qoidasi kitobi word
76. O’z hayotingiz boshqaruvchisiga aylaning
“Buning qanday bo’lishi, mening o’zimga bog’liq”, degan ajoyib ibora bor. Yaqinda, dunyoning 10% aholisi o’zining nafaqasidan lotoreyada yutishni xohlashlari haqida o’qib qoldim. Juda ko’p insonlar o’z kelajaklari uchun harakat qilishmaydi. Bu menga akamning bolalikdagi bir odatini eslatib yubordi.U stakan tushib ketayotganini ko’rib, uni ushlab qolish o’rniga qulog’ini qattiq berkitib olardi( katta bo’lganidan so’ng u Garvardda ko’z davolash bo’yicha o’qituvchiga aylandi va bu odati yo’qoldi). Bu latifaning tarbiyaviy ahamiyati shundaki, biz ko’zimizni katta ochib, haqiqatga tik boqishimiz kerak. Agarda biz hayotimizda sodir bo’layotgan voqealarning sodir bo’lishini boshqarmasak, ular o’zidan o’zi yuz beradi va biz xohlamagan voqealar sodir bo’ladi. Bu insoniyat hayotida mavjud bo’lgan qonuniyatlardan biridir. Hayotda faol bo’lish uchun, o’z hayotingizning boshqaruvchisi bo’lishingiz kerak bo’ladi. Buni to’liq 64 tushunib yetganlar doimo o’z orzulariga asoslanib harakatlanishadi. Agarda siz biron bir ishni qilishni xohlasangiz, kutib o’tirgandan ko’ra, birinchi qadamni qo’yishni o’ylang. O’zingizga muammolaringizni hal qilishga yordan bera oladigan insonni bilsangiz, darhol unga qo’ng’iroq qiling. Unutmangki, siz yo bahona qilib hechnarsa qilmaysiz, yoki harakatlanib rivojlanishga erishasiz, hech qachon ikkalasiga ham emas. Men advokat bo’lgan paytimda, juda ko’p ko’chalarda sayr qilardim. Shunday paytlarda ba’zida bir kishi men bilan hamroh bo’lardi. Har kuni u menga o’z hayotingni boshqaruvchisi bo’l deb aytardi. Bu erkak uxlash va xayol surishdan ko’ra, ko’cha bo’ylab mashq qilishni o’ziga kasb qilgan edi. Bekatga kelguncha, u doimo o’z salomatligi uchun qo’l oyoq va bel mashqlarini bajarardi. Har doim vaqtlari yo’qligi uchun shikoyat qiladigan boshqa insonlardan farqli o’laroq, u o’zida bor imkoniyatlardan samarali foydalanardi. U biroz telbaga ham o’xshab ketardi. Lekin siz o’zingiz uchun ana shunday tentaklarcha jon kuydirmasangiz, qachon boshqalar siz uchun jon kuydirishgan? O’zingizni hayotingiz boshqaruvchisidek his qilish, sizga o’z dunyoyingizni qurish imkonini beradi. Hayot kemasida xuddi yo’lovchiga o’xshab yashagandan ko’ra, unda kapitan bo’lib yashang. O’z yo’nalishingizni o’zingiz belgilang. Uiliams Jeim bu haqda shunday yozgan edi: “Insoniyatning haqiqatga tik boqish fazilati qahramonlik haqidagi teatrga asos bo’ldi”. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling