Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Hayotning 101 qoidasi kitobi word
- Bu sahifa navigatsiya:
- 66.Yaxshi ota-ona bo’ling
65.O’z o’rningizni toping
Yangi iqtisodiyotning qoq markazida turib, siz qanchalik qattiq ishlaganingiz orqali emas, balki atrofdagilaringizga qay darajada foydangiz tekkani natijasida o’z o’rningizni topasiz. Aynan shu haqida o’ylang. Agarda sizga doimiy ravishda har bir ishlagan soatingiz uhun 25 dollar to’lansa, bu pul sizga 65 daqiqa bitta stulni egallab o’tirganingiz uchun emas, balki siz shu 25 dollarga arzirli vazifa bajarganingiz uchun beriladi. Demak siz qanchalik qattiq ishlaganingizga qarab emas, balki qay darajada foyda keltirishingizga qarab mukofotlanasiz. Nima uchun Donalds ishchilaridan ko’ra, miya jarrohlariga ko’p pul to’lanadi? Miya jarrohi yaxshiroq kasbmi? Bu muhim emas. Yoki miya jarrohi aqlliroqmi? Kim biladi? 58 Lekin bitta narsa aniq: jarrohlar Donalds ishchilaridan ko’ra juda ko’p bilimlarni o’zlashtirishgan. Deyarli hech kim miya jarrohlarining vazifasini bajara olmasligi sababli, bu kasb egalari yuqori pog’onada turishadi. Shuning uchu miya jarrohi burger tayyorlovchilardan ko’ra 10 barabar ko’p maosh oladi. Pul faqatgina insonning atrofdagilarga qay darajada foydasi tekkanini belgilovchi bir vosita hisoblanadi. Demak, ko’proq maosh olish uchun siz ko’proq jamiyatga foyda keltirishingiz kerak bo’ladi. Dunyoga foyda keltirishning eng yaxshi yo’li foydasi yetadigan inson bo’lishdir. Hech kimda yo’q qobiliyatlarni o’zlashtiring. Hech kim o’qimagan kitoblarni o’qing. Hech kim o’ylamagan fikrlar sizdan chiqsin. Agarda siz qanday bo’lsangiz, shundayligingizcha qolsangiz, hech qachon bularga erisha olmaysiz. Hayotdan ko’p narsa olish uchun siz xayolda emas, hayotda yashashingiz lozim. 66.Yaxshi ota-ona bo’ling O’z farzandlaringizni tarbiyalash kelajak avlodni tarbiyalash demakdir. Juda ham kam odamlar farzand tarbiyasiga san’at sifatida qarashadi. Ko’pchiligimiz esa, farzand tarbiyasida xuddi o’z ota-onalarimizga o’xshab yo’l tutamiz. Hattoki tarbiyalashning boshqa usullarini bilmaymiz ham, o’ylamaymiz ham. Ota-ona bo’lish qanchalik maroqli bo’lmasin, bizga juda ham katta javobgarlik yukini ortadi. Men ikki farzandim uchun istalgan ishni qilishga tayyorman, lekin bunga faqatgina xohishning o’zi kamlik qiladi. Biz ota-onalik qobiliyatini o’zimizda shakllantirishimiz kerak. Faqatgina farzandlarimizni tarbiyalash yo’li to’g’riligiga va farzandlarimiz kelajakda dono, mulohazali va mehribon bo’lib ulg’ayishlariga umid qilish yetarli emas. Biz tashabbusni qo’lga olib, har xil seminarlarda qatnashish, kitob o’qish yoki mutaxassislarning fikrlarini eshitish orqali o’zimizning tarbiyalovchilik qobiliyatlarimizni rivojlantirishimiz kerak. Keyin esa, hayotimiz davomida biz oilada farzand tarbiyasiga mos tushadigan kerakli fikr va tajribalarga ega bo’lishimiz lozim. Men shuni aniq bilamanki, hayot juda qizg’in va qisqa, qiladigan ishlarimiz esa juda ko’p. Lekin bolalaringizning beg’ubor bolaligi qaytib kelmaydi. Agarda siz hozir o’z qimmatli vaqtingizni yaxshi ota-ona bo’lishga sarflamasangiz, bir kun kelib, albatta afsuslanasiz. Bir kuni Torontodagi seminarlarimning birida, bir ota turib shunday degan edi: “Mening o’g’lim ulg’ayayotgan paytda, mendan doimo uni yelkamda ko’tarib yurishimni so’rardi. Garchi u buni qanchalik xohlayotganini bilsamda, men juda band edim. Hisobot topshirishim va juda ko’p qo’ng’iroqlarga javob berishim kerak edi. Hozir u voyaga yetib, uyimni tark etgan…… men hozir bir narsani tushunib yetdim. Men o’sha kichkinagina bolamni yelkamga ko’tarib yurish uchun butun dunyoyimni bergan bo’lardim…. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling