Hayotning guli-oftobi- ayol


Download 19.48 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi19.48 Kb.
#1253125
Bog'liq
8-mart tadbir


Hayotning guli-oftobi- AYOL
1-boshlovchi ; Assalom ,ey davramizning
Ey ,aziz mehmonlari
Assalom ey ilmu – fanning
Sohibi – davronlari
2-boshlovchi Assalom ey aziz do’stlar
Ham fikrdosh o’rtoqlar
Davramizga xush kelibsiz
Barcha do’stu – qondoshlar
1 –boshlovchi: Assalomu alaykum, aziz mehmonlar, onajonlar! Bugun biz sizlarni madh etishga yig’ildik. Chunki bugun sizlarning dunyodagi eng ulug’ zot – onajonlarning bayrami. Biz sizlarni shu qutlug’ kuningiz - 8 mart bayrami bilan muborakbod etgani keldik. Bugun gulzordagi turfa gullarni, dildan otilib turgan mehru muhabbatni, tabiat ato etgan shafqat va muruvvatni, dildagi qaynoq haroratni sizga armug’on etgani keldik.
2 –boshlovchi: Assalomu alaykum munis onaxonlar. Qabul qiling, aziz ustozlar, sizni ta’riflash uchun dil so’ziyu qalam kuchi ojizdir. Buyuk allomalarning beshigini tebratgan, mehribon, munis, mag’rur buyuk jafokash, zahmatkash zot, bu – onadir. Quyosh saxiylikni, dengiz tiniqlikni, tog’lar ulug’vorlikni, osmon kenglikni, bahor latofatni, gullar tarovatni, chashmalar poklikni, shabnamlar pokizalikni sizdan o’rgansiz!
1 –boshlovchi
Hammamizga ma’lumki ,ayol bir qo’li bilan beshikni tebratsa,bir qo’li bilan dunyoni tebratadi
2 –boshlovchi
Azizlar 8-mart qachondan boshlab Xalqaro xotin qilar kuni sifatida nishonlanadi.Keling shu haqda bilib olsak
(Ma’lumotlar beriladi)
(Onalar haqida she’rlarga navbat beriladi so’ng ‘’Bu mening onam ‘’ qo’shig’i)
1 –boshlovchi
Onalarimizni o`rni nafaqat oilada, jamiyatdagi o`rinlari ham katta. Diyorimizda tavallud topib, o`zining ahloq-odoblari bilan barchaga namuna bo`lgan fozila, olima, shoira va davlat rahbarlarigigacha ko`tarilgan ayollarimiz. Zebuniso, Uvaysiy Mahzuna, Anbar Otin, Nodirabegim, Zulfiya kabi momolarimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi. Keling ulardan ham bir bayt eshitaylik.

(Uvaysiylar chiqishadi.)

(Sahna ko’rinishi ‘’SURAT’’
(“HOZIRCHA BORMAN” SHE’RI)
‘’QIZ BOLA’’ RAQSI

1 –boshlovchi


Deydilar qahrli bahodirlar ham,
Janglarda jon berar chog`i mardona.
Behad azoblarga chidab so`nggi dam.
Bitta so`z dermishlar shivirlab Ona.
2 –boshlovchi
Ulug` bir donishmand olamni sharhlab.
Axiyri tanibdi tuqqan elini,
Zabon baxsh etganga, ehtirom saqlab,
Ona deb atabdi, ilk bor tilini.

Inisiga dedi bir so`zki gavhar:


"Onang ta'zimida bo`l, ey birodar."
Xusrav Dehlaviy

Ona nasihatin quyvolsin quloq,


Dunyoda yomonlik istama mutloq.
Bahrida o`stirmish jonidan aziz,
Joningdek aziz tut kechayu kunduz.
Abulqosim Firdavsiy

Ayol ohilayu, er ishbilarmon,


Demak, kundan-kunga obod xonadon.
Xusrav Dehlaviy

Onangdan bosh tovlama, oshmasin dardi,


Sharaf toji erur oyog`in gardi.
Abdurahmon Jomiy

Xudoning marhamati bilan oilani oila qiladigan zot - bu ayoldir.


Har qaysi jamiyatning madaniy darajasi va ma'naviy barkamolligi ayollarga bo`lgan munosabat bilan belgilanadi.
. I.A. Karimov.

Ona qalbi jahon erur.


Mehr yotar uning qalbida.
(Xalq maqoli)

Dunyo shoirlari vatan sha'niga.


Sifat axtarmishlar qator va qator.
Nihoyat kelmishlar bitta ma'niga.
Ona vatan deya bitmishlar ash'or.

Bisyor bo`lsa agar bol ham beqadr.


Takror aytilganda rangsizdir kalom.
Bu yoruh olamda Vatan bittadir.
Bittadir dunyoda Ona degan nom.
(Sahna ko’rinishi)’’SHOH VA JALLOD’’
RAQS( DOIRANGNI CHAL)
Boshlovchi:
1-boshlovchi: Onalar haqida qancha gapirmaylik ‘qanchalik e’zozlasak shuncha oz.
2-boshlovchi:Bayramingiz muborak bo’lsin,aziz va mehribon ustozlar hamda onajonlar !Baxtimizga hamisha sog’-omon bo’ling,chehrangisdan quvonch, yuzingizdan doimo tabassum, mehr to’la ko’zlaringizdan baxt ,shodlik yog’ilib tursin.
1-boshlovchi
Endigi so’z navbatini ma’naviy -marifiy ishlar bo’yicha direktori D.Yusupovaga beramiz.
Download 19.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling