Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2
O’z kayfiyatingizni o’zingiz boshqaring
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Hayotning 101 qoidasi kitobi word
- Bu sahifa navigatsiya:
- 70. Oddiygina narsalardan rohatlanib yashang
69. O’z kayfiyatingizni o’zingiz boshqaring
60 Hayotda har doim xayollarim mening nazoratimdan tashqarida ekanligiga ishonardim. Ular mening miyamga avtomatik tarzda o’rnashib olib, xohlagan ishini qiladi. Hattoki yomon bo’lsa ham ular mening o’ylarim ekanligiga ishonar edim. Baxtimga, hamma narsa ishonchga bog’liqligini tushunib yetdim. Biz o’zimizning o’y - xayollarimiz emasmiz. Aksincha biz o’sha xayollarning egalarimiz. Biz o’ylarimizning yaratuvchisi va joyi kelganda ularning o’zgartiruvchisimiz. Bu xuddiki ichimda bir narsa yashayotgandek tuyulardi. Keyinchalik men har bir o’ylarimni tushunib, agar ma’qul kelsa, xotiramga olardim. Xayollarimning yaxshi yo yomonligiga qattiq e’tibor beradigan bo’ldim. Bu ularni o’zgartirishga birinchi qadam bo’ldi. Bir oy ichida, men faqatgina yaxshi va ilhomlantiruvchi o’ylarga e’tibor qaratishni mashq qildim. Shu yo’l bilan men atrofimdagi muhit ham o’zgarayotganiga guvoh bo’ldim. Sizni o’y-xayollaringiz, kayfiyatingiz yaratmaydi. Siz har bir daqiqada o’zgarib turuchi kayfiyatingizning yaratuvchisisiz. Agarda siz shunday yo’l tutsangiz, stress o’rniga osoyishtalik, qayg’u o’rniga xursandchilik va charchoq o’rniga kuch- quvvatni his etasiz. 70. Oddiygina narsalardan rohatlanib yashang Hech kim vafot etayotgan paytda bor mol-mulkini o’zi bilan birga olib ketmaydi. Hozirgacha men faqatgina katafalk (o’lik tashiydigan mashina) orqasidan birgina furgonning dafn marosimiga kirib kelganini ko’rganman. Eng so’ngi kunimizda biz o’zimiz bilan olib keta oladigan narsalar bizning hayotimizga ma’no bag’ishlovchi xotira va tairibalarimizdir. Shuning uchun, vaqtimni menga yaxshi xotiralar qoldiruvchi mashg’ulotlar bilan o’tkazaman, mol-mulk to’plash bilan emas. Men shuni anglab yetdimki, menga hayotdagi oddiy narsalardan yaxshi xotiralar qolar ekan. Mening qizim Bianka yurishni o’rgangan kun, o’g’lim Kolbiyning birinchi konsert kechasi ( u ko’p vaqtni belgilangan qo’shiqni kuylash bilan emas, balki otasiga qo’l silkitish bilan o’tkazgan), oilamiz bilan yomg’ir ostiga futbol o’ynagan kun va to’lin oy nurida hot- dog tayyorlagan kechamiz va hakazo. Deil Karnegi shunday yozgan edi: “Inson tabiatidagi eng achinarli narsa, uning hayotni kechiktirishga moyilligidir”. Biz bugun derazamiz orqasidagi chiroyli gullarning ochilishidan rohatlanish o’rniga, qandaydir bog’dagi sehrli atirgullar haqida o’y suramiz. Oddiy narsalardan rohatlanishni o’rganing. Ajoyib xotiralar hayotda biror buyum sotib olishdan ko’ra ko’proq ahamiyat kasb etadi. Emma Goldman shunday yozgan: “Men bo’yindagi olmosdan ko’ra, stolim ustidagi atirgullarni afzal ko’raman”. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling