Hayotning guli-oftobi- ayol
Download 19.48 Kb.
|
8-mart tadbir
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 –boshlovchi
- 2 –boshlovchi
- 1 –boshlovchi Hammamizga ma’lumki ,ayol bir qo’li bilan beshikni tebratsa,bir qo’li bilan dunyoni tebratadi 2 –boshlovchi
Hayotning guli-oftobi- AYOL 1-boshlovchi ; Assalom ,ey davramizning Ey ,aziz mehmonlari Assalom ey ilmu – fanning Sohibi – davronlari 2-boshlovchi Assalom ey aziz do’stlar Ham fikrdosh o’rtoqlar Davramizga xush kelibsiz Barcha do’stu – qondoshlar 1 –boshlovchi: Assalomu alaykum, aziz mehmonlar, onajonlar! Bugun biz sizlarni madh etishga yig’ildik. Chunki bugun sizlarning dunyodagi eng ulug’ zot – onajonlarning bayrami. Biz sizlarni shu qutlug’ kuningiz - 8 mart bayrami bilan muborakbod etgani keldik. Bugun gulzordagi turfa gullarni, dildan otilib turgan mehru muhabbatni, tabiat ato etgan shafqat va muruvvatni, dildagi qaynoq haroratni sizga armug’on etgani keldik. 2 –boshlovchi: Assalomu alaykum munis onaxonlar. Qabul qiling, aziz ustozlar, sizni ta’riflash uchun dil so’ziyu qalam kuchi ojizdir. Buyuk allomalarning beshigini tebratgan, mehribon, munis, mag’rur buyuk jafokash, zahmatkash zot, bu – onadir. Quyosh saxiylikni, dengiz tiniqlikni, tog’lar ulug’vorlikni, osmon kenglikni, bahor latofatni, gullar tarovatni, chashmalar poklikni, shabnamlar pokizalikni sizdan o’rgansiz! 1 –boshlovchi Hammamizga ma’lumki ,ayol bir qo’li bilan beshikni tebratsa,bir qo’li bilan dunyoni tebratadi 2 –boshlovchi Azizlar 8-mart qachondan boshlab Xalqaro xotin qilar kuni sifatida nishonlanadi.Keling shu haqda bilib olsak (Ma’lumotlar beriladi) (Onalar haqida she’rlarga navbat beriladi so’ng ‘’Bu mening onam ‘’ qo’shig’i) 1 –boshlovchi Onalarimizni o`rni nafaqat oilada, jamiyatdagi o`rinlari ham katta. Diyorimizda tavallud topib, o`zining ahloq-odoblari bilan barchaga namuna bo`lgan fozila, olima, shoira va davlat rahbarlarigigacha ko`tarilgan ayollarimiz. Zebuniso, Uvaysiy Mahzuna, Anbar Otin, Nodirabegim, Zulfiya kabi momolarimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi. Keling ulardan ham bir bayt eshitaylik. (Uvaysiylar chiqishadi.) (Sahna ko’rinishi ‘’SURAT’’
: 1 –boshlovchi Deydilar qahrli bahodirlar ham, Janglarda jon berar chog`i mardona. Behad azoblarga chidab so`nggi dam. Bitta so`z dermishlar shivirlab Ona. 2 –boshlovchi Ulug` bir donishmand olamni sharhlab. Axiyri tanibdi tuqqan elini, Zabon baxsh etganga, ehtirom saqlab, Ona deb atabdi, ilk bor tilini. Inisiga dedi bir so`zki gavhar: "Onang ta'zimida bo`l, ey birodar." Xusrav Dehlaviy Ona nasihatin quyvolsin quloq, Dunyoda yomonlik istama mutloq. Bahrida o`stirmish jonidan aziz, Joningdek aziz tut kechayu kunduz. Abulqosim Firdavsiy Ayol ohilayu, er ishbilarmon, Demak, kundan-kunga obod xonadon. Xusrav Dehlaviy Onangdan bosh tovlama, oshmasin dardi, Sharaf toji erur oyog`in gardi. Abdurahmon Jomiy Xudoning marhamati bilan oilani oila qiladigan zot - bu ayoldir. Har qaysi jamiyatning madaniy darajasi va ma'naviy barkamolligi ayollarga bo`lgan munosabat bilan belgilanadi. . I.A. Karimov. Ona qalbi jahon erur. Mehr yotar uning qalbida. (Xalq maqoli) Dunyo shoirlari vatan sha'niga. Sifat axtarmishlar qator va qator. Nihoyat kelmishlar bitta ma'niga. Ona vatan deya bitmishlar ash'or. Bisyor bo`lsa agar bol ham beqadr. Takror aytilganda rangsizdir kalom. Bu yoruh olamda Vatan bittadir. Bittadir dunyoda Ona degan nom. (Sahna ko’rinishi)’’SHOH VA JALLOD’’ RAQS( DOIRANGNI CHAL) Boshlovchi: 1-boshlovchi: Onalar haqida qancha gapirmaylik ‘qanchalik e’zozlasak shuncha oz. 2-boshlovchi:Bayramingiz muborak bo’lsin,aziz va mehribon ustozlar hamda onajonlar !Baxtimizga hamisha sog’-omon bo’ling,chehrangisdan quvonch, yuzingizdan doimo tabassum, mehr to’la ko’zlaringizdan baxt ,shodlik yog’ilib tursin. 1-boshlovchi Endigi so’z navbatini ma’naviy -marifiy ishlar bo’yicha direktori D.Yusupovaga beramiz. Download 19.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling