Hayotning 101 qoidasi Uzbekistan 978-613-9-45185-2
Uchta eng yaxshi do’st toping
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Hayotning 101 qoidasi kitobi word
60.Uchta eng yaxshi do’st toping
Do’stlik aloqasini yo’lga qo’yish, hayotda juda ko’p xursandchilik va baxtga erishishning eng yaxshi yo’lidir. So’nggi o’rganishlar shuni ko’rsatadiki, oilasi va juda ko’p do’stlari bor insonlar uzoq umr ko’radi, ko’p kuladi va kamdan kam holatlarda xavotirga tushadi. Lekin hayotdagi barcha yaxshi narsalar kabi, do’tlik ham kuch va ishonchni talab etadi. Shunday ekan, hayotda juda kam narsalar, eng zo’r mukofotlarga sabab bo’ladi. Ko’p yillar oldin faylasuflardan biri shunday degan edi: “Dunyoda do’stlikdan qimmatliroq narsa yo’q. Do’stlikni hayotlaridan o’chirib tashlagan insonlar xuddiki yer yuzidan quyoshni olib tashlaganga o’xshashadi”. 55 Ulg’ayganimda, otam menga bir nasihatli hikmatni aytgan edilar. Bu hikmatda shunday so’zlar bor edi: “Uchta eng yaxshi do’sti bor inson haqiqattan boy insondir”. Men bu hikmatni hech qachon unutmayman va sizlardan ham shuni yuragingizga tugib qo’yishingizni so’rayman. Mustahkam do’stlik qurish uchun, siz o’zingiz va yaxshi tanimagan va bilmagan odamlaringiz o’rtasidagi muzlarni o’z samimiyatingiz va iliq munosabatingiz orqali eritishingiz kerak. Agar siz do’stlik urug’ini eksangiz, albatta undan juda ham katta do’stlik hosilini olasiz. Kokteyl kechasida siz o’zingiz bilish va tanishtirishni xohlagan insoningiz bilan suhbatlashishingiz mumkin bo’ladi. Har bir inson chuqur mehribonchilikka muhtojligi sababli sizning etiboringizdan xursand bo’ladi. Agar ular sizga javob qaytarishmasa, buni rad etish deb qabul qilgandan ko’ra, astagina boshqa odamga yuzlaning. Bir necha yillar oldin onam xizmat topshirig’ini bajarishga ketayotgan paytda yo’lda mashinaning yoqilg’isi tugab qoladi. U ro’parasidagi gullarga suv quyayotgan odamdan mashinasini shu yerda qoldirib yaqindagi yoqilg’i quyish shaxobchasiga borsa, noqulaylik tug’dirmaydimi deb so’raydi. Ayol rozilik bildiradi va oyim yo’lga tushadilar. Ishlarini bitirib, qaytishda onam ro’paradagi uyga kirib, o’sha ayolga chuqur minnatdorchilik bildiradi. Ayol onamni choyga taklif qiladi. Bir soat ichida ular bitta joyda tug’ilib o’sishgani, bitta maktabga borishgani va bir xil odamlar bilan tanish ekanliklarini aniqlashadi. Shunday qilib onamning birgina so’z boshlashi natijasida buyuk do’stlik paydo bo’ladi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling